Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.03K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#билдириш

Ҳурматли ёшлар! Сизларнинг таклиф ва истакларингизни инобатга олган ҳолда акция муддатини эртага соат 20:00 га қадар узайтиришга қарор қилдик.

Қани фаолроқ бўлинг! Ҳудудингиздаги муаммолардан видеолавҳа тайёрлаб, унинг ечими юзасидан ўз таклифингизни беринг. Фаол иштирокчини смартфон кутмоқда!
____

#bildirish

Hurmatli yoshlar! Sizlarning taklif va istaklaringizni inobatga olgan holda aksiya muddatini ertaga soat 20:00 ga qadar uzaytirishga qaror qildik.

Qani faolroq boʻling! Hududingizdagi muammolardan videolavha tayyorlab, uning yechimi yuzasidan oʻz taklifingizni bering. Faol ishtirokchini smartfon kutmoqda!

Манзил: @yoshlar_aloqada_BOT
__
🙋‍♀🙋‍♂🔥
Биз шу манзилдамиз, қадрдон👇
Biz shu manzildamiz, qadrdon👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrQUzC8XDuW05g
#Bildirish

Assalomu alaykum, hurmatli OAV xodimlari va blogerlar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Men Behzod Qobulov bugun, shu daqiqadan eʼtiboran Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi lavozimiga toʻlaqonli kirishdim.

Tayinlovdan keyingi oʻtgan toʻrt kun ichida Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan blogerlar, ayrim markaziy nashrlarning rahbarlari, muxbirlik punkti mutasaddilari, muxbirlari, viloyat boshqarma, tashkilot va korxonalarining matbuot kotiblari, hududiy bosma nashrlarning muharrirlari, shahar va tumanlar hokimlarining axborot siyosati boʻyicha maslahatchilari bilan alohida-alohida gaplashib oldik.

Bu muloqotlar davomida hamkorlik mexanizmi kelishildi, ish uslubimizni tahlil qildik. Yangi ishimizni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha takliflar olindi.

Oʻz navbatida, AOKA Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati jamoasi bilan muloqot qilib, oldimizda turgan vazifalarni birgalikda muhokama qildik.

Dastlab ish uslubimizga bugundan eʼtiboran ikkita muhim oʻzgarish kiritdik:

1) Hokimliklar faoliyati, sohalar va tarmoqlar boʻyicha eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga bundan buyon viloyat hokimligi axborot xizmati jamoasi shaxsan joyiga chiqqan holda video munosabat bildiradi. Bundan buyon har qanday OAV va blogingda eʼlon qilingan tanqidiy materiallar tegishliligaga koʻra, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda fuqarolar manfaaati nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Shu maqsadda axborot xizmati negizida uchta mobil guruh tashkil etildi.

2) Toshkent viloyati hokimligi matbuot oilasi oʻz kontentlarini lotin grafigiga asoslangan oʻzbek alifbosida uzatishni boshlaydi. Bunday qarorga kelishimizga sabab, aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar rasmiy axborotlarni oʻziga qulay yozuvda oʻqiydi. Yoshlar auditoriyasi kengroq qamrab olinadi. Oʻz navbatida, 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran majburiy tarzda barcha davlat tashkilotlari lotin yozuviga oʻtkazilishi ham inoabatga olindi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda viloyat hokimi raisligida matbuot sohasiga oid kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtadi. Unda tizimning barcha muammolariga eʼtibor qaratiladi. Ayni paytda yigʻilish kun tartibi shakllantirildi, muloqotlar davomida olingan takliflar umumlashtirilmoqda.

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook I Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

NURAFSHONDA BAYRAM BOSHLANMOQDA

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soat 18:00 da Nurafshon shahridagi yangi amfiteatrda tantanali marosim boʻlib oʻtadi. Viloyat hokimligi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur bayramga bir guruh ustoz va murabbiylar – turli mehnat jamoalaridan vakillar chaqirilgan.

Toshkent viloyati hokimligining internetdagi rasmiy sahifalarida dastur toʻliq onlayn efirga uzatiladi.

🌐 YouTube 📱 Facebook
#Bildirish

Toshkent viloyati bugundan issiqlik taʼminotiga ulanadi

Viloyati hokimining qaroriga muvofiq, joriy yilning 19-oktyabridan ijtimoiy soha obyektlari, 21-oktyabridan boshlab koʻp qavatli turar-joy binolarini muntazam isitishga kirishiladi.

Hozirda markazlashgan issiqlik taʼminotining ishlash tizimini tekshirish hamda imkoniyatini aniqlash uchun qozonxonalardan chiqadigan issiqlik energiyasini aylanma harakatini taʼminlash ishlari olib borilmoqda.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Bugun Nurafshon shahridagi markaziy oʻyingohda Madaniyat vazirligining “Madaniyat karvoni” dasturi doirasida “Artist” loyihasi ijodkorlari ishtirokida gala-konsert dasturi oʻtkaziladi.

Boshlanish vaqti: 18:00

Konsertga kirish barcha uchun tekin.

Maʼlumot uchun: Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan loyiha yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!

Joylardagi kommunal xizmat koʻrsatishga doir muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Toshkent viloyati hokimligida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etildi.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor ravishda bartaraf etish hamda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat.

Qoʻshimcha maʼlumotlar yuqoridagi videolavhada.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Viloyatda “Mehr-muruvvat oyligi” eʼlon qilindi

Toshkent viloyatida “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan 2022-yilning 30-noyabridan 30-dekabriga qadar mehr-muruvvat oyligi oʻtkaziladi.

Shu maqsadda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi. Unga koʻra, hududlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, joriy yilning 1-dekabridan 10-dekabriga qadar “Hayr saxovat dekadasi” oʻtkaziladi.

Dekadada viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar, tadbirkorlik subyektlari hamda boshqa korxonalar uchun nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ixtiyoriy tarzda “homiylik mablagʻlarini toʻplash hayriya aksiyasi“ oʻtkazaladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab internatlari oʻquvchilarning qoʻl mehnati bilan yasagan buyumlarining xayriya aksiyasi oʻtkaziladi va yarmarkalar tashkil etiladi.

Ixtiyoriy homiylik uchun ajratiladigan pul mablagʻlari viloyat ”Mahalla“ xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining ”Agrobank"dagi mazkur hisob raqamiga (20212000300132942004; STIR:200584395; MFO:00475; ATB “Agrobank”) oʻtkazish tavsiya etiladi.

Shuningdek, mazkur oy davomida viloyatdagi barcha nogironligi bor fuqarolar, keksalar, yakka-yolgʻizlar bepul tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilib, davolash, jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi.

Oylik doirasida tashabbuskor va saxovatpesha insonlar yordamida mehr-muruvvatga muhtoj insonlar uchun protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi, hassa va qoʻltiqtayoq, koʻzi ojizlar uchun maxsus yigʻma hassa va boshqa lozim boʻlgan vositalar bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Mazkur oylik davomida madaniyat saroylari, muzeylar, istirohat bogʻlari va teatrlarda deputatlar, taniqli olimlar va sanʼatkorlar ishtirokida ommaviy-madaniy va xayriya tadbirlari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, turli koʻrgazmalar ham tashkil etiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

“Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat”

Toshkent viloyat hokimligida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Билдириш

⚡️Ҳурматли Тошкент вилояти аҳолиси! Кейинги пайтда телеграмда турли сохта канал ва ботлар пайдо бўлмоқда. Эслатиб ўтамиз, Тошкент вилояти ҳокимлигининг телеграмдаги ягона расмий саҳифаси: @toshvilpressa.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Bildirish

⚡️Hurmatli Toshkent viloyati aholisi! Keyingi paytda telegramda turli soxta kanal va botlar paydo boʻlmoqda. Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hokimligining telegramdagi yagona rasmiy sahifasi: @toshvilpressa.
#Bildirish

Toshkent viloyatida ertaga, 12 yanvar kuni faoliyatini boshlayotgan maktablar ro‘yxati

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari birgalikda maktablardagi issiqlik ta’minoti holati o‘rganib, faoliyatini boshlashga ruxsat berilmoqda.

Olmaliq shahr
i: 1-IDUM, 2, 3, 4, 5, 6-YOIM, 7, 8, 9, 10-maktablar;

Ohangaron shahri: 3, 4, 5, 6-maktablar;

Nurafshon shahri: 1-IDUM, 4-IDUM, 9-IDUM, 10, 13, 19, 25, 26, 32, 48, 57, 62, 73-maktablar;

Chirchiq shahri: 2, 3, 5, 7, 8, 9, 12, 15, 20, 21, 24, 26-maktablar;

Yangiyo‘l shahri: 3, 5, 6, 9, 10-maktablar;

Bekobod tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 11, 12, 15, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 34, 38, , 39, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 50, 51, 53, 54, 56,, 58, 59, 60-maktablar;

Bo‘ka tumani: 7, 8, 10, 12, 13, 18, 24, 26, 27, 29, 32-maktab, 33, 35, 36, 37, 40, 43, 50-maktablar;

Bo‘stonliq tumani: 7, 12, 13, 14, 19, 32, 39, 41, 42, 44, 49-maktablar;

Zangiota tumani: 5, 13, 14- IDUM; 16, 31, 32, 34, 35, 37, 40-maktablar;

Qibray tumani: 12, 16, 17, , 20, 22, 26, 31, 34, , 40, 48, 49-maktablar;

Quyi Chirchiq tumani: 6, 9, 13, 14, 15, 20, 23, 25, 26, 27, 29, 32, 34, 36, 38, 42, 43, 44, 45, 46 maktablar;

Oqqo‘rg‘on tumani: 2, 4, 7, 10, 12, 19, 25, 31, 36, 41, 42, 43, 45 maktablar;

Ohangaron tumani: 3, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 17, 18, 19, 38, 47, 59 maktablar;

Parkent tumani: 2, 18, 21, 25, 27, 28, 31, 35, 39, 40 maktablar;

Piskent tumani: 2, 7, 13, 16, 17, 18, 21, 25, 30, 33, 39 maktablar;

O‘rta Chirchiq tumani: 5, 6, 27,29, 30, 34, 42, 67-maktablar;

Toshkent tumani: 3, 8, 11, 17, 18, 23, 24, 25, 27-maktablar;

Chinoz tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 15, 16, 19, 21, 22, 23, 24, 26, 34, 42-maktablar;

Yuqori Chirchiq tumani: 2, 3, 11, 12, 14, 15, 16, 18, 19-IDUM, 20, 21, 23, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36-maktablar;

Yangiyo‘l tumani: 27, 31, 42, 47, 48-maktablar.

Eslatib o‘tamiz, ertadan keyin faoliyatini boshlaydigan maktablarning to‘liq ro‘yxati hududlar kesimida soat 14:00 da viloyat hokimligining rasmiy veb saytiga yuklandi.

👉BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarida 12-yanvardan bosqichma-bosqich oʻqishlar boshlangan edi.

Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, maktablarda davomat tushib ketgani, qoʻshimcha ravishda tugʻilayotgan ayrim noqulayliklar joylarda maktab ota-onalar kengashlarining vakillari ishtirokida muhokama qilindi, maslahatlashildi.

Yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqib, Toshkent viloyatidagi barcha umumtaʼlim maktablarida taʼtillar vaqti uzaytirildi. Oʻqishlar 18-yanvardan boshlanishini maʼlum qilamiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish
#yashil_kredit

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli kredit evaziga xarid qilmoqchimisiz?

Viloyat hududidagi quyudagi tijorat banklariga murojat qilishingiz mumkin.

🏦 Sanoatqurilishbank
Miqdori: 150 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 71) 200-43-43 yoki 1180
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 70) 762-82-38

🏦 Qishloq qurilish bank
Miqdori: 150 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 78) 150-00-55 yoki 1254
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 78) 150-79-33

🏦
Ipoteka-bank
Miqdori: 90 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 78) 150-11-22 yoki 1233
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 78) 150-11-22 (ichki 5175)

🏦 Xalqbanki
Miqdori: 60 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 71) 210-20-02 yoki 1106
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 70) 762-70-77

🏦 Mikrokreditbank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 55) 503-63-63 yoki 1285
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 55) 50

🏦 Mikrokreditbank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 55) 503-63-63 yoki 1285
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 55) 50

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#bildirish

DIQQAT, EʼLON!

Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Toshkent viloyati  hududida harakatlanayotgan bir qancha  yoʻnalishdagi avtobus va mikroavtobuslarning qatnovi “FOOD CITY”gacha  uzaytirildi.

Avtobus yoʻnalishlari:     
        
  344 “Oqqoʻrgʻon ASHB – Qoʻyliq dehqon bozori;
 376  ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;   
391   ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻyliq dehqon bozori“;
426  ”Nurafshon ASHB-Oʻrtasaroy qoʻrgʻoni-Qoʻyliq deqon bozori;
428  “Piskent ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
444  ”Toshovul qishlogʻi - Qoʻyliq dehqon bozori“;
606   ”Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
500  “Gʻishtkoʻprik” chegara blok posti - Qoʻyliq dehqon bozori”; 
591   “Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;  
204   “Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
251  “Bekobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
326   “Olmaliq ASHB-Chilonzor buyum bozori”.     
       
Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari (Mikroavtobuslar):
 220-y.t.  “Yangiyoʻl dehqon bozori - Viloyat shifoxonasi”; 
265-y.t.  “Qiziltogʻ q. - Qoʻyliq dehqon bozori;
276-y.t.  “Chirchiq ASHB - Chirchiq davlat Pedagogika instituti - Qoʻyliq kiyim bozori”;
326-y.t.  ”Olmaliq ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori“; 
365-y.t.  ”“Nazarovul” MFY. - Qoʻyliq dehqon bozori“;
367-y.t.  ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;
369-y.t.   ”Hasanboy qishlogʻi - Viloyat Markaziy shifoxonasi“  
371-y.t.  ”Jumabozor qoʻrgʻoni - Qoʻyliq dehqon bozori“;
391-y.t.  ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻylik dehqon bozori“;
396-y.t.  ”Ohangaron dehqon bozori - Qoʻyliq kiyim bozori“; 
422-y.t.  “Yangihayot qoʻrgʻoni - Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”; 
527-y.t.  ”Chirchiq ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;   
246-y.t.  ”Yangiobod qoʻrgʻoni - Qoʻyliq kiyim bozori".

Qayd etilgan transport vositalari endilikda  “FOOD CITY” orqali harakatlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 12 ta yoʻnalishda 73 ta avtobus, 13 ta yoʻnalishda  221 ta mikroavtobus faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

Kelgusida 25 ta yoʻnalishda 247 ta “Damas” rusumli yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarining ham “FOOD CITY” orqali harakatlanishi choralari koʻrilmoqda.
      
Xabaringiz bor, 10-fevraldan boshlab “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi bir qator transport vositalarining harakati “FOOD CITY” savdo majmuasi avtoshohbekatiga uzaytirilgandi.

Olib borilayotgan barcha harakatlar — Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarning oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bogʻliq ekanligi maʼlum qilinadi.

Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Toshkent viloyati hokimligining yangi rasmiy sayti ish boshladi – Toshkentviloyati.uz

Bugundan eʼtiboran Toshkent viloyati hokimligining yangi rasmiy veb sayti ishga tushirildi. Sayt hozircha test rejimida ishlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hokimligining hozirgi sayti bundan 17 yil avval ishga tushirilgan boʻlib, ayni paytda koʻp jihatdan talabga javob bermay qolgan edi. Xususan, axborot siyosati sohasidagi oʻzgarishlar, qonun va qonunosti hujjatlarida hokimliklar rasmiy veb sayti xaritasi qanday boʻlishi kerakligi haqida aniq koʻrsatmalar berildi, talablar qatʼiylashdi.

Mazkur veb sayt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 14-iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF-154) da koʻrsatilgan indikatorlar mazmunidan kelib chiqib yaratildi.

www.toshkentviloyati.uz ni kuzating, rasmiy axborotga ishoning.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Joriy yilning 11-mart kuni o‘tkazilishi e’lon qilingan umumxalq xayriya hashari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
(111-F, 10.03.2023 y.) farmoyishiga asosan 18-mart kuniga ko‘chirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM