Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Ogahiy ijod dargohi

Qadim Xiva muqaddas makon,
Ilm-u ziyo izlab oʻtadi har on.
Olislarga tikar shoir nigohin,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Tarixlar òtdilar oqib yelkanday,
Oģriqlar kaftimga kirar tikanday.
Ijoddan tòlģondi shoir xobgohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Shoir, tarjimon, tarixchi, mirob u,
She'r ilmida, sòz sehrida serob u.
Har she'rida elning dardi-yu ohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

Asarlarin òrganamiz mehr berib,
Ummonida kezamiz durlarin terib.
Oʻzi she'riyatining oftobi-mohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.

: Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-b sinf òquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Publisistika

Barhayot
Ogahiy

Katta tarixga ega boʻlgan Xorazmning Xiva shahrida Ichan qalʼaga yaqin boʻlgan Qiyot qishlogʻida (hozirgi Ogahiy nomli jamoa xoʻjaligi) bugungi kunda koʻplab ishlar olib borilmoqda.
Bu maskan bizlarga tanish 2-Navoiy boʻlmish Ogahiy tugʻilgan makon. Ogahiy 1809- yilning 17-dekabr sanasida tugʻilgan. Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy - XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri boʻlib, Navoiydan keyin eng "koʻp" va "xoʻp" sheʼr bitgan shoirlardandir. Otasi Erniyozbek vafotidan soʻng, Ogahiyni amakisi boʻlmish Munis oʻz tarbiyasiga oladi. Ogahiy, birinchi taʼlimni ham amakisidan oladi. Keyinchalik Xiva madrasalarida tahsil koʻradi. Munis vafotidan soʻng Xiva xoni Olloqulixon (1825- 1842) Ogahiyni miroblik vazifasiga tayinlaydi. U lavozim vazifalari yuzasidan koʻp joylarga boradi. Dehqonlarning, hunarmandlarning ogʻir ahvollariga guvoh boʻladi va Ogahiyga bu hol qattiq taʼsir koʻrsatadi. Uning maktab chogʻlarida bayoz tuzganligi har bir oʻquvchi yuragida katta taassurot uygʻotadi. Ogahiy hayotini oʻrganish jarayonida, uning dunyoga, insonga tuganmas muhabbat, hayotga cheksiz mehr bilan qarashi, ijtimoiy jarayonlarga qattiq qiziqishini bilib olamiz.
Sobiq sovetlar davrida Ogahiy hayoti kam o'rganilgan mavzulardan biri bo'lib, uning adabiy merosiga haqqoniy baho berilmadi. Shu sababli ham Ogahiyning betakror xazinasidan xalqimiz to'liq bahra olish imkoniyatidan mosuvo edi. Bu katta eʼtiborsizliklar natijasida Ogahiy deyarli unutilayozgandi. Shu sababli ham koʻpchilik shoir-yozuvchilar,  jumladan Matnazar Abdulhakim Ogahiy ijodini o'rganish va targ'ib qilishda oʻzlarining beqiyos hissalarini qoʻshdilar.
Buyuk bobomiz yashagan maskan hozirda uy-muzeyga aylangan. Shuningdek, hududda Ogahiy nomidagi ijod  maktabi ham ochildi. Bu maktabda oʻquvchilar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.


: Rustamova Sabrina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Ogahiy merosi bebaho xazina

Gavdalanar kōzim oldida,
Tarixshunos, davlat arbobi.
Kitoblarin ōqib ōrgansak, kim
Katta hayot har bitta bobi.

Buyuk shoir she'r-ōgitlari,
Qalbim ichra porlaydi mudom.
Shoir, olim hattoki mirob,
Elparvardir Ogahiy bobom.

Bu dunyoda aslo topilmas,
Asarlari ta'rif qiyosi.
Gōyoki bebaho xazina,
Ma'rifat-u nuri, ziyosi.

Nomlariga atalib mana,
Ochilibdi ilmlar koni.
Unda ōqib bizdek yosh avlod,
Lol qoldirgay bir kun dunyoni.

Buyukligi, ijodi bilan,
Yuraklarda porlagay boqiy.
Tarixnavis, olim-u shoir,
Uluğvordir bobom Ogahiy.

Derazamdan qarasam agar,
Kōrinadi bobom ekkan tut.
Asrlarni surib orqaga,
Buyuk shoir bōlmaydi unut.

: Rustamova Nigina,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Publisistika

    IKKINCHI NAVOIY
Ogahiy bobomizning tarixini titkilasak undan buyuk bir hayot kechinmasini topishimiz aniq. Ogahiy bobomiz 1809-yil 17-dekabr kuni tarixga boy Xiva shahri yaqinidagi  Qiyot qishlogʻida mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasasida tahsil oladi. Arab, fors va turk tillarini mukammal darajada oʻrganadi. Xorazmning buyuk adabiyotshunoslari suhbatida ishtirok etadi va oʻz bilimini yanada mustahkamlab oladi va boyitadi. U oʻz davrida mohir shoir, tarixnavis sifatida e'zoz topadi. Ogahiy bobomiz yuksak zehnli, ilmga chanqoq va kamtarin boʻlgani uchun uni hukmdor Olloqulixon amakisi Munisning o'rniga mirob etib tayinlaydi. Uning ''Ustina,, radifli gʻazali oʻz davrining yuksak mahorat bilan yozilgan gʻazallaridan biri edi. Ogahiy bobomiz oʻz gʻazallarining chuqur mazmuniy ifodasini ramziy timsollar orqali aks ettirgan. Ogahiy bobomiz nafaqat  gʻazalnavis, balki mohir tarjimon ham bo'lgan. Uni adabiyotda ijodining ko'lami jihatidan ''Ikkinchi Navoiy,, sifatida qadrlaymiz, e'zozlaymiz. Hozirda Ogahiy bobomiz nomi ostida ijod maktabi barpo etilgan, istiqomat qilgan uyi esa uy muzeyiga aylantirilgan. Xulosa o‘rnida shuni aytishim lozimki, biz yoshlar Ogahiy bobomizga munosib izdosh bo'lib, uning nomini dunyoga tanitishimiz lozim.

: Tòliboyeva Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf òquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Buyuk bobom-Ogahiy

Ulug' Ogahiy bobom,
So'z gulshanin chirog'i.
Shoir, arbob, tarjimon,
Xiva yurtin mirobi.

Asarlari xazina,
Qalblarimiz ziyosi.
Tarix yozish ishida,
Uning yoqdir qiyosi.

Buyuk Ogahiy bobom-
Adabiyot quyoshi.
Sheʼriyat boʻstonida
Biz-bobomning izdoshi.

Merosini o'rgansak,
Boʻlar bobom ruhi shod.
Yuksaklarga yetamiz,
O'qisak biz yosh avlod.

Tarixnavis olim u,
O'zbegimning faxri u.
Hissa qo'shdi tarixga,
Bobomning xazinasi.

Yurtim ilm mash'ali
Yogʻdu sochdi olamga,
Oʻchmagaydir dilimda,
Bobom yoqqan alanga.

: Ramanova Gulbonu,
Ogahiy ijod maktabining 7-A sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO
OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

🔰 Dekabr oyining 16-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyondasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 213 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🟠 Tadbir maktabimizning iste‘dodli o‘quvchilari ijrosidagi musiqiy guldasta bilan boshlandi.Tadbirni Xiva shahar hokim o‘rinbosari Jaloladdin Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

🔵 Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limidan bir guruh ijodkorlar, Urganch davlat pedagogika institutidan professor o‘qituvchilari, Xiva shahar hokimligi xodimlari tashrif buyurishdi.

🟣 Tadbirda o‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal ash'orlar ijro qilindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.Ogahiyning tarixiy asarlari va tarjimalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

🔻Iste'dodli o‘quvchilar tomonidan shoir she'rlarining ingliz tiliga mahorat bilan qilingan tarjimalari tadbir qatnashchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari Saparbayeva Ziyoda va Ravshanbekova Gulmiralar Ogahiy ijodi yuzasidan o‘z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.

🔘 Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi Shoira Shams va shoira Bikanazarlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi.Tadbir so‘nggida Ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova Ogahiyning yangi topilgan qo‘lyozma asarlari haqida gapirib, tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

Ushbu adabiy tadbir jarayonidan 📸foto lavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Adabiy_tadbir

MUHAMMAD RIZO
OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI.

Ushbu adabiy tadbir jarayonidan 📸 foto lavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Asrlardan oʻzgan bobom

Ikki yuz o'n uch yil oldin, moziydan,
Bebaho gavharday asil asarlar.
Bobom kalomlari yashar abadiy,
Go'yo Ogahiy dur, dengiz asarlar.

"Riyoz ud-davla"da xonlik tarixi,
Tugatgan Munisning "Firdavs iqbol"in.
"Tarixlar qaymog'i", "Gulshani davlat",
Tarixlar anglatar yurt istiqbolin.

Mohirona qilib tabdil tarjima,
Mirxondning "Ravzat us-safo"sin.
Turkiy tilga oʻgirdilar forsiydan,
Durbeknig "Yusuf-u Zulayho"sin.

Donishmand, buyuk zotning bitiklari,
Maʼrifat ummoniga eltar hamon.
Ogahiy yashaydi qalbimda manim,
Bobomiz birla oshamiz zamon!

: Aminboyeva Nafisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda


🔰1809- yil 17- dekabr Xorazm adabiy muhitining ulkan namoyandasi, serqirra isteʼdod sohibi - ulkan shoir, taniqli muarrix, mahoratli tarjimon, davlat hamda jamoat arbobi Muhammadrizo Ogahiy tavallud topgan kun.

🔻Bu ulugʻ kun bilan
Ogahiy ijod maktabining butun jamoasini, shuningdek, yurtimizdagi barcha adabiyot ixlosmandlarini qutlaymiz!

🔘 Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin!!!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi

Ogahiy bobom

Ikki asr avval Xivada,
Tuģilgandi jajji chaqaloq.
Ota kasbin davom ettirib,
Ulģayganda bóldi bosh mirob.

Bu Ogahiy bobomdir mening,
Tarixnavis, mohir tarjimon.
Bizga qoldirgan asarlari,
Yóllarimiz yoritar hamon.

Qurilgandir uning nomiga,
Xivada bir bilim maskani.
Bu yerda bilim olgan yoshlar,
Bólar yurtning aziz insoni

Munisning davomchisi u,
Tugatgan "Firdavs-ul iqbol"ni.
"Ta'viz ul-oshiqin" devoni,
Sheʼriyat ahlining tumori.

: Sultonnazarova Sarobibi,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda

📆 Buyuk shoir, mohir tarjimon va tarixchi, davlat arbobi, yurtdoshimiz Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 213 yilligi munosabati bilan Xorazm telekanalining "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy ijod maktab-internati o'qituvchisi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova va shu maktab o'quvchilari Dilaso'z Baxtiyorova, Sarvinoz Hakimova va Mirjalol Rahimberganovlar o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

🖥 Marhamat, ko‘rsatuvni tomosha qiling.

🌐 Telegram | Facebook