Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Dayjest

Yaqinda viloyat hokimi raisligida hududdagi xalq taʼlimi tizimi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan muloqotda tizimdagi kamchiliklar roʻy-rost bayon etilib, ayrim XTB mudirlari va maktab direktorlarini lavozimidan ozod etish tavsiya qilindi.

Bugun taʼlim muassasalarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etib, taʼlim sifatini oshirish masalalariga bagʻishlangan muhokamalar boʻlib oʻtmoqda. Quyidagi dayjestimiz shu haqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 34-umumtaʼlim maktabi direktori oʻrinbosari taʼlimni isloh qilish borasida oʻz taklifini bildirdi.

🔘Olmaliq shahri. Hokim oʻrinbosari va Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri raisligida 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi.

🔘Piskent tumani. Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tumandagi maktablarda boʻlib, taʼlim samaradorligi, bitiruvchi yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari, pedagog kadrlar salohiyati va maktablarning reyting darajasini tahlil qildi.

🔘Bekobod tumani. 21-maktabning oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari taʼlim muassasasini qizil toifadan chiqarishga harakat boshlanganini aytdi.

🔘Angren shahri. 40-umumtaʼlim maktabi direktor oʻrinbosari taʼlim masalalariga bagʻishlangan yigʻilish yuzasidan munosabat bildirdi.

🔘Qibray tumani. Hudud rahbari boshchiligida oʻtgan yigʻilishda oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari aniq raqamlar asosida tahlil qilinib, ayrim rahbarlarga ogohlantirish berildi.

🔘Toshkent tumani. 12 va 22-umumtaʼlim maktabi direktorlari omma oldida taʼlim sifatini koʻtarishga vaʼda berishdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri rahbarligida mavjud vaziyat tahlil qilinib, oliy taʼlimga kirish darajasi eng past boʻlgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Toshkent viloyatining investitsiyaviy jozibardorligini oshirish, yangidan-yangi sanoat korxonalarini tashkil etish va mavjud ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik hamda texnologik jihatdan modernizatsiya qilishga faol jalb etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi dayjestimiz shu mavzuga atalgan.

🔘Chirchiq shahri. Tatariston delegatsiyasi hududda joylashgan kimyo-industrial texnoparkidagi jarayonlar bilan tanishdi.

🔘Ohangaron tumani. "Qiziloy" mahallasi hududida yangi sement zavodi qurilmoqda. Umumiy qiymati 200 mln. AQSH dollari boʻlgan mazkur sement zavodi qurilish ishlariga 100 ga yaqin ishchi va 50 ga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.

🔘Olmaliq shahri. Hokim oʻrinbosarlari Shermuhammad Begiyev va Sherzod Abdulhayev tadbirkorlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni oʻrgandi.

🔘Angren shahri. Hudud rahbari Alisher Rayimov investitsiya, eksport mollarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tumanda faoliyat yuritayotgan hamda eksport bilan shugʻullanuvchi korxonalar, shuningdek 2022-yil dasturidagi loyihalarning bugungi holatini oʻrgandi.

🔘Yangiyoʻl tumani. "Shodlik" mahallasida yangi loyiha ishga tushishga tayyorlanmoqda. Umumiy qiymati 5 mln. AQSH dollari boʻlgan "Universal Bonus Trade" MCHJ korxonasi tekstil-trikotaj mahsulotlarini boʻyashga ixtisoslashtiriladi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. "A.B.S Oqqoʻrgʻon agroklaster" MCHJ tomonidan investitsiya dasturi asosida 7 mln. AQSH dollari mablag'i evaziga Vengriyada ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari xarid qilinmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni. Qisqa xabarlarda shu haqda.


🔘Yangiyoʻl tumani.Haqiqat” mahallasi hududida 3 mlrd. soʻmlik tuz mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Koreyalik investorlarga koʻp qavatli uylar qurilishi loyihasi boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” massividagi boʻsh turgan yer maydonlari va binolardan foydalanish taklifi berildi.

🔘Bekobod tumani. Hududda ish boshlagan avtosalonda 5 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Oʻtgan 9 oy ichida 26 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya kiritildi.

🔘Piskent tumani. Hudud rahbari Rahimjon Rixsiyev “VIZUAL VENTURE PLATFORM” MCHJ ijrochi direktori Park Jung Von bilan uchrashib, istiqboldagi rejalarni muhokama qildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Hokim oʻrinbosari umumiy qiymati 74 mlrd. soʻmlik “Sanfa Engeeniring” MCHJ tomonidan innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish ishlarini koʻzdan kechirdi.

🔘Toshkent tumani.PROMEAT” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ayni damda 100 dan ortiq turdagi goʻsht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda hamda eksport qilinmoqda. ,

🔘Chinoz tumani.Doʻstlik” MFY hududida “Marakanda petroleum” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 5 mlrd. soʻmlik avtomobil motori va industrial moylar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

🔘Chirchiq shahri. InnoWeek.uz-2022” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida Chirchiq shahri vakillari ham oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

🔘Bekobod shahri.Oʻzbekiston” MFY hududida tez tayyor boʻladigan (polufabrikat - fast fud) mahsulotlarini tayyorlab, aholiga yetkazish markazi ish boshlashi natijasida 2 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya oʻzlashtirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Audio
#Dayjest

Hafta davomidagi muhim xabarlar

Yakuniga yetgan hafta turli yangilik va voqealarga boy boʻldi. Bugungi xabarlarimiz orqali ularning eng muhimlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan 800 dan ortiq taʼlim maskanlarida olimlar, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirokida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tkazilib, ularning huquqiy muammolari joyida hal etildi.

🔘Chirchiq shahri. 439 mln. 696 ming so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 179 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

🔘Bekobod shahri. 180 nafar ishsiz fuqaroga kredit asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Qibray tumani. Guliston-Oʻnqoʻrgʻon-Chinobod yoʻnalishining 6-12-kilometrlarida 4K699 umumfoydalanuvdagi markaziy koʻchani taʼmirlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Zoyir Mirzayev “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishi yuzasidan muhokama oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH