Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#MANGU_TIMSOLLAR
#JARAYON

14-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zalida" o‘zidan o‘chmas va o‘lmas meros qoldirgan Zahiriddin Muhammad Bobur va Xorazmda tog'lar o‘rnini bosuvchi buyuk zotlari borligini o‘z hikmatlarida qoldirgan O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludi munosabati bilan "Mangu timsollar" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xiva shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi kapitani Allaberganov Ilhom va mas'ul xodimlar tashrif buyurdi. Bobur hayoti bo‘yicha Filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova o‘quvchilarga ma'lumotlar berib o‘tdi. Shundan so'ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan sahna chiqishlari namoyish etildi. Tadbirni boshqarib borgan shoir va jurnalist Otabek Ismoil Omon Matjonning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida gapirib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir yakunida Ogahiy ijod maktabi tomonidan tayyorlangan "video roliklar" taqdim etildi.


Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍5🔥1