Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#5_tashabbus_amalda
#Ogahiy_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachisi Zaripova Chinnigul rahbarligida 25-fevral kuni 7-"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida ,,Bir haftada bir kitobʼʼ loyihasi boʻlib oʻtdi. Bu loyiha doirasida Madrimova Feruza Janni Rodarining ,,Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatidaʼʼ sarguzasht asarini, Rahmonova Zaxro Artur Konan Doylning ,,Yoʻqolgan dunyo romanining 1-qismini, Otaboyeva Mumtozxon Abdulla Qodiriyning ,,Mehrobdan chayonʼʼ romanini taqdimot qildilar. Oʻquvchilar asarni mohiyatiga tushunmagan joylarini o'zaro savol-javob qilish orqali tushunib oldilar. O'quvchilarimiz bu loyiha yordamida Oʻzbek va jahon adabiyoti durdona asarlarini oʻqib, bilim va dunyoqarashlarini yanada kengaytirib bormoqdalar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#HAMKORLIKDAGI_TÒGARAKLAR
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB

25-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng 9-"A" sinf o'quvchilari Milliy Gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Kamondan o'q otish" to'garagiga qatnashdilar. Maktabning ochiq sport majmuasida kamondan o'q otish mashqini Jumanazarova Shoxruza, Jumaniyozova Sarvinoz, Bahodirova Zarina, Bahodirova Komila, Bunyodova Parizodalar juda yaxshi bajarishga erishdilar.
So'ngra hamkorlikdagi "Chavandozlik" to'garagiga ham faol qatnashib, o'quvchilar otda yurish ko'nikmasini hosil qildilar. Jarayon davomida Milliy gvardiyaning qo'riqchi itlari bilan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. It egasi bergan barcha topshiriqlarni puxta bajardi. O'quvchilar uning harakatlaridan hayratda qolishdi.
2- tushlikdan so'ng sinfda "Kitobxonlik va mutolaa soati" bo'ldi.
Unda Bahodirova Komila Chingiz Aytmatovning " Yuzma- yuz" qissasini taqdimot qilib berdi. Asarning bosh qahramoni Saida va Ismoillarning hayoti, asarning mohiyati va ahamiyati haqida gapirdi. O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB

4-mart kuni Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchilari bilan kechki paytda tarbiyachi pedagog H.Allayorov rahbarligida kitobxonlik kechasi bo'lib o'tdi. Bu safar o'quvchilar Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asari tahlilini aytib berdilar. Bugungi kitobxonlikda Rustamova Sabrina, Matnazarova Dinora, Qadamova Bashorat, Yoqubov Sardorbek, Muhammadjonov Jo'shqinbek va Rahmonberganov Mirjalollar faol qatnashishdi. Ular asardan olgan kerakli xulosalarini bilan o'rtoqlashdilar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"А" sinfida "Kitobxonlik va mutolaa soati"da Bahtiyorova Dilaso'z dastlab O'tkir Hoshimovning "Nur borki, soya bor" romani haqida to'xtalib o'tdi. Romanning bosh qahramoni jurnalist Sherzodning ziddiyatlarga to'la hayoti haqida mushohada yuritdi. Shundan so'ng atoqli shoira Halima Xudoyberdiyevaning "Saylanma" to'plamidan Bahodirova Mushtariybonu o'zining yod olgan she'rlarini o'qib bergan bo'lsa, Bunyodova Parizodabonu Onur Qoplonning "Alfido"asaridan olgan taassurotlari haqida so'zlab berdi. Kitobxonlik soati qizg'in, munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Ogahiy_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusini keng targʻib qilish maqsadida 8-aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Bir haftada bir kitob" loyihasi oʻtkazildi. Unda 8-"A" sinf oʻquvchilari Gʻafur Gʻulomning "Shum bola" asarini mutolaa qilishdan olgan taassurotlarini muhokama qildilar. Oʻquvchilar Shum bolaning sarguzashtlarini so'zlab berish bilan birga, asarda tasvirlangan davr va shu davr mohiyatini ziyraklik bilan ochib berishga harakat qildilar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#bir_haftada_bir_kitob
#tarbiyaviy_soat

15-aprel, juma kuni - Ogahiy ijod maktabida "Ma'naviyat kuni". Shu munosabat bilan ijod maktabida an'anaviy ravishda ko'plab loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, maktabimizning 8 -"B" sinfida "
Bir haftada - bir kitob" loyihasi doirasida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Xalq bo'l, elim" she'riy to'plami bo'yicha sinf o'quvchilari o'rtasida mushoira va fikrlar bahsi bo'lib o'tdi. Qisqa tanaffusdan keyin, o'quvchilar tarbiyaviy soatda turli psixologik o'yinlar o'tkazishdi. Xulosa qilib aytganda bu galgi ma'naviyat kun haqiqiy ma'noda madaniyat va ma'rifat kuni bo'ldi.

✍️Jahongir Baxtiyorov,
Ogahiy ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi, sinf matbuot bo'limi rahbari


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB
#JARAYON

📚 ABDULLA ORIPOV ASARI TAHLIL QILINDI


🔰 Aprel oyining 29-sanasida Ogahiy ijod maktabida barcha tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "BIR HAFTADA BIR KITOB" loyihasi o‘tkazildi. Loyiha doirasida Abdulla Oripovning "JANNATGA YO'L" asari bilan o‘quvchilar tanishib chiqishdi.

📖 Mutolaa jarayonida o'quvchilarimiz "JANNATGA YO'L" asari video postanovkasini tomosha qilishdi.

🔻 Ushbu asar mazmuni bilan tanishish jarayonida o'quvchilarimiz o'zaro mushohadali bahslar olib borishdi. Bu asar bilan tanishish vaqtida Onani ulug'lash hamda uning mehrini qanchalik e'zozlashlari kerakligini barcha o'quvchilarimiz bilib olishdi.

🔹 "JANNATGA YO'L" asarini o'qish jarayonida o'quvchilarimiz o'z onalari bilan o'tkazgan damlarini eslashdi. Asarni to'liq o'qimaganlar esa o'z oldlariga ushbu asarni :"Albatta to'liqligicha o'qib chiqaman" degan maqsadni qo'yib olishdi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB
#JARAYON

📚 YOZUVCHILAR ASARLARI TAHLIL QILINDI


🔰 May oyining 6-sanasida Ogahiy ijod maktabida barcha tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "BIR HAFTADA BIR KITOB" loyihasi o‘tkazildi. Loyiha doirasida o‘quvchilar tomonidan asarlar tahlil qilindi.

🔻 KITOB azal-azaldan insonlarga eng sodiq do'st sifatida KITOB insonlar qalbiga orom bag'ishlovchi omil hisoblanadi. O'quvchilar kitobning hayotimizdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirishdi. Har bir o'quvchi o'zining o'zbek va jahon adabiyotidagi eng sevimli asarlari haqida gapirib berdi.

🔹Kitobxon o‘quvchilarga keyingi hafta o‘qiladigan kitob tarbiyachi-pedagoglar tomonidan topshiriq qilib berildi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Noyabr oyining 25-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Iste'dodlar zali"da "Bir haftada bir kitob" loyihasining navbatdagi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

📖 Bellashuvda 8-9-sinf o‘quvchilari "Alpomish" va "Ravshan" dostoni doirasida savol-javob asosida ishtirok etishdi.

📚 "Alpomish" dostoni bo‘yicha 9-A va 9-B sinf o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
"Ravshan" dostoni bo‘yicha 8-A va 8-B sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi.

🔻"Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asarlari – "Kuntug‘mish" va "Rustamxon" dostonlari etib belgilandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Fevral oyining 10-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu safargi bellashuv shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 560 yilligiga bag'ishlandi.

📖 Bellashuvda 9-"A"sinfining "Ziyo" jamoasi va 9-"B" sinfining "Boburiylar" jamoalari o'rtasida P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani bo‘yicha 5 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Tanishtiruv", "Asar sharhi", "Asar qahramonlari", "Tezkor savol-javob","Erkin shart" bo‘yicha bellashdilar.

Murosasiz kechgan bahsda 9-"B" sinfing "Boburiylar" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🔻"Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asarlari – "Alpomish" va "Rustamxon" dostonlari etib belgilandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Sentabr oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "
Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

📖 Bellashuvda 7-8 sinf jamoalari o'rtasida O‘.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo‘yicha 4 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Tanishtiruv", "Asardan olgan taassurotlarim", "Iste'dodingni namoyon qil", "Tezkor savol-javob" shartlari bo‘yicha bellashdilar.

➡️ Murosasiz kechgan bellashuv hammaga birdek manzur bo‘ldi.

🔻"
Bir haftada bir kitob" loyihasining keyingi asari – "Alpomish" dostoni etib belgilandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Ayni_damda

Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Bir haftada bir kitob" loyihasi 7-8-9 sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
#Bir_haftada_bir_kitob
#Ayni_damda

2-SHART

ASAR QAHRAMONLARI
#Bir_haftada_bir_kitob
#Ayni_damda

3-SHART
TEZKOR SAVOL-JAVOB
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

🔰Oktabr oyining 13-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zali"da "
Bir haftada bir kitob" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova boshqarib bordi.

📖 Bellashuvda 7-8-9 sinf o‘quvchilari jamoalari
"Alpomish" dostoni ,"Xalq og‘zaki ijodi" durdonalari , Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asari bo‘yicha 3 ta shart asosida o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚 Ishtirokchilar o‘zaro "Asar sharhi", "Asar qahramonlari", "Tezkor savol-javob" bo‘yicha bellashdilar.

Murosasiz kechgan bahsda jamoalar o‘z bilimlarini namoyon qila oldilar. Bellashuv yakunida maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev kitobxon o‘quvchilarga omad tilab, keyingi bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda barchaga omad tiladi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bir_haftada_bir_kitob
#Jarayon

📍Yanvar oyining 24-sanasida Ogahiy ijod maktabining  tarbiyachi-pedagoglari tomonidan "Bir haftada bir kitob" loyihasi o'tkazildi.

📖 Bu hafta uchun taniqli adibimiz Shuhratning "Oltin zanglamas" va Sa'dulla Quronovning "Galaktikada 1 kun" asarlar tahlil qilindi.


➡️ O‘quvchilar shu asarlar doirasida o'z fikrlarini do'stlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

🔰Joriy yilning 5-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Bir haftada - bir kitob" loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi.
Loyihaning bu galgi soni 7-8-9-sinflar hamda 10-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

📚7-"B" sinf D.Defoning "Robinzon Kruzo", 7-"A" sinf H.Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" asarlari, 8-"A" sinf A.Qodiriyning "Mehrobdan chayon", 8-"B" sinf "Ravshan" xalq dostonidan, 9-"A" sinf Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" , 9-"B" sinf T.Malikning "Alvido, bolalik", 10--"A" sinf S.Ahmadning "Qorakoʻz Majnun" asarlaridan quyidagi shartlar bo‘yicha:
1. "Asar haqida taqdimot"
2. "Men sevgan ideal qahramon"
3. "Tezkor savol-javob"
o‘zaro bellashdilar.
Hakamlar hay'atining natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – 7-"B" hamda 8-"B sinf (10 ball har ikkala sinf);
2-o‘rin – 10-"A" sinf (8 ball);
3-o‘rin – 9-"A" hamda 9-"B" sinf (7 ball) egalladilar.


Tadbir yakunida maktab direktori S.Abdullayev o'quvchilar ishtirokini yuqori baholadi va g'olib sinf o'quvchilariga esdalik sovg'alari, shuningdek, yosh shoir Jontemir ijodiga bag'ishlangan tanlovda faol ishtirok etgan o'quvchilarga shoirning o'z dastxatini yozib yuborgan kitoblari tantanali topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi_loyihasi
#Bir_haftada_bir_kitob

🔰Joriy yilning 5-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Bir haftada - bir kitob" loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi.

Jarayondan fotolavhalar 👆

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram