#Sarhisob_va_rejalar
25-dekabr kuni Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 6-sinfida sinf rahbari Barno Yusupova tomonidan "Yangi yil - yangi orzular, yangi Oʻzbekiston" mavzusida tarbiyaviy soat oʻtkazildi. Tarbiyaviy soatda oʻquvchilarning oʻtayotgan yilda erishgan yutuqlari sarhisob qilindi. Yangi yilga istiqbol rejalar tuzildi. Shu bilan birga Vatanimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar, o'quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ulardan unumli, oqilona hamda to'laqonli foydalanish haqida suhbatlashildi.
#Ogahiy_ijod_maktabi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_va_nurafshon_rejalar
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 6-sinfining bir yillik samarali va salmoqli faoliyatiga oid qisqa
VIDEOROLIK
Sinf rahbari: Yusupova Barno.
Sinf tarbiyachisi: Otayeva Momojon

#SARHISOB
#BAYRAM_SHUKUHI
Men hali jurnalistikaga qadam qo‘yganimga ko'p vaqt bo‘lmadi...
2019-yil jurnalistika fakulteti talabasi sifatida ilk eshitgan so‘zim hayotimda katta maktab bo‘lgan. "Jurnalistikaga o‘qishga kirding" degani bu hali jurnalist bo‘lding degani emas. Haqiqatdan u payti ko'p narsani tushunmasdim.
Balki shuning uchun ham umuman sohamga taalluqli bo‘lmagan yo‘nalishlarda ishlaganman. Toki 2021-yil Otaxon muharririm (Qadamboy Solayev) menga viloyatda yagona sanalgan "Ezgu so‘z" ijtimoiy-ma'rifiy adabiy-badiiy gazetaga muxbirlik qilish taklifini bermaguncha. Shu yilning sentabr-noyabr oyida O’zbekiston Respublika Jurnalistikani rivojlantirish markazi va Germaniyaning DW Akademiyasi bilan hamkorlikda jurnalistika va mediamenejment bo’yicha Oʻzbekistondagi bosma va onlayn nashrlar, TV kanallar va radiostansiyalar jurnalistlari 3 oylik kursga suhbat asosida qabul qilinib, Xorazm viloyati “Ezgu so’z” gazetasi muxbiri sifatida ishtirok qildim. Manashu o‘quv kursdan so‘ng hayotim tubdan o‘zgarib ketdi. Yangi maqsadlar, yangicha dunyoqarash...
Hozirda soham bo‘yicha yangicha innovatsiya yaratmoqdaman. Nasib qilsa eng oxirgi "moliyaviy ta'minot bosqichi" hal bo‘lsa yaqin orada 2022-yil uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan eng ulkan maqsadimga erishgan bo‘laman.
Men hali jurnalistikaga qadam qo‘yganimga ko'p vaqt bo‘lmadi. Maqsadlarim esa juda ko'p🤓
Xorun Muso, Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi
@Ogahiy_ijod_maktabi
@Xorun_Muso

#SHUKUHLI_TADBIR
#SARHISOB
"ISTE'DODLAR MARKAZI"DA YANGI ISTE'DODLAR KASHF QILINDI.
🔰 Joriy yilning 23-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Is'tedodlar markazi" da beshta muhim tashabbusni o‘zida mujassamlashtirgan tom ma'nodagi tarbiyachi-pedagog va to‘garak rahbarlarining hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎼 Tadbir musiqa to‘garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan bir-biridan betakror chiqishlar bilan boshlandi. O‘zgacha fayzli sarhisob tadbirini bosh tarbiyachisi M. Bobojonova va tarbiyachi-pedagog, shoir Xorun Musolar olib bordilar.
🛑 Sinflar kesimida tarbiyachi-pedagoglar M. Bobojonova, M. Otayeva, S. To‘qsonova, G. Jumaniyozova tomonidan tashkil qilingan rus, ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha to‘garak a'zolari she'rlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlar va raqslarni tomoshabinlarga havola qilishdi.
🔻Bundan tashqari iste'dodlarni namoyon qilishga qaratilgan "Nazm gulxani atrofida" va "Tasviriy san'at" to‘garagi rahbarlari M. Karimova va Sh. Ro‘zmetovaning o‘quvchilari tomonidan o‘zgacha chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari T. Qadamov boshchiligida o‘quvchilar taqdim qilgan "Vatanni qo‘riqlashga doim tayyor bo‘l!" nomli sahna chiqishlari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
🔹 Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi B. Bekmatov tomonidan maktabimiz direktori S. Abdullayevga hamkorlikdagi o‘tkazilgan tadbirlar uchun hurmat belgisi sifatida "Ehtirom yorlig'i" topshirildi.
Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eksklyuziv
#5_muhim_tashabbus
#Sarhisob
🔰 Joriy yilning 23-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Is'tedodlar zali" da beshta muhim tashabbusni o‘ziga mujassamlashtirgan tom ma'nodagi tarbiyachi-pedagog va to‘garak rahbarlarining hisobot tadbiri videotaqdimoti.
🖥Videotaqdimotni Ogahiy nomidagi ijod maktabi «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to'garagi rahbari Quriyozov Murodbek tayyorladi.
✅Marhamat, bahramand bo'ling. Sizga manzur bo'lishiga ishonamiz.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing

Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
✅ Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.
2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.
Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.
❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.
✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.
Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.
Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.
Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.
Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.
Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!
Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!
Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri