Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim


Qadring baland bo'lsin,
ona tilim!

Jaranglatib Qodiriy bobom
Yozdi senda go'zal asarlar.
Sensiz bizlar bezabon edik,
Yashayvergin asr-asrlar.

Mangu ulug' bo'lgin, jon
tilim,
Onam suti bilan kirgansan.
Alla bo'lib quloqlarimda,
Tan-jonimga o'zing singgansan.

Ne deb suyay seni, jon
tilim,
Qadring baland bo'lsin, oshaver dovon.
Seni e'zozlayman, avaylab-asrab,
Sen borsanki, mangu bor O'zbekiston!


✍️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi Yo'ldoshova Dilrabo.


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim


ONA TILIM

Millatim ko'zgusi sen -
ona tilim,
Sensan Navoiylar jo'shib kuylagan.
Sen haqda so'zlasam, yayraydi dilim,
Farzanding emasdir seni sevmagan.

Ko'hna tariximiz senda mujassam,
Senda yashayotir bugun, kelajak.
Inson bu - lahzalik xotirot asli,
Faqat til qolajak, tarix qolajak.

Sen o'zing erursan mangu sarchashma,
Har bir tomchi zarrang obi hayotdir.
Barhayot yashaysan har bir yurakda,
Milliy til hamisha yurtga qanotdir.

Ona tilim, sensan qalbim gavhari,
Tarix sahnasidan sochasan jarang.
Mitti yuragimga, jajji qalbimga,
Onam allasi-la singigan ohang.

Bobur sog'inchida yig'lading yum-yum,
Belanchagi bo'lding minglab dahoning.
Bir parcha satringni ko'zimga surtgum,
Onasisan minglab turkiy zabonning.

Mangu yashagaysan har bir yurakda,
Tiriklik qanchalar aziz va suyuk,
Mayli, so'zlashayin nemischa, forscha,
Lekin hammasidan o'zingsan buyuk!


Ogahiy ijod maktabining 8-“A” sinf o’quvchisi Amatova Muxlisa


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

O'ZBEKNING TILISAN

Navoiy ilkida uning tilidan,
Mashrab faryodiga singgan tilimsan.
Qalblarga nur sochgan, ko'hna ziyosi,
O'zbekning tilisan, o'zbek tilimsan.

Men uchun sendagi so'zlar tabarruk,
Senda so'zlashuvchi xalqlar tabarruk.
Jahon minbarida yangragan buyuk,
O'zbekning tilisan, o'zbek tilimsan.

Har dilda, har tilda topasan e'zoz,
Xonishlar, kuylarga ulangay xushsoz.
Buyuk ajdodlardan sen bizga meros,
O'zbekning tilisan, o'zbek tilimsan.

Senda bor chiroyga hayrona ochun,
Senga ta'zim etar, turkona ochun.
Bizlarga zaminda yagona tilsim,
O'zbekning tilisan, o'zbek tilimsan.

Sunnatulla Jaloliy
Ogahiy ijod maktabining 9- "B" sinf o‘quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

ONA TILIM

Agar seni xafa qilsalar,
Bu koʼnglimga og'ir botadi.
Dilda senga cheksiz muhabbat,
Nodonlar o’z tilin sotadi.

Mayli, yolg‘iz qolayin, ammo
Sen boʼlmasang, telba boʼlaman.
Ona tilim yashnab, toʼlishgin,
Gar sen soʼlsang, men ham soʼlaman.

Eshitmaslar qalbim nolasin,
Oʼzing dilkash soʼzlaringni ayt.
Koʼmib qoʼydi meni xazonlar,
Ona tilim, bagʼrim uzra qayt.

Borliging-chun yashnaydi olam,
Sen boʼlmasang, qayda ezgulik.
Eshit, Rabbim, dildagi nolam -
Tilimga yor bo’lsin mangulik.

Kim uchundir sen oddiy tilsan,
Menga sening oʼrning boʻlakcha,
Sen ochgansan menga ilk bora
Dunyo sari jajji yo’lakcha.

Sayqallanib doimo
tilim,
Kelajakka qadam tashlaydi.
U dunyoni egallar bir kun,
Jajji qizing shuni istaydi!


Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Baxtiyorova Jasmina


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

Ona tilimga

Saqlab qolmoq uchun seni dunyoda,
O'tdi bu olamdan qancha buyuk zot.
Endi yasha, o'sha odamlar haqqi,
Yasha,
ona tilim, yasha umrbod.

Bo'lsam ham hattoki bir kuni gado,
Barcha yiqqanlarim bo'lsa ham barbod.
Shaksiz, faqat o'zing qolarsan menda,
Yasha,
ona tilim, yasha umrbod.

Madh etib kuyladi seni Navoiy,
Kuyladi Ogahiy, Mashrabday zotlar.
Endi men kuylayin, yurakdan jo'shib,
Yasha,
ona tilim, yasha umrbod.

Mayli sen bo'lmagin jahonning tili,
Lek menda yashaysan toki men hayot.
Faqat yurtim uzra jaranglasang bas,
Yasha,
ona tilim, yasha umrbod.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyev Dadaxon


O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

Ona tilim

Navoiyga ilhom bergan xush zabon,
Senga munosibdir eng oliy maqom,
Sen boqiysan, boqiy boʻlgay bu davron,
Ona tilim, oʻzing jonim, jahonim.

Qancha yillar oʻtdi, qancha asrlar,
Qancha xonlar oʻtdi, qancha nasllar,
Lek hamon hayotsan, yashar asllar,
Asl tariximdan so'zlar kalomim.

Sensiz qanday chiqsin yurakdan soʻzlar,
Sensiz darak bermas dildagi hislar,
Hatto senga tutash mehrli koʻzlar,
Kalimangdan toʻlsin qalbda iymonim.

Sen abad yashagin, sen boqiy yasha,
Yillar qaritmagay asrlar osha,
Dardli kuylarda ham baxt boʻlib yashna,
Erkli qoʻshiqlarga toʻlgin limmo-lim.

Sheʼrim samolarga ulanib ketsin,
Oʻzing qanot boʻlgin, yuksakka yetsin,
To abad oʻziga seni naqsh etsin,
Qalbim ohangiga toʻlgan makonim.

Kuzda toʻkilmaysan sen boʻlib xazon,
Seni kuydirmagay yozgi saraton,
Yomgʻirday toʻkilma misoli marjon,
Sen qishlarda shivirlagan bahorim.

Bilki, tirikdirsan, demak, men hayot,
Yurak nolishiga oʻzingsan najot,
Sen tutqun emassan, hamisha ozod,
Axir bogʻlangan-ku butun hayotim.

She'rlarimga o'zing mohir bastakor,
Tip-tiniq chashmangga qo'nmasin gʻubor,
Sensiz dunyolarning lazzati bekor,
Sen-la musaffodir ijod osmonim.

Sen shunday tilsimsan, oʻzgacha qudrat,
Umring bilmagaydir, bilmagay sarhad,
Qadringga yetmaslar hamisha badbaxt,
Bir bor malham bersang, ketgay ozorim.

Ovozim uchadi bamisli yashin,
Ona tilim, sen-la soʻzlar otashin,
Sheʼrim bugun seni qilmoqda talqin,
Sen-la barhayotdir mening ilhomim.



Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Jumanazarova Hilola


O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Qadring_baland_bòlsin_ona_tilim

Qadring baland bo‘lsin, ey ona tilim!

Sen mening sarhadsiz ilhom dunyoyim,
Kundan kunga ortar senga ixlosim.
Seni sharaflay deb tizaman so'zlar,
Buyuklardan menga buyuk merosim.

Navoiy tilida yangrading o‘zing,
Sen-la "Besh xazina" dongdor olamga.
Ta‘rifingni yoyib, maqtovlar aytay,
Seni malham bilay yurak nolamga.

Hind elida Bobur qoldi firoqda,
Chekdi qancha azob, topmadi qo‘nim.
Sen bilan kuyladi yurtin sog‘inchin,
Ovunch bo‘lding o‘zing unga har doim.

Cho‘lpon-u Qodiriy kurashdi tinmay
Sening erking uchun, o‘zliging uchun.
Qurbon bo‘ldi shunday "xalq dushmanlari",
Axir, ayt, men seni kuylamay nechun?!

Tilimda, dilimda mudom o‘zingsan,
Sen bilan mag‘rurman, biyrondir
tilim.
Senga baxsh etsam kam ming bir qasida,
Sen bilan ijodim bog'lari so‘lim.

Hur o‘zbek qiziman, seni kuylayin,
Jahonda yangrayver, afsona
tilim.
Seni madh etmoqlik men uchun sharaf,
Qadring baland bo‘lsin, ey ona tilim!!!

Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa