Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Surxondaryo yangiliklari (Inobat Karimova) via @like
#men_sevgan_asar
#maqola

Har bir odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, hikoyasi boʻladi. Menga negadir tarixiy mavzudagi asarlar yoqadi. Balki bu mening dunyo taraqqiyotiga yuksak hissa qoʻshgan ajdodlarimiz hayotiga, yurtimiz oʻtmishiga boʻlgan qiziqishim tufaylidir. Ana shunday asarlardan biri shoh va shoir temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yulduzli tunlar” romani. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning bu asari har doim stolim ustida turadi. Boʻsh qoldim deguncha uni varaqlagim, buyuk vatandoshim taqdirini oʻrgangim kelaveradi. Mohir yozuvchi Pirimqul Qodirov bu asarni juda katta mehr va mahorat bilan yozgan. Uni oʻqir ekanman oʻrta asrlardagi Movoraunnahr, Andijon, Axsi, hatto qadimiy Shosh koʻz oldimda bor boʻyi basti bilan gavdalanadi. Yurtimiz oʻtmishda ko’plab inqiroz va parokandaliklarni bishdan kechirganiga qaramay gullab yashnagani, ilmi urfon makoni boʻlganini his qilib yuragimda qandaydir faxrmi, quvonchmi uygʻonadi.
O’n ikki yoshida toj-u taxt tashvishi boshiga tushgan Boburning irodasiga qoyil qolaman.Bu asarda muallif o’n beshinchi asrda yashagan xalqimizning turmush tarsi,dunyoqarashi, kiyim kechaklari,uy-joylari hatto shevasini ham juda aniq , qiziqarli ta’riflaganki,beixtiyor o’zingni ular orasida his qilasan.Chunki unda inson qalbi, ruhiyati va orzu-armonlari aks etgan.
Romanning men uchun eng ibratli jihati shuki, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻz maqsadi yoʻlida turfa qiyinchiliklarga, taqdirning beshafqat zarbalariga mardona dosh berganligidir.Boburni oʻz yurtiga sigʻdirishmaganligi bois “boshini olib bir sorigʻa” ketgan boʻlsa-da, u kindik qoni toʻkilgan diyoridan yuz oʻgirmadi. Butun umr yurtini sogʻinib, unga intizor boʻlib, talpinib yashadi. Unga aslo yomonlik tilamadi. Axir Vatan- ona, onadan esa arazlab boʻlmaydi.U o’z sheʼrlarida bu mehrni, sogʻinchni takror-takror izhor qildi.Afsuski, bobomiz ona yurtiga,kindik qoni to’kilgan jonajon diyoriga qayta olmadi.Bu bir kam dunyo deb shunga aytishsa kerak. Biroq Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz taslim bo’lmadi. Hindistonda ko’plab buyuk ishlar qildi.Vataniga qaytish niyatida bo’lgan birorta insonga to’sqinlik qilmadi.Ha, tengdoshim! Bizning alloma bobolarimiz nafaqat so’zda, amalda ham avlodlarga ibrat bo’luvchi ishlarni amalga oshirgan. Bugun “Yulduzli tunlar” romanining davomi “Avlodlar dovoni” asarini o’qishga kirishar ekanman,adabiyotimizni shunday bebaho asar bilan boyitgan, buyuk shoh va shoir bobomiz Bobur hayotini kitobxonlar ko’z oldida to’liq va go’zal tiklab bergan zahmatkash adib Pirimqul Qodiriv ruhi oldida bosh egaman.Chunki moziyga qaytib ish ko’rishlik hayrli,deydilar. Bizga hech kimdan kam emasligimizni va kam bo’lmasligimizni ko’rsatib bergan bunday asar abadiyatga dahldor.
Kitob hali sen ko'rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so'zlarni aytadi.Gohida kitoblar olamiga tushib qolsam deysan. Faqat kitoblar... Sokinlik...
Aziz tengdoshim ! Vertual hayotga butun borlig’imiz bilan berilib ketib, asl ma’naviy do’stimizdan yiroqlashmaylik !


Xorazm viloyati Xiva shahar Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Xayitboyeva Kumushoy