Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.96K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
📊Raqamlar so'zlaydi

Toshkent viloyati karam eksporti boʻyicha yetakchi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan.

Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,5 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 91,6 ming tonna
Rossiya – 26 ming tonna
Qirgʻiz R. – 6,7 ming tonna
Belarus – 5,2 ming tonna
Ukraina – 513,3 tonna
Litva – 98,1 tonna

Xorijga eng koʻp karam eksport qilgan hududlar:

Toshkent viloyati28,2 ming tonna

— Buxoro viloyati – 20,1 ming tonna

— Fargʻona viloyati – 13,6 ming tonna

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#onlayn
#sayyor_qabul

Ayni daqiqalarda Ohangaron shahri markazidagi “Madaniyat va istirohat” bogʻida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida fuqarolar murojaatlari boʻyicha sayyor qabul boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatib boring:

📱Facebook ( https://fb.watch/f-GnpelarC/ )

🌐YouTube ( https://youtu.be/TluFCetfcNw )

📱 Instagram (https://instagram.com/zoyir_mirzayev/live/17953842689315971?igshid=YmMyMTA2M2Y= )

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HAYRAT
Ta'lim muassasalarida umumiy yig'ilishlar bo'lib o'tmoqda

♻️Mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida shahrimizda 1-sektoriga qarashli "Saxovat" mahallasi xotin-qizlar faoli M.Batirova tashabbusi bilan 16-umumta'lim maktabida ham boshlang‘ich tashkilot raisi saylovi o'tkazildi.

⚡️Maktabda o'quvchi-qizlarning axloqiy-tarbiyaviy masalalari, maktab jamoasida ma'naviy muhitning barqarorligini saqlash vazifasiga M.Ilyasova saylandi.

Biz bilan kuzatib boring 👇
@olmaliq_oila_xotin_qizlar
#Keksalar_haftaligi

Keksalar-oila chirog'i

⚡️"Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos ezgu-fazilat" degan g'oyani o'zida mujassam etgan "Keksalar haftaligi" doirasida Olmaliq shahar 7-umumiy o'rta maktabida turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

📌 Jumladan, "Ko'zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarini" mavzusida nafaqadagi ustoz pedagoglar ishtirokida davra suhbatlari hamda "Keksalar-oila chirog'i" mavzusida Do'stlik MFYda istiqomat qilayotgan yoshi ulug' otaxon va onaxonlarni taklif qilib tarbiyaviy soatlar o'tkazishdi.

📌Shuningdek, maktabning eng faol o'quvchi hamda o'qituvchilari mahallada istiqomat qilayotgan kasalmand, uyidan chiqishga imkoni yo'q keksalar holidan xabar olishdi.
⚡️Shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Shanayev Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida “Toshkent suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Olmaliq shahar filialida o‘rganish o‘tkazdi.

📌 Oʻrganish natijasida ushbu tashkilot kirill alifbosidan foydalanilayotgani hamda muhr, buyruq va chiqish xatlarida imloviy kamchiliklar borligi aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan tegishli muddat berildi. Bu kabi o‘rganishlar barcha tashkilot va idoralarda oʻtkazilishi davom etadi.
O‘ziga xos derbi va super o‘yinga bepul kirib, ajoyib futbolni tomosha qilgan holda qimmatbaho sovg‘alar bilan uyga qaytish imkonini qo‘ldan boy bermang!

Superliganing 21-turida AGMK Olmaliqda Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda Superliga medallari uchun jiddiy kurashayotgan, musobaqa jadvalida yonma-yon ketayotgan va bir xil ochko to‘plagan 💛AGMK va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi ajoyib futbol bahsini o‘tkazib yubormang! Ushbu bahsda Olmaliq va Navoiy «konchilar» jamoalari o‘rtasida o‘ziga xos derbi maqomidagi o‘yin bo‘ladi.

Qadrli muxlis, sizda uchrashuvga bepulga kirib, ajoyib futbol o‘yinini tomosha qilgan holda uyga qimmatbaho sovg‘alar bilan qaytish imkoniyati mavjud!

Buning uchun siz shunchaki vaqtingizni maroqli o‘tkazish maqsadida, 8 oktabr kuni, soat 18:00da Olmaliqdagi OKMK sport majmuasiga kelasiz, qo‘lingizga bepul beriladigan chipta bilan o‘yinga kirasiz va uchrashuv tanaffusida chiptangiz seriya raqami orqali bir nechta o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar, xususan Televizor, maishiy texnika, futbol to‘plari va AGMK jamoasining original formalarini yutib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Unutmang, o‘yinga kirish chiptasi bepul taqdim etiladi va uchrashuv tanaffusida qo‘lingizdagi chipta seriya raqami orqali o‘ynaladigan lotereyada qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishingiz mumkin bo‘ladi.

AGMK - "Qizilqum" uchrashuviga barcha olmaliqlik va Toshkent viloyatining Angren, Oxangaron, Piskent, To‘ytepa va boshqa shaharlik barcha futbol muxlislarini bo‘lajak o‘yinga taklif qilamiz!

Manzil: Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi. Uchrashuv boshlanish vaqti: 8 oktabr kuni, soat 18:00.

Barcha futbol ishqibozlarini jamoamizning muhim o‘yiniga taklif qilamiz va ulardan qizg‘in qo‘llab-quvvatlovni kutamiz! Bonusiga esa muxlislarimizga qimmatbaho va unutilmas sovg‘alar tayyorlab qo‘yilgan! O‘yinga kirish chiptasi esa bepul!
#eʼlon

Diqqat!

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisidagi qonunning 17-moddasiga muvofiq, Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli xududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek, hayotiy tajribaga xamda aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi lozim.

Shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek, sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarnining professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emasligi belgilangan.

    Olmaliq shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi maʼmuriyati, yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqib, hozirda vakant boʻlgan quyidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) lavozimiga tanlov eʼlon qiladi:

1. A.Yassaviy MFY
2. Koʻrpasoy MFY
3. S.Olloyor MFY
4. T.Malik MFY
5. Muqimiy MFY
6. Yulduz MFY
7. Doʻstlik MFY 
8. Zarbuloq MFY
9. Bobur MFY
10. M.Ulugʻbek MFY
11. M.Bexbudiy MFY
12. Ibn Sino MFY
13. M.Jalil MFY
14. Gʻ.Gʻulom MFY

  Yuqoridagi mahalla fuqarolari yigʻinlariga rais (oqsoqol) lavozimiga oʻz nomzodini bermoqchi boʻlgan fuqarolarni, Olmaliq shahar saylov komissiyasi ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

☎️ 93-628-62-21  Muhiddin Abdullayev
☎️ 94-405-54-33 Gulchehra Igamnazarova

@Olmaliq_shahri
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#sektor_bosqichi
#milliy_kurash

⚡️Xabaringiz bor, yurtimiz bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida sport musobaqalariga start berilgan.

📌Ayni vaqtda Olmaliq shahrida olimpiada doirasida sportning 🤼milliy kurash turi bo'yicha sektor bosqichi o'tkazilmoqda.

G'olib bo'lgan sportchi yoshlarimizga olimpiadaning shahar bosqichida omad tilaymiz.

@Olmaliq_shahri