#QUTLOV
#GAVHAR_IBODULLAYEVA_60_YOSHDA
#Xorazm
#Biz_Xorazmliklar
#Gavhar_Ibodullayeva
Gavhar Ibodullayeva 1961-yilda tugʻilgan. Xorazm Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. “Qutlugʻ soʻzlar”, “Bir vujud sogʻinch”, “Yuragimda yashayotgan sir” nomli kitoblari chop etilgan. Asarlari “Uch tomir”, “Muborak kunlar”, “Ellik navo”, “Shovot mavjlari”, “Toʻmaris izdoshlari”, “Xorazm ohanglari”, “Onajon”, “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” kabi toʻplamlar, “Oʻzbek adabiyoti antologiyasi” dan oʻrin olgan.
* * *
Faqat koʻzim yashaydi siz-la,
nigohim zimnida
bir suvrat muqim.
Faqat rangim yashaydi siz-la,
qaynoq kaftlaringiz
sogʻinib.
Faqat soʻzim yashaydi siz-la,
har kuni ming bora
ismingiz alqab.
Faqat boʻzim yashaydi siz-la,
kelar yoʻlingizda
ogʻrinib.
Yuragim. Tilagim. Xohish. Irodam.
Orzuim. Armonim. Ohim. Va zorim.
Bari-bari siz bilan birga.
Faqat,
oʻzim yashay olmayman
siz bilan…
* * *
Sevaman deng,
qismat yoʻliga
bu soʻzingiz sadaqa boʻlsin.
Sevaman deng,
maʼshuqa ruhning
shodon boʻlib, qalbi-da toʻlsin.
Sevaman deng,
inomni qalbdan
etagimga tashlang non kabi.
Zoru nolon
ochiqqan qalbning
koʻzi toʻysin, toʻyinsin taʼbi.
Xayr qiling,
bir tomchi suvday
toki, jon vujudga quyilsin.
Sevamang deng,
shafoat eting,
peshonamning shoʻri yuvilsin.
Sevaman deng,
shu zar tilloni
bir chaqaday soling kaftimga.
Soʻnggi nafas,
soʻnggi damgacha
boju xiroj boʻlsin baxtimga.
Sevaman deng, marhamat qiling,
tortiq eting dunyoga ishqni.
Soʻngra haydab
soling mayliga,
soʻngra qaytib ochmang eshikni…
Faqat,
sevaman deng bir bora…
* * *
Hammasi tugadi,
hammasi tamom,
hukmi Haq –
vidoni choʻzib netaman?
Diydamdan dur boʻlib oqar
dunyongiz,
men unga dilimni qoʻyib ketaman!
Hammasi tugadi,
hammasi tamom,
endi naqd sukutning qoʻlin tutaman.
Fikrim – chosh,
koʻzim – yosh,
dilingiz esa tosh,
shu toshga ismimni oʻyib ketaman!
* * *
Sizni sogʻinsam gar,
yuragim
esimga keladi.
Esimga kelsa gar
yuragim,
sogʻina boshlayman oʻzimni.
Oʻzimni sogʻina boshlasam,
siz chiqib kelasiz
qalbim tubidan.
* * *
Buncha soʻroqlaysiz sevasanmi deb,
Sizni sevdim deyish oson ekanmi?
Tillarim uvushsa, jonim uvushsa,
Sevgi dilga botgan sanchiq, tikonmi?
Sizni oʻylar boʻlsam, lahzalar yildek,
Kun-kunim sixlasa, umrim tigʻlasa.
Kiprik qoqolmasam tunlar gʻam bosib,
Kiprigim ustida sogʻinch uxlasa.
Sizga yurar boʻlsam, yoʻlim gullasa,
Ruhimda boshlansa Navroʻz ayyomi.
Dilim oqib ketsa mendan ilgari,
Sevgi qirgʻoq bilmas toshqin daryomi?
Sizni koʻrar boʻlsam, oʻz dunyom abas,
Dilni poralasam, bagʻrimni tilsam.
Mayli, koʻrmasam-da, mayli, yetmasam,
Hajringiz malolin boʻynimga ilsam!
Sizni topar boʻlsam, oʻzni yoʻqotsam,
Jonimga yopirilsa hislar quyuni.
Ilkis dovdirasam, tinsam, tutilsam,
Boshim gangisa bu baxtdan suyunib.
Sizga talpinishdan tolmasa yurak,
Oxiri boʻlmasa bu shirin tushning.
Ayting, nima qilsin, ayting, ne desin,
Zaboni boʻlmasa shoʻrlik bu qushning?
Buncha soʻroqlamang sevasanmi deb,
Sizni sevdim deyish oson ekanmi?..
* * *
Suluv yigit, huv yigit,
Goh masʼum, goh quv yigit,
Umr – oqar suv, yigit,
Qaytmas imkon muborak!
Shahlo koʻzim, yosh koʻzim.
Egildi-ku bosh, koʻzim.
Nechun jimsan, tosh, koʻzim,
Jon oʻrtar on muborak!
Qora sochim, tun sochim,
Goh alif, goh nun sochim,
Bu ne qora kun, sochim,
Zulf parishon muborak!
Xazon koʻnglim, bogʻ koʻnglim,
Goh jarlik, goh togʻ koʻnglim,
Qayon boqsam dogʻ koʻnglim,
Mangu hijron muborak!
Oʻksik bagʻrim, xush bagʻrim,
Qulochi oqqush, bagʻrim,
Bu oʻngmi yo tush, bagʻrim,
Limmo-lim qon muborak!
Chiroyli qiz, goʻzal qiz,
Kulgichlari – gʻazal qiz,
Muhabbat yoʻq, azal, qiz,
Goʻzal armon muborak!…
Chiroyli qiz, goʻzal qiz,
Suluv yigit, h-u-u-u-v yigit!..

👍1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Mukofot_muborak #Qutlov
HILOLA UMAROVA "MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR A'LOCHISI"!
✅Kecha Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
🔹“Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish va Mehribonlik uylari bolalarining o'zlari tarbiyalangan maktablarda mentor bo'lib tayinlanishi uchun yaratilgan imkoniyat hamda ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlash borasidagi olib borilgan ishlari hamda islohotlarni hayotga tadbiq etishda jonbozlik ko'rsatayotgani tufayli e’tirof etildi.
⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Hilola Umarovani yuksak ishonch va mukofot bilan muborakbod etadi.
So'nmas shijoatingiz va kasbga bo'lgan fidoyiligingiz doimo sizga yor bo'lsin!

#XUSHXABAR
#QUTLOV
#VATAN_TARAQQIYOTIGA_MENING_HISSAM_TANLOVI_VILOYAT_BOSQICHI
Mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovi o'tkazilmoqda.
Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega bo'lib, 7-dekabr sanasida Urganch shahridagi Yoshlar Markazida “Adabiyot va publisistika” , “Tasviriy va amaliy san’at” hamda “Maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida bellashuvining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Ogahiy ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Xorun O'rinov (Xorun Muso) va ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Saparboyeva Ziyodalar Xiva shahar bosqichi g'olibi sifatida qatnashdilar.
Yosh shoira Saparboyeva Ziyoda “Adabiyot va publisistika” yo'nalishining "Nazm" turi bo‘yicha faol ishtirok qilib, Sertifikat bilan taqdirlangan bo'lsa, ijod maktabimiz tarbiyachi-pedagogi, shoir Xorun Muso “Adabiyot va publisistika” yo'nalishining "Publitsistika" turida 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi. Ijod maktabimizdan ishtirok etgan har ikkala ijodkorlarimizni salmoqli muvaffaqiyatlari bilan qutlaymiz va Xorun Musoga “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovining Respublika bosqichida ham g'alaba tilaymiz.
#TABRIKLAYMIZ_QUTLAYMIZ

#GAVHAR_IBODULLAYEVA_63_YOSHDA
Gavhar Ibodullayeva 1961-yilda tugʻilgan. Xorazm Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. “Qutlugʻ soʻzlar”, “Bir vujud sogʻinch”, “Yuragimda yashayotgan sir” "Ayol moʻʼjiza-yoxud Vatanning boshlanishi", " Mendan ketayotgan kunlar", "Vatan siyrati", " Oʻzingga meni yor et" nomli kitoblari chop etilgan. Asarlari “Uch tomir”, “Muborak kunlar”, “Ellik navo”, “Shovot mavjlari”, “Toʻmaris izdoshlari”, “Xorazm ohanglari”, “Onajon”, “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” kabi toʻplamlar, “Oʻzbek adabiyoti antologiyasi” va boshqa toʻplamlardan oʻrin olgan.
* * *
Faqat koʻzim yashaydi siz-la,
nigohim zimnida
bir suvrat muqim.
Faqat rangim yashaydi siz-la,
qaynoq kaftlaringiz
sogʻinib.
Faqat soʻzim yashaydi siz-la,
har kuni ming bora
ismingiz alqab.
Faqat boʻzim yashaydi siz-la,
kelar yoʻlingizda
ogʻrinib.
Yuragim. Tilagim. Xohish. Irodam.
Orzuyim. Armonim. Ohim. Va zorim.

❤8👏3👍1
#Xushxabar
#Qutlov
⚡️O‘quvchi yoshlarga ta'lim, tarbiya berish bilan birgalikda, ularga namuna bo‘lib kelayotgan pedagog-ustozlarimizdan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari,👨✈️ leytenant Kadamov Toxirjonga
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 31-maydagi qaroriga binoan ta'sis etilgan 🎖"Vatan tayanchi" harbiy vatanparvarlik harakati emblemasi topshirildi.
👏Jamoamiz nomidan Toxirjonni samimiy tabriklaymiz. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari yo‘lida doimo omad hamrohi bo‘lishiga tilakdoshmiz.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|

👍15👏7🔥2😁2
#QUTLOV
22-mart –Xorazmning ulugʻ farzandi, shoir, nosir va dramaturg, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Erkin Samandar tavallud topgan kun. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi nomidan shoirni ushbu sana bilan muborakbod etib, uzoq umr, salomatlik tilaymiz.
Erkin Samandar 1935-yilning 22-martida Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlogʻida dunyoga kelgan. 1957-yilda viloyat pedagogika institutida, 1967-yilda OʻzFA til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan. Oʻzbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri (1967–1969), adabiy-dramatik eshittirishlar dasturining bosh muharriri (1975–1977), “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri vazifalarida faoliyat koʻrsatgan.
“Amu jilolalari” nomli birinchi sheʼriy toʻplami (1966), “Dunyoning yoshligi” (1968), “Osmon toʻla nur” (1970), “Vafo degan gavhar” (1973), “Mening yigitlik vaqtim” (saylanma, 1979), “Qabul soatlari” (1980), “Sohildagi bolalar” (1982), “Yablonya vo dvore” (Moskva, 1982), “Bahor oqshomlari” (1984), “Shedrost rassveta” (1985), “Sevgi fasllari” (1987), “Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar” (1988), “Sevgi kitobi” (1996), “Va yana bahor” (2010, Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Koʻngil yoshligi” (2010) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. “Osmonning tosh tulpori”, “Oltin sandiq”, “Qoʻshiq izlab”, “Samarqandni oshiqlar qurgan” kabi dostonlari, 100 dan ortiq qoʻshiqlar muallifidir.
Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan “Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq” (roman, 1989), “Tangri qudugʻi” (roman, birinchi kitob 1989), “Quduq tubidan sadolar” (roman, ikkinchi kitob, 1989), “Pahlavon Mahmud Puryorvaliy” (2000), “Sulton Jaloliddin” (roman, 2007), “Quyun yuzlari yoxud Ogahiy” (roman, 2009), “Gʻayb qushlari” (roman, qissa va hikoyalar, 2011) kabi kitoblar muallifi hamdir.
Dramaturg sifatida “Javohir” (musiqali drama, 1984), “Ajdodlar qilichi” (tarixiy drama, 1986), “Jaloliddin Manguberdi” (“Yot hujra”, pyesa, 1988), “Bashorat” (musiqali drama, 1988), “Arabmuhammad” (tarixiy drama, 1992), “Dilda borim” (musiqali komediya, 2012) kabi sahna asarlarini yozdi. “Avaz Oʻtar”, “Madraim Sheroziy”, “Ming otlilar diyori”, “Ogahiy qoʻlini olgan rais”, “Xiva”, “Qum sayli” kabi hujjatli-publitsistik filmlar yaratdi, koʻplab esselar yozdi.
Xorazm viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Dilda borim” (2012 ) va “Jaloliddin Manguberdi” (2019) spektakllari sahnalashtirilgan.
Milliy adabiyotimiz va jurnalistikani rivojlantirishdagi samarali hissasi uchun Vatanimizning oliy mukofotlari-
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” (1990) unvoni va “Doʻstlik”(2015) ordeniga sazovor boʻlgan.
@Yoz_uyushmasi_Xorazm_viloyati

👍5