Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.02K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
8 октябрь куни соғлиқни сақлаш соҳасида оммавий қабул ўтказилади

Фуқароларнинг соғлиқни сақлаш соҳасидаги мурожаатларини ҳал этиш мақсадида 8 октябрь куни соғлиқни сақлаш, тиббиёт ҳамда ижтимоий ҳимоя тизимидаги идора ва ташкилотлар, шаҳар ва туман ҳокимликлари, ҳудудий ташкилотлар раҳбарлари иштирокида оммавий қабул ўтказилади.

📍 https://uza.uz/posts/413384

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
#ochiq_muloqot
#sayyor_qabul

Sektor rahbarlari fuqarolar bilan muloqotda

⚡️Odatdagidek, bugun juma kuni shahar hokimi, 1-sektor rahbari Qobil Xamdamov, prokuror, 2-sektor rahbari Abdumalik Kuldashev, shahar IIB boshligʻi Jamoliddin Manazarov hamda Jinoyat ishlari boʻyicha shahar sudi raisi Maʼmurjon Toʻychiyev 1-sektor shtabida fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglamoqda.

📌Ochiq muloqot tarzida olib borilayotgan qabul davomida shahar hokimining oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, tinglangan muammo va takliflar tegishli masʼullar tomonidan ijro etilishi nazoratga olinmoqda. Bugungi qabulga 12 nafar fuqaro roʻyxatga olindi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri
#Yoshlar_siyosati

Vasiylik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar boʻlimi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari jamgʻarmasi”ning navbatdagi 26-sonli Vasiylik kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

📌Ushbu yigʻilishga 28 nafar yoshning muammo hamda takliflari tinglandi. Natijada murojaatchilarga huquqiy tushunchalar berilib, baʼzi muammolar joyida hal etildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Халқчил Конституцияни яратиш учун шошилмаслик керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kitobxonlik

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori ijrosini ta'minlash, xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo'lgan qiziqishlarini keng targ'ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko'tarish hamda rivojlantirish maqsadida "Ammofos-Maxam" aksiyadorlik jamiyati sex bo'lim ishchi-xodimlari o'rtasida "Kitobxon xodim" tanlovi o'tkazildi.

📌 Tanlov davomida ishtirokchilar tanlangan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari bo'yicha uch bosqichda bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra, faxrli 1-o'rin Xo'jalik sexi xodimi Xudoyberdiyeva Shaxnoza,
2-o'rin Elektr ta'minoti sexi xodimi Turg'unboyev Abdulloh, 3 -o'rin Ta'mirlash qurilish montaj sexi xodimi Ziyaxo'jayeva Zilolaga nasib etdi. Yuqori darajada qiziqish va e'tiborda bo'lib o'tgan tanlov korxona rahbariyati tomonidan tashkillashtirilishi tanlov bardavom bo'lishi ta'kidlab o'tildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri
⚡️Shahar hokimining ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Shanayev 26.09.2022-yil Vazirlar Mahkamasining №01-30/1-915-sonli Bayoni ijrosi yuzasidan Olmaliq shahar XTBga qarashli barcha maktablarning Ona tili va adabiyot fani sho'basi rahbarlari bilan yig'ilish o'tkazib, bajariladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

@Olmaliq_shahri