Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Deputatlik_guruhi
#Muhokama

Xalq demokratik partiyasi Olmaliq shahar deputatlik guruhi a'zolarining ishchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda umumta'lim maktablarining an'anaviy shaklga o'tishi uchun qay darajada tayyorligi, jarayonda deputatlik nazoratini davom ettirgan holda, haqiqiy holatni yana bir bor o'rganish va tegishli axborotni qabul qilish, XDP Harakat Dasturi va deputatlik guruhi ish rejasidan o'rin olgan navbatdagi masalalar muhokamasi bo'lib o'tdi. Guruh rahbari, deputat Ergash Abdurayimov shu kungacha 2 ta masala tegishli komissiyalarga taqdim etilgan bo'lsada, sessiya kun tartibiga kiritilmaganligi avvalo o'zimizning aybimiz, sustkashligimiz, deya ta'kidladi. Mavzularga oid muhokamalarda deputat Zafar Adilov, Sayfiddin Subanov, Jumagul Bo'ranovalar ham so'zga chiqib, guruhning kelgusi yig'ilishida ko'rilishi lozim bo'lgan masala yuzasidan ham o'z fikrlarini bildirdilar. Tanqidiy muhokama ruhida o'tgan yig'ilishda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Jasurbek Safarmatov

@ergash_abdurayimov
#Muhokama
#Doimiy_komissiya

🧑‍💻👩‍💻Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🗓Unda shaharda "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" bo'yicha qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.

@olmaliq_deputatlari
#Xalqparvar_komissiyasi
#Muhokama

⚡️Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi huzuridagi "Xalqparvar" komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Majlisda ipoteka asosida berilishi rejalashtirilgan ko'p qavatli uy-joylarning qurilish jarayonlari borishi, Subsidiya ajratish bo'yicha qilinayotgan ishlar, 2 nafar chin yetim bolaga uy-joy sotib olib berishga ruxsat berish to'g'risidagi masalalar muhokama qilindi.

📌Yig'ilish so'ngida mazkur masalalar yuzasidan komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube