Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Bizning_ijod
#Drabbl
#Kichik_hikoyalar

Abadiy gullar

- Oyi, qarang! Bu yerda shuncha insonlarning ismi bor ekan. Bular kimlar?
- Urushdan qaytmagan abadiy gullar.



Xona

- Nega bu xonani yomon ko‘rasan?
- Chunki bu xona mening ilk va so‘nggi o‘g‘irligimga guvoh bo‘lgan.



Soat

Devordagi soatning chiqillashi Jamshidning joniga tegdi. U narvonni olib kelib, devordagi soatni sug‘urib olishga harakat qila boshladi. Birdan qo‘li sirpanib ketdi. Jamshidning boshiga tushib ketgan og‘ir soat hali ham sovuq tana ustida chiqillardi.



Etik

Etigim bo‘lmaganligi uchun muz ustida turgancha akam bilan bir etik sabab janjallasha boshladik. Birdan muz yorilib ketdi. Endi akam ham, etik ham yo‘q.


Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-“A” sinf o‘quvchisi Qodirberganova Madina

🌐 O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda👇

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Bizning_ijod
#Drabbl
#Kichik_hikoyalar

Soat


Soat o‘n beshta kam uch. Havo ochiq. Ko‘chada mashina urib ketgan mushuk bolasi jon talvasasida to‘lg‘onib yotardi. Atrofdagi odamlardan najot kutardi. Tevarakda odamlar ko‘p, ammo bironta kishi unga yordam berishni lozim topmadi.
Keyingi kun. Soat o‘n beshta kam uch. Sayr qilishga chiqsam, mushuk o‘lib qolibdi.



Etik

Urush yillari edi. Akam shu ketgancha xabar yubormadi. Bir haftalardan keyin kelgan xatda yozilgandi: “Yelkamdan o‘q yedim, ammo hozir yaxshiman. Shu yaqin kunlarda borib qolaman”. Onam xatni ko‘rib yig‘lab yubordi. Men esa do‘kondan akam qachonlardir kiyishni orzu qilgan g‘archillama etikni olib kelib qo‘ydim. Hali ham o‘sha yangiligicha turgan etik o‘z egasini kutyapti.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-“A” sinf o‘quvchisi Qo‘ziyeva Diana

🌐 O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda👇

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Bizning_ijod
#Drabbl
#Kichik_hikoyalar

Abadiy gullar


Bola gullarga tikilib turdi va xayol qildi.
- Bog‘bonning gul o‘stirishdan boshqa ishi yo‘qmikan? –dedi.
- Bu bog‘bonning sevimli ishi. U uchun bu gullar abadiydir, - dedi oyisidan so‘raganida.



Xona

Xona jimjit edi. U xonaga hech kim kirmasdi. U yerga ishchilar kirganidan keyin hamma kiradigan bo‘ldi.



Soat

Soat millari to‘xtamaydi. Soat millarini orqaga qaytarsa bo‘ladi. Ammo vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Bunda soatning hech qanday aybi yo‘q.



Etik

U etikni har doim kiyardi. U bilan yerni tepar, hamma yerga kiyib borardi. Biroq uni bir marta bo‘lsa ham, tozalamasdi. Etik esa barchasiga sabr etardi.


Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-“A” sinf o‘quvchisi Egamyorova Sevinchoy

🌐 O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda👇

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌