Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
21-oktyabr —Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

📌 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi tomonidan 21-oktyabr - Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil boʻlganligi munosabati bilan bugun 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida “Ona tilim sarchashmangdan sarhush dilim” deb nomlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

🔸Tadbirda shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, shoir Luqmon Musulmon hamda N.Ataqulovalar soʻzga chiqib, oʻzbek tilining oʻrni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Maʼruzachilar oʻquvchilarga soʻnggi yillarda oʻzbek tiliga boʻlayotgan yuksak eʼtibor va bu islohotlarning  mazmun-mohiyati borasida atroflicha maʼlumot berdi.

🎼Tadbir yakunida maktabning yosh ijodkorlari ijrosida Vatan va oʻzbek tilini madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Tadbir koʻtarinki ruhda yakun topdi.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fleshmob

🇺🇿“Til - millatning ko‘zgusi!”

⚡️ 7 - umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, o‘zlari yozgan ijod namunalarini izhor etishdi.

"OKMK TV" da biz bilan birga bo'lIng!
👇👇👇
https://t.iss.one/okmk_tv_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Bugun Nurafshon shahridagi markaziy oʻyingohda Madaniyat vazirligining “Madaniyat karvoni” dasturi doirasida “Artist” loyihasi ijodkorlari ishtirokida gala-konsert dasturi oʻtkaziladi.

Boshlanish vaqti: 18:00

Konsertga kirish barcha uchun tekin.

Maʼlumot uchun: Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan loyiha yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“OʻSMIR QIZNING ONASI" psixologik treningi

Hurmatli Olmaliq shahrining aziz ayollari!

Oliy maʼlumotli, malakali, kasbining mohir ustasi psixolog Kamola Xalilova sizlar bilan birgalikda “Oʻsmir qizning onasi ” nomli psixologik trening olib boradi.

☺️O‘smir yoshidagi qizning onasimisiz?
😔Qizingiz xulqi sizni oʻylantiryaptimi?
😢Ajrimlar koʻpligidan xavotirdamisiz?
😢Yoki sizning qizingiz ham ajrim yoqasidami?
😡Asabiymisiz?
🤨Farzandlar bilan kelisholmayapsizmi?

Unda sizlarni 2022-yil 23-oktyabr soat 11:00 da kutib qolaman, shoshiling!

DARSLAR BEPUL

📍Manzil: Olmaliq shahar, 5/1 dahasi, Xotin - qizlar markazi

PSIXOLOGGA MUROJAAT :
+998945770185
Forwarded from Sirdaryo.uz
Расмий хабар

Сирдарё туманидаги Мудофаа вазирлигига қарашли омборда якка тартибда портлаш содир бўлиши оқибатида ҳудудга яқин жойлашган бир нечта аҳоли хонадонлари ва дўконларнинг ойналари синган, биноларнинг айрим енгил конструкцияларига ҳам зарар етган.

Ҳодиса оқибатида халок бўлганлар йўқ. Жабрланганларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатилди.

Айни вақтда вилоят сектор раҳбарлари ва бошқа мутасадди ташкилотлар мутахассислари жалб қилинган ҳолда ҳарбий қисм атрофида жойлашган маҳаллалар қамраб олиниб, фуқаролар, тадбиркорлик субъектлари, корхона, муассаса ва ташкилотларга етказилган зарарни аниқлаш ҳамда уларни қисқа муддатларда бартараф этиш юзасидан зарур чоралар кўрилмоқда.

Telegram|Facebook|Instagram
#yashil_makon
#dolzarb_40_kunlik

⚡️ Ayni damda “Yashil makon”  umummilliy loyihasi doirasida shahrimizdagi ijtimoiy obyektlar- Arxitektura va qurilish texnikumi, 1, 2, 23-maktablar hamda sport maktabida pavloniya daraxti koʻchatlari ekilmoqda.

@Olmaliq_shahri
#nazorat

⚡️Olmaliq shahar Bolalarni himoya qilish sho'ba mudiri J.Tog'ayev, Yoshlar ittifoqi shahar kengashi raisi M.Musurmonov hamda shahar IIB HPB BEMB inspektor psixologlari tungi soat 22:00 dan keyin voyaga yetmaganlarni ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz turli xil ko'ngilochar maskanlada, kafe, kompyuter klublarida bo'lishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbir o'tkazildi.

📌 Tadbir davomida 4 nafar ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlandi. Ushbu voyaga etmaganlar ota-onalari nazoratiga topshirilib, tegishli choralar ko'rildi.

@Olmaliq_shahri
#davlat_tili_33_yilligi

Til — millat tafakkurining bebaho xazinasi

📌Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda shahar Xalq taʼlim boʻlimi hamkorligida bugun 11-umumtaʼlim maktabida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida “Til — millat tafakkurining bebaho xazinasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔸Unda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari R.Bahramova hamda I.Chinorovalar ishtirok etib, oʻzbek tilining jozibasi, bugungi kundagi ahamiyati, soʻz masʼuliyati toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

🔹Tadbir davomida oʻzbek tilining davlat tili sifatida nufuzi oshib borayotgani, hatto buni dunyo jamoatchiligi ham eʼtirof etayotgani alohida taʼkidlandi.

🎼Tadbir yakunida yosh ijodkorlar ijrosida Vatan va oʻzbek tilini madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

@Olmaliq_shahri