#Tungi_yoĝdu
Ilhom parilari
Qop-qora ko‘rpaga burkangan olam,
Dunyo orom olar, qalbim-chi uyg‘oq.
So‘ngsiz xayollar-la yolg‘iz qolaman,
Dilimni bir nima o‘rtaydi biroq.
O‘yladim, qalbimni uyg‘otgan ne deb,
Nima meni beorom qiladi har tun.
Topdim, va nihoyat, topdim javobin,
Ilhom parilari uyg‘otar har tun.
Parilar uyg‘otib meni har tuni,
Qog‘ozga boringni to‘kib sol deydi.
Yozmasam o‘tadi tunlarim uyg‘oq,
Qalbimga o‘t solar yozmasam endi.
Hozir ham parilar uyg‘otib meni,
Qo‘limga tutqazdi asta qalamni.
Qog‘ozga tushirdim ko‘nglim sasini,
Quvamiz qalbdagi dard-u alamni.
Ular menga bag‘ishlar ajib bir tuyg‘u,
Ijod-la sehrli har bitta kunim.
Shunchaki yozmasman ular-la axir,
"Shunchaki yozmoq bu-shoirga o‘lim".
Ey, qalbi ijod-la oshno bo‘lganlar,
Tunlar bedor siz ham bitsangiz she‘rlar
Xursand bo‘ling, chunki sizni uyg‘otgan
O‘sha mittigina ilhom parilar!!!
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿
Birinchi bo'lib bizning telegram kanalda👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Ilhom parilari
Qop-qora ko‘rpaga burkangan olam,
Dunyo orom olar, qalbim-chi uyg‘oq.
So‘ngsiz xayollar-la yolg‘iz qolaman,
Dilimni bir nima o‘rtaydi biroq.
O‘yladim, qalbimni uyg‘otgan ne deb,
Nima meni beorom qiladi har tun.
Topdim, va nihoyat, topdim javobin,
Ilhom parilari uyg‘otar har tun.
Parilar uyg‘otib meni har tuni,
Qog‘ozga boringni to‘kib sol deydi.
Yozmasam o‘tadi tunlarim uyg‘oq,
Qalbimga o‘t solar yozmasam endi.
Hozir ham parilar uyg‘otib meni,
Qo‘limga tutqazdi asta qalamni.
Qog‘ozga tushirdim ko‘nglim sasini,
Quvamiz qalbdagi dard-u alamni.
Ular menga bag‘ishlar ajib bir tuyg‘u,
Ijod-la sehrli har bitta kunim.
Shunchaki yozmasman ular-la axir,
"Shunchaki yozmoq bu-shoirga o‘lim".
Ey, qalbi ijod-la oshno bo‘lganlar,
Tunlar bedor siz ham bitsangiz she‘rlar
Xursand bo‘ling, chunki sizni uyg‘otgan
O‘sha mittigina ilhom parilar!!!
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿
Birinchi bo'lib bizning telegram kanalda👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi