Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumining 2-kunida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi. Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o'qituvchilari Aksana Xadjaniyazova va Sarvarbek Sharipovlar ham faol ishtirok etdilar.

Forumning amaliyotga bag’ishlangan qismida Agentlik tizimidagi maktablarning mahalliy va xorijlik o’qituvchilari hamda Vestminster xalqaro universiteti o’qituvchilari tomonidan ta’limning dolzarb masalalari va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodika bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun_yakuni

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

📌Konsertda O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.
#Ikkinchi_kun
#Ijodiy_imtihon_tekshirish_jarayoni

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan imtihonning birinchi bosqichi yakuniga yetdi.

🗒 Topshirilgan ijodiy ishlarni tekshirish, baholash ishlari davom etyapti.

📝 Ijodiy ishlar agentlik hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan Xorazm viloyati bo‘limi xodimlari boshchiligida tasdiqlangan hakamlar hay'ati tomonidan shaffof va xolisona baholanmoqda.

🔎 Tekshirish jarayonida nizom talablari va me'yorlariga amal qilinmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Agentlikning Nukus shahridan ancha olis hududlarda joylashgan Ellikqalʼa, Beruniy hamda Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube