#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
NAZM
1-ISHTIROKCHI
O'lkam
(O‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag'ishlayman)
Boshingdan o‘tmadi ne qaro kunlar,
Sanchildi fashistning og'ir o'qlari.
Qalbingda o't yoqib, kuydirib seni,
Isinib yashashdi, ular o'zlari.
Qirg'inbarot qildi hissiz manqurtlar,
Qulatdilar ne-ne chinorlaringni.
Oydan, quyoshgacha iymanib yurgan,
O'ldirdilar sening, Cho'lponlaringni.
O'tkan kunlariga tavallo aytib,
Kelajak tomonga termulgan hissiz.
Eski tuzum davri "qotil mashina",
Qodiriy bobomlar yo‘qolgan izsiz.
Qarasam ortimda hayqirar tarix,
Netay olgim kelar og'riqlaringni.
Sibirda yurib ham sen bilan bo'lgan,
Quchgim kelar dildan Usmonlaringni.
Umrbod yashagin, ey boqiy o'lkam,
Endi yorug' zamon, qorong'ulik yo'q.
Chekkan zahmatlaring kuylamasam gar,
Shoir yuragimni tinch qo'ymasdi "o'q" !
✍Qo'ziboyev Dadaxon, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

👍6🔥2😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
VIDEO ROLIK
1-ISHTIROKCHI
🎬 Shomurotova Mavluda,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi

👏6❤4👍2
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
RASSOMCHILIK
1-ISHTIROKCHI
🌠 Yulduzoy Jumaniyozova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi

👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
VIDEO ROLIK
2-ISHTIROKCHI
🎬 Jumanazarova Shodiya ,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Tanlovga
VIDEO ROLIK
2-ISHTIROKCHI
🎬 Jumanazarova Shodiya ,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
❤11👍2
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
NAZM
2-ISHTIROKCHI
🔹XOTIRA MUQADDAS
Bahor ketishidan bergancha darak,
Ko'kdagi turnadek qanotin qoqib.
Go'zal tarovat-la kirib kelar May,
G'alaba kunining shodligin yoyib.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Tinch yashash istaydi har bir odamzod,
Lek g'araz niyatlar bermaydi imkon.
Ezgulik gullarin vayron qilgancha
Qalbim bo'stonini qiladi payhon.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Mening bobom bo'lgan o'zbek o‘g‘loni,
Qalbidan o'chmagan hurlik sururi.
Mashaqqat yo'lida o'tdi mardona,
Bugun ona yurtim faxri, g'ururi.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Ajdodlarim yodi, xotira ulug',
She'rimiz ataymiz: "Xalq qasidasi".
Boshimiz egamiz, qilamiz ta'zim,
Siz sabab tuyamiz Ozodlik nashidasi
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
✍: Bunyodova Parizodabonu,
Ogahiy ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi

❤9👍3🥰1
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
RASSOMCHILIK
2-ISHTIROKCHI
🌠 Qo‘ziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Tanlovga
RASSOMCHILIK
2-ISHTIROKCHI
🌠 Qo‘ziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
👍5🔥3❤1
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
NASR
1-ISHTIROKCHI
Tushdan keyingi jannat
Kumush qish. Qahraton ayoz eshiklarni taqildatyapti. Go'yoki tashqarida biron jonzot bordek. Saida buvi esa o'z kulbasida. U kutyapti ha, u uch yildan buyon o'g'li Mansurni kutyapti. Ammo bu kutishning sabri tugarmikin? Yo'q! Saida buvi uchun emas. Uning o'g'li Mansurni Afg'onistondagi urushga ketganidan beri umr yo'ldoshi Po'lat bobo bilan kutardi. Ammo Po'lat bobo ikki yilgina chidab bera oldi. Chunki Po'lat bobo yurak xuruji kasalligi bilan olamdan o'tgandi. Mana bundan bir yil o'tdi. Saida buvi yolg'iz qoldi. U hamon munchoqdek ko'zlari bilan ehikka termulgancha boqib turibdi. Tashqarida esa ayozning uvillashi hamon tinmagandi. Shoshmang! Avvaliga kimdir eshikni taqildatdi. Bu ayozmi yoki..? Yo'q, eshik yana taqildadi Saida buvi shoshib qolib:
-Bu mening o'g'lim Mansur. Ha u ... u qaytib keldi. Men buni bilardim. Men ... men o'g'lim qaytib kelishini bilardim,-dedi Saida buvi hassasini qo'liga olgancha. Saida buvi hassaga tayanib eshik tomon bordi. U eshikni ochishi bilan ne ko'z bilan ko'rsinki qo'shnisi Zaynab opa turardi. Saida buvining quvochli nigohi birdan ma'yuslik kasb etdi.
-Assalomu alaykum,-dedi Zaynab opa ko'z yoshlarini zo'rg'a tutib turarkan.
-Salomatlik tilayman qo'shni, ichkariga kiring. Tinchlikmi shunday sovuqda nima qilib yuribsiz?,-dedi Saida buvi g'amgin ovozda.
-E, Saida bilasiz o'g'lim Tohirni ikki yil oldin Tojikistondagi urushga yuborgandim. Bugun... bugun esa pochtachi kelib...,- u shunday deb yig'lab yubordi.
-Voy, Astag'firulloh... Qoraxatmi..?,- hovliqdi Saida buvi. Zaynab opaning ko'z yoshi tinmasdi.
-Zaynab dardingga sherikman. Nima bo'libdi o'zi?
-Ikki hafta oldin dushman tomon binono qulatibdi. Bino ham...,-yig'lab yubordi Zaynab opa.
-Tohirning ustigami?,-yana hovliqdi Saida buvi. Zaynab buvi hamon yig'lardi.
-Zaynab kuyinmang sizni hali yana 10 nafar yigitni ishini bajara oladigan qizingiz borku - Zulfiya,-dedi Saida buvi qo'shnisini yupatib.
-U ham akasining vafotini eshitib, hushidan ketdi. Hali o'ziga kelgani yo'q. Unga ham qiyin bo'ldi... Mayli, o'z qayg'um bilan bo'lib, siznikini unutibman... Mansurbekdan xabar bormi?
Saida buvi o'ksinib o'ksinib dedi:
-Yo'q... Yakka-yu yagona dilbandim haqida uch yildan buyon xabar yo'q. Uni...uni hech bo'lmasa bir marta ko'rsam edi, diydoriga to'yib olsam edi, mendan baxtli inson topilmasi bu dunyoda...
Shu payt birdan eshik lang ochilib, Zaynab opaning umr yo'ldoshi Mirza ota kirib keldi.
-Xotin, ey xotin...
-Labbay?
-E...tur o'rningdan, Zulfiya o'ziga keldi. Seni so'rayapti... Iyee Saidaxon yaxshimisiz? Sog'liqlaringiz joyidami?,-salomlashgan bo'ldi Mirza ota.
-Tuzuk,- dedi Saida buvi o'ksinib.
-Ha unda yaxshi. E...xotin bo'lsangchi.
-Voy hozir. Saidaxon kechirasiz. Ilojim bo'lsa bugun tunda ham chiqaman,-dedi Zaynab opa shoshilib va kulbadan Mirza ota bilan chiqib ketdi.
Saida buvi yana yolg'iz qoldi. Kechasi bilan Saida buvi yana Mansurni kutdi. Tungi soat 11 Saida buvining ko'zlari ilindi. Tunda u tush ko'rdi. Tushida o'g'li Mansur oppoq ko'ylakda uyga kirib keldi va onasining qo'liga qizil gul tutqazib:
-Ona...seni sog'indim. Mendan rozi bo'l. Seni himoya qilish uchun ketdim va vazifamni ustidan chiqdim. Biz g'olibmiz. Ammo...ammo endi men sening yoningga qayta olmayman. Chunki mening qabrim endi Afg'onistonda.
Saida buvi nimadir demoqchi bo'ldi. Ammo uni chiqmadi.
-Ona iltimos qo'y gapirma, seni juda yaxshi ko'raman. Ma'yus ovozingni eshitmay. Meni kechir. Endi men ketishim kerak. Mendan rozi bo'l.
Mansur shunday dedi-yu uydan chiqib ketdi. Saida buvi hatto qimirlay ham olmadi. U haqiqatda ham tanasini qimirlata olmasdi. Saida buvi yotgan joyida ko'z yosh to'kdi...ammo u hali uyg'onmagandi. Saida buvi o'sha tushdan so'ng sira ham uyg'onmadi...
✍: Ibragimova Feruza,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

👏7👍4🔥4👌2🤩1🕊1
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_xotira_muqaddas
#Tanlovga
NASR
2-ISHTIROKCHI
Qahramon
Anvar yaqinda 18 ga kiradi.Dekabr oyi oxirlari, havo ham sovub bormoqda...
Mana uning tug'ulgan kuni ham o'tdi,
barcha unga uzoq umr tiladi.Keyingi
kunlarda uning uyiga xabarchi keldi va urushga ketishi haqida aytdi.Onasi kóz yosh toʻkdi,óğlini hech qayerga ayniqsa urushga yuborishini hayoliga ham sig'dirolmadi.Óğli esa onasiga:
--Onajon sira ham havotir olmang,men ,albatta,vatanimiz mustaqilligiga óz hissamni qóshaman--dedi.Bu gapdan onasi quvondi lekin baribir óğlini urushga yubormaslik yoʻlini axtarardi.Mana urushga ketadigan vaqt ham keldi.Onasi,singillari akasining ketayotganidan dod solib yiğlashdi.Ammo Anvarni urush óz domiga magnitdek tortardi.U urushga bordi bunday daxshat hatto dózohda ham boʻlmasa kerak deb óyladi.Onasi har kuni ibodat qilar,namozlarida óğlining sogʻ-salomat qaytishini soʻrardi.Har kuni kimningdir uyida aza ochiladi,qóshnilarida deyarli tirik qaytgan odam boʻlmadi.Saodat aya bora-bora umidi soʻndi baribir "óğlim tirik qaytadi" degan hayol bilan yashadi.Bir kuni uning uyiga xat keldi.
Bu xat esa uning koʻnglini kótardi.
Xat mazmuni shunday edi"Onajon havotir olmang men sogʻ-salomatman,
urush tugadi men sizga aytgan gaplarim esingizdami men uni uddaladim nihoyat yurtimiz mustaqilligidan mening ham hissam bor".
✍: Safarboeva Nilufar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7"A" sinf óquvchisi.