Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.06K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Direktor_kubogi_2021_ĝolib_jamoasi_aniqlandi
#Voleybol_sport_turi

Ogahiy ijod maktabida sport va sogʻlomlashtirish tadbirlari doirasida yangi loyihaga start berilganidan xabardorsiz. Kuni kecha maktab oʻquvchilari oʻrtasida "
Direktor kubogi" uchun bellashuvlar davom ettirildi. Sportning voleybol turi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda barcha sinflar faollik bilan ishtirok etdi. Murosasiz kechgan musobaqalarda jamoalar "Direktor kubogi" uchun bahs olib bordilar. Nihoyat finalda 9-"A" va 10-sinfning jamoalari kurashida 9-"A" sinfi jamoasi gʻolib boʻldi va "Direktor kubogi" 9-"A" sinf komandasiga nasib qildi. "Direktor kubogi" ni topshirish marosimi qiziqarli chiqishlar, qutlovlarga boy boʻldi.
Sport oʻyinlarining boshqa turlari boʻyicha ham "
Direktor kubogi" bellashuvlari davom etadi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi