Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.06K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#OKEAN_ORTIDAN_XUSHXABAR
#XALQARO_ÈTIROF
#RAVSHANBEKOVA_GULMIRA

TECHMIND - 2021
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi
Ravshanbekova Gulmira 2021 yil 6-7 aprel kunlari E-Conference Globe tomonidan tashkil etilgan "TECHMIND-2021 - zamonaviy fan va yutuqlar bo'yicha 3-global anjumanda o'zining "Bir bor varaqlab boq “O’tkan kunlar”ga" maqolasi bilan qatnashganligi hamda
ushbu maqolasi xalqaro anjumanda nashr etilganligi to'g'risida guvohnoma beruvchi SERTIFIKAT bilan TECHMIND - 2021 tomonidan faxr ila mukofotlandi.

Tabriklaymiz, qutlaymiz💐

#Ogahiy_ijod_maktabi
#YANA_BIR_XUSHXABAR
#RAVSHANBEKOVA_GULMIRA
#XALQARO_JURNALDA_MAQOLA

JournalNX

Muallif:
RAVSHANBEKOVA GULMIRA RUSLONBEK QIZIning maqolasi nashr qilinganligi haqidagi Sertifikati
Muallif Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan "Ruhimni shod etay desang, xalq bo'l elim!" mavzusidagi maqolasi nashr qilindi.
Nashriyotchi:" A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal" Journal INX
Tadqiqotlari
ISSN No-2581 - 4230
Impact Factor-7.223

Maqola 4-aprel kuni 2021 yilda 9-jildda, 4-son bo'lib nashr etildi. Ushbu maqola ko'rib chiquvchilar paneli tomonidan texnik tarkib va ​​o'ziga xoslik jihatidan baholangan va talab qilinadigan standartga muvofiq deb topilgan.

Xalqaro e'tirof bilan tabriklaymiz!!!
Parvozing baland bo'lsin
Gulmira!!!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Yangi_kitob_taqdimoti
#Sohir_sòzga_muhabbat
#Ravshanbekova_Gulmira
( 1-qism)
2021-yil 29-aprel kuni Ogahiy ijod maktabi jamoasi yana bir shodiyona kunning guvohi bo‘lishdi. Ijod maktabimizning 9-sinf o’quvchisi
Ravshanbekova Gulmiraning “Sohir so’zga muhabbat” kitobining taqdimoti maktab jamoasi uchun katta bayramga aylandi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Tadbirni maktab direktori S. Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Gulmirani tabriklash uchun Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi boshlig’I Gavhar Ibodullayeva tashrif buyurdilar va o’zlarining samimiy dil izhorlarini bayon etdilar. Gulmiraning keying ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tiladilar. Gavhar opa tomonidan aytilgan quvonchli xabar barchani to’lqinlantirib yubordi, ya’ni Gulmiraning nomzodi ham Zomin seminarining saralash bosqichidan o’tib, Nukus shahrida o’tkaziladigan hududiy tanlovga taklif etilganligi hammaga yanada quvonch lahzalarini in’om etdi. So’z navbati Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi Shoira Shamsga berildi. Gulmiraning she’riy to’plami ushbu ardoqli shoiramizning tahriri ostida nashr qilingan. Shoira Shams ham Gulmiraning she’rlarida yaqqol sezilib turgan Vatanga, ona tilimizga, buyuk insonlarga bo’lgan muhabbatning tahsinlarga loyiq ekanligini e’tirof etdilar. "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov, elimizning taniqli va ardoqli shoiri Otabek Ismoilovlar ham o'quvchilarimiz salohiyatini, iqtidorini juda qadrlashini ta'kidlab, ijod maktabi jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etdilar. Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyaqubova ham Gulmiraning iste’dodiga yuqori baho berib, kelgusi faoliyatida ijodiy parvozlar tiladi. 9-sinf o’quvchilarining dugonalariga samimiy dil izhorlari hamda
Gulmira ijodidan o’qigan she’rlari davraga haqiqiy fayz kiritdi. Tadbirga tashrif buyurgan Gulmiraning oila a’zolari ham ushbu e’tibor va e’tirofdan juda xursand bo’ldilar hamda o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Tadbir so’ngida Gulmira ustozlariga o’z minnatdorchiligini va dil so’zlarini izhor etdi hamda maktab kutubxonasiga o"zining yangi kitobidan bir nechtasini sovg'a qildi. Maktab direktori S. Abdullayev jamoamiz nomidan Gulmiraga esdalik sovg’alarini topshirdi. Ushbu tadbir o’quvchilarimiz uchun juda ko’tarinki motivatsiya baxsh etdi. Albatta, ijod maktabi o’quvchilari orasidan kelajakda juda buyuk qalam egalari yetishib chiqishiga ishonamiz!
Barcha qalamga do’st tutingan ijodkor yoshlarimizga omadlar, zafarlar, yutuqlar tilab qolamiz!
Siz bizning yorqin umidlarga yo’g’rilgan kelajagimizsiz, aziz yoshlar!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#XUSHXABAR
#RAVSHANBEKOVA_GULMIRA
#XALQARO_JURNALDA_MAQOLA

IJIERT

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi
Ravshanbekova Gulmiraning "Vatan, seni ulug'layman, mehrim umrbod!" nomli maqolasi Hindiston davlatida nashr qilinadigan IJIERT xalqaro jurnalida chop qilindi. Ushbu maqola jurnal tahririyati tomonidan texnik tarkib va ​​o'ziga xoslik jihatidan baholangan va talab qilinadigan standartga muvofiq deb topilgan.

Parvozing baland bo'lsin,
Gulmira!

O'quvchilarimizning eng yangi yutuqlari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi