#qiziqarli_mashĝulotlar
#men_ham_kichik_ustoz
Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinfi o‘quvchilari orasida "Men ham kichik ustoz" loyihasi e‘lon qilingan edi. Maxsus adabiyot fani dars mashg‘ulotlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Zamira Atayeva rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari dars jarayonlarini qiziqarli tarzda tashkil qilib, bilimlarini yanada boyitib bormoqdalar. Loyiha doirasida bir nechta darslar tashkil qilindi, o‘quvchilar ustozlik mas‘uliyatini his qilgan holda, o‘zaro ijobiy ma‘noda bellashmoqdalar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har bir darsga tayyorgarlik jarayoni va dars mashg‘ulotlarining qiziqarli va o‘ziga xos tarzda tashkil qilinayotganligi bunga yaqqol dalildir. O‘quvchilar puxta bilim olishning asosi shu bilimni boshqalarga o‘rgatish ekanligini chuqur his qilmoqdalar. Quyida dars mashg‘ulotlaridan olingan lavhalarni e‘tiboringizga havola qilar ekanmiz, o‘quvchilarimizga bilim cho‘qqilarini egallashlarida omad tilab qolamiz.
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi