Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#tantana

Olmaliq shahri IIB xodimlari kasb bayrami nishonlanmoqda

⚡️ 25-oktyabr – “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni” munosabati bilan Olmaliq shahar hokimligi tomonidan shahrimizda faoliyat yuritayotgan 150 dan ziyod ichki ishlar tizimidagi xodimlar uchun tantanali bayram tadbiri tashkillashtirildi.

📌 Tadbir avvalida shahar hokimi Qobil Xamdamov va sektor rahbarlari tomonidan soha xodimlariga bayram tabriklari oʻqib eshittirilib, shu sohada koʻp yillardan buyon fidoyilik bilan ishlayotgan bir guruh xodimlar faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Toʻkin bayramona dasturxon atrofida jam boʻlgan IIB xodimlari uchun shahar Madaniyat boʻlimi va “Metallurg” saroyi ijodiy xodimlari tomonidan namoyish etilgan chiqishlar davraga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#qutlov

⚡️ Olmaliq shahar hokimi Xamdamov Qobil Muratqulovichning 25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIB xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigi

📌 Batafsil

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#besh_tashabbus

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo'limi hamda shahar Sportni rivojlantirish bo'limi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsum doirasida sportning "Yengil atletika" turi bo'yicha musobaqaning shahar bosqichi bo'lib oʻtdi.

📌Ushbu musobaqada munosib ishtirok etishib gʻolib boʻlgan mahalla yoshlari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi hamda musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!

Joylardagi kommunal xizmat koʻrsatishga doir muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Toshkent viloyati hokimligida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etildi.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor ravishda bartaraf etish hamda amaliy yordam koʻrsatishdan iborat.

Qoʻshimcha maʼlumotlar yuqoridagi videolavhada.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HAYRAT
Shahar faol xotin-qizlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

♻️Shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Minavarova tomonidan shahar "Oqila ayollar" yetakchilari, muassasa, tashkilot va korxonalardagi Boshlang‘ich tashkilotlar raislari, otinoyilar va mahalladagi xotin-qizlar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔰Yig‘ilishda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Minavarova xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, mehnat jamoalarida haq-huquqlarini himoya qilish, mahalladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, oilaviy ajrim, nizo va kelishmovchiliklarning oldini olishda mahalladagi xotin-qizlar faollariga otinoyilar, oqila ayollar va Boshlang‘ich tashkilot raislari hamkor ekanliklari va birgalikda samarali ish tizimini yo‘lga qo‘yishlari zarurligi to‘g‘risida vazifa va topshiriqlar berdi.

Biz bilan kuzatib boring 👇
@olmaliq_oila_xotin_qizlar
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш соддалаштирилди

“Аҳолига ипотека кредити ва уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш жараёнларини соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (601-сон, 14.10.2022 й.) қабул қилинди

🔰 Қарор билан, 2022 йил 1 декабрдан бошлаб қуйидагилар белгиланди:

🔹 субсидияга талабгорларни танлаб олиш комиссиялари таркибидан Ёшлар ишлари агентлиги бўлим бошлиғи ва аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази директорлари чиқарилади;

🔹 субсидия олиш учун аризани аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказлари, Давлат кадастрлари палатасининг ҳудудий бошқармалари, Ёшлар ишлари агентли бўлимлари ва туман (шаҳар) ҳокимлиги томонидан кўриб чиқиш тартиби бекор қилинади;
▫️ бунда мазкур ташкилотларнинг маълумотлари subsidiya.idm.uz дастурий таъминоти орқали автоматик тарзда шакллантирилади;

🔹 субсидия ажратиш мақсадида уй-жойга муҳтож фуқароларни аниқлашнинг ижтимоий мезонлари доирасида қуйидагилар ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган айрим шахслар тоифасига киритилади:
▫️ёш оилалар, шу жумладан, 30 ёшдан ошмаган фуқаролар;
▫️олис ва чекка ҳудудлардаги бюджет ташкилотларига бошқа ҳудудлардан ишлаш учун келган олий маълумотли мутахассислар ва тиббиёт ходимлари.

2022 йил 1 ноябрга қадар “Labor - migration” дастури ва Кадастр агентлигининг Миллий географик ахборот тизими портали subsidiya.idm.uz дастурий таъминотига интеграция қилинади.

📝 Молия вазирлиги томонидан жойлаштирилган маблағлар ҳисобидан ипотека кредити ажратишда қарз олувчиларга қарз юкининг энг юқори чегараси ҳамда субсидия олиш учун бир календарь йилда икки марта ариза бериш бўйича белгиланган чекловлар бекор қилинди.

🗓 2022 йил 1 ноябрга қадар 2020-2022 йиллар дастури доирасида субсидия ажратиш тўғрисида хабарнома олган фуқароларга ипотека кредити фоизларининг бир қисмини қоплаш бўйича тўланмай қолган субсидияларни тўлиқ тўлаш чоралари кўрилади.

☑️ 2021 йил дастури доирасида субсидия ажратиш тўғрисида хабарнома олган Тошкент шаҳрида доимий рўйхатда турадиган фуқароларга Тошкент вилоятида қурилган уй-жойларни ипотека кредити асосида сотиб олиш ҳуқуқи берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#sport

Olmaliq shahri jamoasi - “Yilning eng yaxshi jamoasi” nominatsiyasi gʻolibi

⚡️20-23-oktyabr kunlari Olmaliq shahri OKMK sport majmuasida Taekwon-do ITF sport turi boʻyicha yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida “Toshkent viloyati kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlaridan kelgan 800dan ziyod sportchilar tul va massogi yoʻnalishida bahs olib borishdi.

📌 Jumladan, Olmaliq shahridan 132 nafar sportchilar ishtirok etib yuqori natijalarni qoʻlga kiritishdi. Musobaqada 2022-yil davomidagi natijalarga koʻra nominatsiyalar eʼlon qilindi.

Xususan, Olmaliq shahri “Yilning eng yaxshi jamoasi”, Olmaliq shahar murabbiylari - Mamarasul Boʻriboyev “Yilning eng yaxshi erkak hakami”, Durdonabonu Shavkatjonova “Yilning eng yaxshi ayol hakami” kabi nominatsiyalar gʻolibi boʻldi. Umumjamoa hisobida esa 1-oʻrinni Zangiota tumani, 2-oʻrinni Olmaliq shahri hamda 3-oʻrinni Bekobod shahri jamoalari egalladi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri