#qonunchilikdagi_yangiliklar
2022-yil 1-yanvardan ...
👉 Onlayn nazorat texnikalari chekining QR-kodini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan xarid summasidan 1% qaytariladi
👉 Soliq huquqbuzarligi haqida soliq organlariga xabar berganlarga undirilgan jarima summasidan 20% mukofot to‘lanadi
👉 To‘lov tizimlarini onlayn-NKMga ulash orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash talabi o‘rnatildi
👉 Chakana savdoda onlayn-kassaga ulangan, shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi maxsus skanerlardan foydalanish talabi o‘rnatildi
👉 01.01.2023-yilgacha tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM hamda shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi skanerlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga 1 ta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foyda solig'i, AOS yoki YATTlarning JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi
👉 Xaridorlarga MXIK kodlari aks ettirilmagan onlayn nazorat texnikalari cheklarini berish taqiqlandi
👉 Kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi
👉 Tumanlarda (Toshkent shahridan tashqari) faoliyat yurituvchi YATTlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi
👉 QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 % va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslari “E-aktiv” AATdan foydalanadi
👉 “E-aktiv” AATni ishga tushirish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi sababli 01.07.2022-yilgacha tizimdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun ta’sir choralari ko‘rilmaydi
👉 Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatga qo‘yish E-ijara tizimida amalga oshiriladi
👉Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi
👉Tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha kechiktirib to‘lash huquqi berildi
👉 Uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilandi
👉 QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) soliq hisobotini topshirishda xabardor etish orqali amalga oshiriladi
👉 Umumiy ovqatlanish korxonalariga AOS, foyda, suv, yer, mol-mulk soliqlari va yig‘imlar bo‘yicha 15.08.2021-yil holatiga mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 01.01.- 01.07.2022-yilgacha bo‘lib to‘lash huquqi berildi
👉 Tadbirkorlik subyektlari umumiy maydoni 1 000 kv.m.dan ortiq bo‘lgan yer va ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganda mol-mulk va yer solig‘i to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berildi
👉 Moʻynoq tumanidagi ayrim tadbirkoriar uchun bir qator soliq stavkalari 1%, Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlaridagi tadbirkorlar uchun esa 50% etib belgilandi
@olmaliq_shahar_dsi

Telegram
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#keshbek
Bugundan boshlab Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘ling
2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat…

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati
Xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.
Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilgach, dastlabki 14 kunda:
☑️ keshbek olish uchun 401 604 ta QR-kodli chek ro'yxatga olindi;
☑️ jami keshbek summasi 5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi;
☑️ “Soliq” mobil ilovasida 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi (Android/ iOS).
Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.
Shu bilan birga, cheklardagi maʼlumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega bo‘lish kabi isteʼmolchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy taʼsir etayotgan holatlarning yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasi (dublikat)ni chop etgan holda xaridordan avvalroq ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari ko‘p uchramoqda.
Shu bois, isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar o‘rnatilmoqda:
– QR-kodli chek birinchi marta SOLIQ mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik ro‘yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro‘yxatga olinganini ko‘rsatuvchi eslatma paydo bo‘ladi;
– har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi to‘g‘risida eslatma paydo bo‘ladi.
DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, isteʼmolchilar firk-mulohazalarini inobatga olgan holda tizimni takomillashtirib boradi.
t.iss.one/olmaliq_shahar_DSI

Google Play
Soliq - Apps on Google Play
Mobile application of electronic services of tax authorities