Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Oʻquv_seminar
#Yangi_baholash_tizimi

🔸Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida" 2023-yil 16-avgustdagi 248-son hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2023-yil 18-avgustdagi 90-AF-son buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida

joriy yilning 19-22-avgust kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan maktablarga biriktirilgan trener-o‘qituvchilar"  uchun
seminar-treninglar tashkil etiladi.

Hozirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining bir guruh pedagog-ustozlari Toshkent shahridagi jarayonlarda faol ishtirok qilishmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#oʻquv_seminar

⚡️LABORATORIYA JIHOZLARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA OʻQUV-SEMINAR

🤩Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.

Mazkur seminar Agentlikning masʼul xodimlari, Fan kengashi aʼzolari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilib, mavzular tizimdagi barcha maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra tanlab olingan.

Oʻquv-seminar davomida ishtirokchilarning laboratoriya jihozlaridan toʻgʻri foydalanish malakalari oshirilmoqda. Murakkab mavzularda amaliy darslar bilan o‘qituvchilarga metodik yordam berilib, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan videodarslar orqali o‘qituvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish koʻnikmalari mustahkamlanmoqda.

Oʻquv seminari 15-noyabrga qadar barcha hududlar kesimida olib boriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan loyiha doirasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha videodarslar tayyorlanib, respublikadagi barcha oʻquvchi va oʻqituvchilar foydalanishlari uchun Youtube platformasiga joylab borilmoqda.

Videodarslarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish mumkin:

Fizika fan kengashi YouTube kanali;
Kimyo fan kengashi YouTube kanali;
Biologiya fan kengashi YouTube kanali.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM