Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#seminar

⚡️“O‘zkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan “Ammofos-Maxam” AJda 23-25- noyabr kunlari tarmoq korxonalarining “Malakalarni baholash va malaka oshirish markazining ish faoliyatini tahlili hamda xodimlar bilan ishlash boshqarmalari faoliyatidagi muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Seminar- trening davomida barcha sanoat korxonalarining mutaxassis xodimlari o‘zlarining ish tajribalari bilan o‘z aro fikr almashib, soha bo‘yicha yangi ish usullarini jamiyatda tadbiq etish chora-tadbirlarini o'rganib, malakalarini oshirmoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️ Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adham Nazirqulov, Olmaliq shahar Xalq taʼlimi mudiri Gʻayrat Xamirov va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi Saydislom Qodirxonov raisliklarida yangi mehnat qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar boʻyicha shahardagi maktablar direktorlari va xodimlari bilan seminar oʻtkazilib, kiritilgan oʻzgarishlar mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi.

📌 Seminar davomida ishtirokchilar deputatdan berilgan savollarga batafsil javob oldilar.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️Olmaliq shahar hokimligi va Diniy qo‘mita hamkorligida mahalla raislari va yoshlar yetakchilari bilan yoshlarni turli radikal qarashlardan asrash bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida fuqarolarimiz faqatgina o'zlarini emas, qolaversa butun bir jamiyat yo'lida jiplashishi, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hamda kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

Ayni damda “Ammafos-Maksam” aksiyadorlik jamiyatida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarmoq korxonalarining maʼnaviy-maʼrifiy samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha sayyor seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #PIRLS #TIMSS

MATEMATIK SAVODXONLIK BOʻYICHA SEMINAR OʻTKAZILDI

⚡️ Olmaliq shahar 19-IDU maktabida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

🗂️ Seminar-treningda tayanch maktablar hamda ularga biriktirilgan maktablarning matematik savodxonlik bo'yicha trener-o‘qituvchilari ishtirok etib, xalqaro tadqiqot dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotlar roli haqida ma’lumotlarga ega bo'ldilar.

📎 Shuningdek 5-, 7-, 9-sinf o'quvchilari ishtirokida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, o'quvchilar tomonidan berilgan javoblar tahlil qilindi hamda ularga xalqaro tadqiqotlarga doir topshiriqlar bilan ishlash bo'yicha amaliy harakterdagi tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taʼlim
#besh_tashabbus
#seminar

⚡️Bugun shahrimizning 20-ixtisoslashgan Davlat umumtaʼlim maktabida 2023-yil - “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” munosabati bilan maktabda oʻquvchilarga xalqaro standartlarga javob bera oladigan taʼlimni tadbiq etish va oʻqituvchilarga sifatli faoliyati uchun sharoit yaratish, besh tashabbus yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyatini takomillashtirishga bagʻishlangan seminar treninglar oʻtkazildi.

📌Shuningdek, besh tashabbus boʻyicha oʻqituvchilar oʻrtasida musobaqalar tashkil etildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#Seminar

OTM bilan hamkorlik

⚡️Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

📌 Seminarga Toshkent Stomatologiya instituti JS, SSB va JM kafedrasi professor X.Rustamova hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi dosenti, L.Abduqodirova ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga sog‘lom turmush tarzi, yoshlarni oilaga tayyorlash, oilada kelin kuyov, qaynonaning vazifasi xaqida kerakli maslahat va tavsiyalar berib o‘tdi.

🔰 Shuningdek, texnikum direktori M.Sayimov tashabbusi bilan ta’lim sifatini oshirish, muassasada mavjud 4 ta kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish  maqsadida "Kafedra oyligi" ni tashkil etish taklifi asosida "Hamshiralik ishi" kafedrasi ochildi. Seminar pedagogik jamoa hamda o‘quvchi yoshlarda katta taaassurotlar qoldirdi.

Kanalga ulanish ⤵️

@Olmaliq_shahri
#seminar

Deputatlar uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi

⚡️Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati tomonidan deputatlar va siyosiy partiya raislari uchun oʻquv seminari tashkil etildi. Seminarda deputatlik faoliyati uchun zarur quyidagi mavzularda soʻz bordi:

1. Mahalliy Davlat hokimiyati organlari faoliyatini samarali tashkil etish, mahalliy Kengashlar bilan ishlash;
2.Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir islohotlar, doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom va Reglamentning mazmun mohiyati;
3. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va Yagona ijtimoiy reyestrga doir qarorlar va Nizomlarning mazmun mohiyati;
4.Aholining bandligini taʼminlash yoʻnalishida mavjud imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida.
Kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan, imtiyozli kredit ajratish yoʻnalishida mavjud imkoniyatlar:
5. Byudjet ijrosi boʻyicha olib borilayotgan islohotlar.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tubei
#seminar

Favqulodda vaziyatlarga doimo shay boʻlish koʻnikmalari hosil qilindi

⚡️QYAOJ va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning gumanitar yordam byurosi tomonidan moliyalashtirilgan dastur asosida shahrimizda “Markaziy Osiyoning yuqori zilzila xavfi va tabiiy xavfga moyil mamlakatlarida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish va harakat qilish boʻyicha mahalliy va milliy salohiyatni kuchaytirish” mavzusida birinchi oʻquv seminari tashkil etildi. Seminardan maqsad tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy jamoasi aʼzolarining bilimlari va amaliy koʻnikmalarini oshirishdan iborat boʻlib, unda shahrimiz QYAOJ, FVB vakillari hamda mahalla raislari va maktab rahbarlari hamda YoCHT fani oʻqituvchilari ishtirok etdi.

📌 Seminar davomida tinglovchilarga favqulodda holatlar yuz berganda mahallalardagi aholini betalofat olib chiqish uchun koʻngilli yigʻma guruhlariga birinchi yordam berish oʻrgatildi. Shuningdek, maktablarda yosh qutqaruvchi guruhlarini tayyorlash, mahallada suv toshqini xavfining oldini olish va umuman inson omiliga xavf tugʻdiruvchi hududlarda drenaj ishlari va koʻpriklarni taʼmirlash, mahallada zaxira ombori xonalarini yaratib, uni kerakli asbob-anjomlar bilan toʻldirish ishlarini olib borish kabi tadbirlarga urgʻu berib oʻtildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#seminar_trening

Konstitutsiyaviy islohotlar – bugungi kun talabi, ertaning kafolati

⚡️Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida “Konstitutsiyaviy islohotlar – bugungi kun talabi, ertaning kafolati” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova ishtirok etdi. Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi. 

📌O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining loyihasi jamiyatimizning evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olish uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam ekanligi ta’kidlandi.

📌30 aprelga belgilangan Referendumda faol ishtirok etish har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi hisoblanadi. Tadbirda ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilar jamoasi va talabalar seminar-treningdan zarur huquqiy bilim va ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube