Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.06K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida maktabimizda institut O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


🔹 Joriy yilning 19-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida mahorat darsini UrDPI oʻzbek va rus tili adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Gulnoza Sapayeva olib bordi. Darsda Frans Kafkaning "Evrilish" hikoyasi tahlili bo'lib o'tdi. Dars davomida hikoya haqida suhbatlashildi
.

Mahorat darsida Frans Kafka ijodi va hayoti haqida ma'lumotlar berildi. Darsni yanada qiziqarli qilish maqsadida turli metodlardan foydalanildi, savol-javoblar tashkil etildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
4👍1👏1
#Xushxabar
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik        

⚡️Ijod maktabida OTM kafedralari boʻlinmalari ochildi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Urganch davlat universitetlari mas'ullari oʻrtasida o'zaro muloqotlar boʻlib oʻtdi. 


Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining  2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotlarda hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, amaliy ishlar belgilab olindi.

Muloqotlar yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va TDSHU oʻrtasida qo'shma qaror, UrDU bilan qo'shma buyruq imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida TDSHUning “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’linmasi, UrDUning "O'zbek tili va adabiyoti" hamda "Roman-German filologiyasi" kafedralarining filiallari tashkil etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
👏73🥰3👍2😢2
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

Aprel oyining 29- sanasida Ogahiy ijod maktabining 10-"B" sinf oʻquvchilari bilan birgalikda Urganch davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti Gʻayipova Hulkar Qoʻziboyevnaning ""Xorazm adabiy muhiti"(mustaqillik davri vakillari ijodidan)" mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.


✴️ Dars davomida Xorazm adabiy muhitida taniqli boʻlgan yozuvchi va shoirlar toʻgʻrisida bilimlar berib borildi. Jumladan, oʻtkir qalam egasi boʻlmish Matnazar Abdulhakim ijodi haqida saboqlar berildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍9
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


Ogahiy ijod maktabining 9-"B" sinf oʻquvchilari bilan birgalikda Urganch davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari dotsenti Otaxonova Venera Rajabovnaning Ahmad A'zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.


✴️ Dars davomida yozuvchining hikoyasi muhokama qilindi, uning ijodiy merosi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

🌈 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍3👏3🥰1😁1
#hamkorlik

Ogahiy ijod maktabi bitiruvchilari universitetda...

Joriy yilning 17-may kuni Ogahiy ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Zafarbek Yuldashev universitetimizda mavjud shart-sharoitlar, talaba-yoshlarning bilim egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o'quv xonalari, dars jarayonlari yuzasidan ma'lumotlar berib, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirdi.

📌Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlik aloqalari muntazam davom qilmoqda.

https://t.iss.one/UrDU_Filologiya_Matbuot_xizmati
👍32🥰2👏1
#mahorat_darslari
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida maktabimizda institut O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

🔹Joriy yilning 24-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilariga mahorat darsini UrDPI oʻzbek va rus tili adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari Qodirova Guli, Muhammedova Sumbul va Ruzmetova Dilfuzalar olib bordi. Darsda Xurshid Doʻstmuhammadning  "Jajman" hikoyasi tahlili bo'lib o'tdi. Dars davomida  hikoya haqida suhbatlashildi.

📚 Mahorat darsida Xurshid Doʻstmuhammad ijodi va hayoti haqida ma'lumotlar berildi. Darsni yanada qiziqarli qilish maqsadida turli metodlardan foydalanildi, savol-javoblar tashkil etildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
5🔥4👍3😢2
#Hamkorlik
#Chavandozlik

🗓 Joriy yilning 25-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Xorazm viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasining Chavandozlar maktabi xodimlari ishtirokida mahorat darslari boʻlib oʻtdi.


➡️ Mashg‘ulot davomida maktabning 11-sinflar oʻquvchilariga ot sporti haqida yaqindan tanishib, amaliyot jarayonida otni boshqarishni mashq qildilar.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
4👍4
#hamkorlik
#jarayon

🗓 Joriy yilning 20-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilariga Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchisi polkovnik A. Yarmatov tashrif buyurdi.

Davra suhbatida vatanparvarlik hamda "Vatan tayanchi" targʻibotini olib bordilar. Muloqot jarayonida turli savollar bilan o‘quvchilarning vatanimiz sarhadlari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌
👍4🔥1
#viloyat_kutubxona
#hamkorlik
#qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori  ijrosini amalga oshirish maqsadida Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Ogahiy nomidagi ijod maktabining kutubxonachisi Gulnora Qurbonova boshchiligida o‘quvchilar tashrif buyurdi.


📚 Zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirishni maqsad qilgan yoshlarni markazimizning Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va rakamlashtirish xizmati rahbari Usmon Xasanov skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash jarayoni bilan tanishtirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌
🔥51👏1
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#mahorat_darsi
#hamkorlik

🗓 Joriy yilning 23-yanvar sanasida Xorazm viloyat teleradiokanali va Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan belgilangan reja jadvalga ko‘ra hamkorlikda "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.


📺 Mahorat darsida televedinya xodimlari mahoratli rejissyor Sh. Rajabov va montaj ustasi R. Sapayev tomonidan "Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti" mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib bordilar.

🔸Mashg‘ulotdan so‘ng, maktabning tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso va o‘quvchilar televedinya binosidagi tele va radio efir maxsus xonalari, ko‘rsatuvlarni montaj jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍51🔥1
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


Ogahiy ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan birgalikda Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Hikmat Yusupov tomonidan Ulug‘bek Hamdamning "Muvozanat" asari tahlili mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.


✴️ Dars davomida yozuvchining asari muhokama qilindi, uning adabiyotshunoslikda qilayotgan samarali faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
8🎉2
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


➡️ Joriy yilning 17-mart kuni UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d. S.Sariyev tomonidan o‘quvchilarga "O‘zbek folklorida xalq dostonlarining o‘rni" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Ushbu darsda xalq dostonchligiga asos solgan baxshilar hayotidan va faoliyatidan misollar keltirildi. O‘quvchilar tomonidan mavzuga oid savollar berildi.
👍52👏2
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining oʻquvchilariga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Bekposhsha Rahimova tomonidan "Modern va postmodernizm oqimiga mansub asarlarning o‘ziga xosligi" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Ushbu mahorat darsida modernizm va postmodernizm haqida umumiy tushuncha berilib, shu oqimda yaratilgan I.Sultonning "Boqiy darbadar", U.Hamdamning"Yolg‘izlik" asarlari qisqacha tahlil etildi va o‘zbek adabiyoti zamonaviy sheʼriyatidan baʼzi sheʼrlar muhokama qilindi. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi.
4👍2🔥2
#hamkorlik

🛑 Adolat SDP Xiva tuman Kengashi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda "Taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakillantirish" mavzusida maktab oʻquvchilari oʻrtasida chellenj oʻtkazildi.

➡️ Chellenjda o‘quvchilar turli soha vakillari sifatida rol ijro qilgan holda korrupsiya holatlarini yuzaga kelishi va uning oldini olishga qaratilgan sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.
3
#Japan_Digital_University
#Hamkorlik

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida


🎓 Japan Digital Universtiyning xodimlari L.Bobojonov, S.Parpiyev va I.Turayev tashrif buyurdilar hamda 10-11-sinf o'quvchilarga universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.

➡️ Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
10👍3
#Tanlov
#Hamkorlik

🏢 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 1-apreldagi PQ–147-son qarorining 5-qism “a” bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan “Muhammad Rizo Ogahiy ijodi bilimdoni” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

🔘 Joriy yilning 14-may sanasida ushbu maktabida tahsil olayotgan 9-10-sinflar ishtirok qildilar. 1-bosqich saralash bosqichi bo‘lib, unda ishtirokchilar shoir hayoti va ijodiga oid beriladigan jami 25 ta test savollariga javob berish topshirig‘i berildi.

Ishtirokchilar testlarni 25 daqiqa, ya’ni har test savoliga 1 daqiqadan vaqt belgilanadi.

🔎Test savollariga eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan 15 nafar ishtirokchilar tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
1-bosqich yakunlariga ko‘ra keyingi bosqichga o‘tadigan o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, ularning barchasi keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.


➡️ Ertaga 2-bosqichda ishtirokchilar “Muhammad Rizo Ogahiy ijodi mening tasavvurimda” deb nomlangan insholar tanlovida bellashadilar.

Tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – I darajali diplom;
2-o‘rin – II darajali diplom;
3-o‘rin – III darajali diplom;
Bundan tashqari, tanlovda faol ishtirok etib, ijobiy taassurot qoldirgan, lekin g‘olib bo‘la olmagan 1 nafar ishtirokchilar ham “Eng namunali ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi deb topiladi hamda sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
2🥰1
#Tanlov
#Hamkorlik

🔘 Joriy yilning 14-may sanasida ushbu maktabida tahsil olayotgan 9-10-sinflar o‘rtasida “Muhammad Rizo Ogahiy ijodi bilimdoni” ko‘rik-tanlovidan foto lavhalar.
👍2🥰21
#Hamkorlik

🏢 Joriy yilning 17-may sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan bir guruh universitet xodimlari Talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish bo'limi boshlig'i Abdazimov Javlon va Amaliyot va
hamkorlik bo'limi boshlig'i Maxatov Sirojiddinlar bilan birgalikda Ogahiy nomidagi ijod maktabining bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔸Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan universitet faoliyati yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi. Uchrashuv o‘zaro savol-javob tarzida o‘tdi.


➡️ Shundan so‘ng yaqindagina 9-10-sinflar o‘rtasida o‘tkazigan “Muhammad Rizo Ogahiy ijodi bilimdoni” ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

2-bosqichli tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇-o‘rin 10-"B" sinf o‘quvchisi Aminboyeva Nafisa
🥈-o‘rin 10-"B" sinf o‘quvchisi To‘liboyeva Mohinur
🥉-o‘rin 10-"A" sinf o‘quvchisi Shomurodova Maftunalar g‘olib deb topildi.


Tanlov hakamlari tomonidan

9-"A" sinf o‘quvchisi Bardiyeva Ruxshona
“Eng namunali ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi deb topiladi. Barcha g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👏2
#Hamkorlik
#Taqdirlash_marosimi

🏢 Joriy yilning 17-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan bir guruh universitet xodimlari bilan uchrashuv va hamkorlikda o‘tkazilgan tanlovning taqdirlash marosimi jarayonidan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
🥰31