Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Abu Ali ibn Sino maktabi
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

❗️Hurmatli oʻquvchilar!

Boburiylar davlati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan "Bobur kabi seving Vatanni!" shiori ostida 4-fevraldan 12-fevralga qadar chellenj eʼlon qilinadi.

⬇️ Chellenjda ishtirok etishni istaganlar quyidagi yo‘nalishlarda ijodiy ishlarini yuborishlari mumkin:

▶️ "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida audio yoki video she’r;
▶️ "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida ijtimoiy rolik;
▶️ "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida ijodiy ishlangan rasm.

📌 Ijodiy ishlaringizni quyidag havola orqali yuborishingiz mumkin.Belgilangan vaqtdan keyin yuborilgan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

🎁🎁🎁 Chellenj gʻoliblari munosib sovgʻalar bilan taqdirlanadilar !

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Alisher_Navoiy_583

📆 9-fevral –Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!


MEHR KO‘P KO‘RGUZDUM, AMMO...


Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
                                    ✍️ A. Navoiy


➡️ Ushbu g‘azal Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari tomonidan o‘qilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍17👏4👌3🥰1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Alisher_Navoiy_583

📆 9-fevral –Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

NAVOIY BOBOMGA

She'r muallifi: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍133👏1😁1
#Ogahiy_haftaligi
#chellenj

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan "Ogahiyning mangu merosi" shiori ostida
chellenj e'lon qiladi.

Barchangizni ushbu chellenjda ishtirok etish uchun faollikka chorlaymiz!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#chellenj

📜 Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan Filologiya va sanʼat fakulteti dekani, f.f.d., professor Dilshodbek Gʻayipov boshlab berdi
.

📣Barchangizni ushbu chellenjda ishtirok etish uchun faollikka chorlaymiz!
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#chellenj

📜 Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan Filologiya va sanʼat fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti, f.f.n. Is'haqjon Ismailov
davom ettirdi.

📣Barchangizni ushbu chellenjda ishtirok etish uchun faollikka chorlaymiz!
👍2
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#chellenj

Taxayyul tuhfasi

Naqshinkor darvoza qoshida turib,
Xayollar shiddati mahv etdi, Yo Rab.
Ana, biron mahram kelmoqda yurib,
Qopqa zanjirlari ketar sharaqlab…

Ichkarilayman-u, lolman- hayratda:
”Nahot, moziydaman“, - Hazrat oshyoni…
Fayzli bir xonadon, ham hashamatda,
Shuarolar jam bo‘lgan bog‘li ayvoni…

Davra o‘rtasida basavlat bir zot,
Chehrasida ziyo, lutfi xushzabon,
Ko‘klamga do‘nganday xushnuddir Qiyot,
She’r ahlin olqishlar: koinot, osmon…

So‘zlar Navoiyga mengzalgan siymo,
Qalbimda jo‘sh urar hissi ilohiy…
Tahsinlar yog‘ilar; ”Bale“,”Sallamno“,
Ash’or zavqin yo‘llar – Hazrat Ogahiy!

”Firdavs ul –iqbol“ning shavqimikin bu?
”Ravzat us- safo“ning qudrati yoxud?
”Taviz ul-oshiqin“ ishq bayti – mangu,
Feruzni aylagan – baxtiyor, ma’sud.

Mushoira galin oldi muridlar,
Ustod tavozu-la, chetga o‘tdilar.
Nogoh men tomonga boqib –muzaffar,
Ajab, hayratimga shodlik eltdilar:

”She’r-u shuur sehriga oshiq el ichra,
Kezaman, hamisha xushnud va masrur.
Avlodimga meros har bayt, har misra-
”Fayz-u nishot-u aysh“ aylagay zuhur.

Biling, muqaddasdur bu ko‘hna zamin,
Sizga duo,yurtga tilimda tahsin:
”Ilohi, har kuning Navro‘z bo‘lsin,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsin.“

Taxayyul tuhfasi shod etdi behad:
Ogahiy dillarda yashar toabad.
Naqshinkor darvoza qoshida turib,
Xayollar shiddati mahv etdi, Yo Rab…

: Zuhra Atajonova,
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#chellenj
#Shovot_IMI

📜 Muhammad Rizo Ogahiy        "Ustina" g‘azali

  🎤  Zuhra Atajonova
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


📣Barchangizni ushbu chellenjda ishtirok etish uchun faollikka chorlaymiz!


🌐 Telegram | Facebook
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj
#Yangibozor_IMI
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi

📜 Muhammad Rizo Ogahiy "Ko'ring" g‘azali

Ul yuzi gul nigorning mehri jamolini ko‘ring,
Mehri jamoli ustida ikki hilolini ko‘ring.

Ikki hilolini ko‘rub qonmasa mehringiz agar,
Safhayi orazi uza nuqtayi xolini ko‘ring.

Nuqtayi xolini ko‘rub sabr eta olmas ersangiz,
Husnu jamoli bog‘ida qaddi niholini ko‘ring.

Qaddi niholini ko‘rub ko‘nglungiz etmasa qaror,
Jon ko‘zi birla boqibon la’li zilolini ko‘ring.

La’li zilolini ko‘rub joningiz etsa iztirob,
Chorai holingiz uchun shahd maqolini ko‘ring.

Shahd maqolini ko‘rub topmasa chora holingiz,
Nuktaga lab ochar chog‘i g‘unju dalolini ko‘ring.

G‘unju dalolini ko‘rub istasangiz murodi dil,
Ogahiydek quchub belin ayshi kamolini ko‘ring.


🎤 YANGIBOZOR tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 8-sinf o'quvchilari

🌐 Telegram | Facebook
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_day
#chellenj

Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlanadi

"BO‘LDUM SANGA"


: Alisher Navoiy
🎙: O‘qidi: Saparboyeva Madina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍83😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_day
#chellenj

Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko‘rmadim?!
Ko‘rguzib yuz mehr, ming dard-u balosin ko‘rmadim?!

Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig‘a,
Har tarafdin yuz tuman tig‘i jafosin ko‘rmadim?!


💠 Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari tomonidan hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍51🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_day
#chellenj

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlanadi.


"SOCHINING SAVDOSI"

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo‘ldi ro‘zg'orim ul qaro qoshdin yana.
..


: Zahiriddin Muhammad Bobur
🎙: O‘qidi: Saparboyeva Madina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_day
#chellenj

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.  

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.


💠 Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik.

🎬 Ushbu rolik «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to‘garak rahbari Quriyozov Murodbek tomonidan tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
👍8🔥5👏1🤩1