#ASSALOM_NAVRÒZ
#BAYRAM_TADBIRI
Joriy yilning 18-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zalida" zaminimizga kirib kelayotgan "Navro'z ayyomi" munosabati bilan o‘tkazilgan "Har kuning bo‘lsin Navro'z!" nomli bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayramga maktabimiz o‘quvchilarining har bir sinfi o‘zlarining alohida chiqishlari, urf-odat, qadriyatlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan sahna ko‘rinishlari bilan davraga haqiqiy bayramona shukuhni baxsh etishdi. Qolaversa, musiqa to‘garak rahbarlari tomonidan tayyorlangan "ZARB"," OHANGARON" va bir qator guruhlarining chiqishlari, kuy-navolari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Bayram tadbirida Xorazm estradasining yorqin vakillari Ortiqboy Davletov, Ravshanbek Matniyozov o‘quvchilarimizga o‘zlarining raqsbop qo‘shiqlari bilan bayramona tilaklarini hadya qilishdi. Tadbir yakunida maktabimiz direktori Sarvar Abdullayev barchaga o‘z bayram tabrikini bildirib, yaqindagina
"Yangi O‘zbekiston - dillarda doston" nomli jamoa to‘plamida she'rlari chop qilingan bir qator o‘quvchilarimizni samimiy qutlab o‘tdi. So'ngra, bu yil Ogahiy ijod maktabiga kirish va o'qish orzusida bo'lgan, bayram tadbiriga onasi bilan Xonqa tumanidan kelgan, tumandagi 38-son maktab 6-sinf o'quvchisi Nurmamatova Oygulga so'z berilib, u o'z ijod namunasini taqdim qildi. Shundan so'ng O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari Quvondiq Hakimov joriy yil o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 9-"B" sinf o‘quvchisi Bahodirova Mushtariybonu va 8-"A" sinf o‘quvchisi Ibragimova Farangizlarga "Planshet" telefonlarini tantanali tarzda topshirdi.
Bayramona tarzda tashkil etilgan tadbir barchada unutilmas, ancha yillarga tatigulik xotiralarga boy tarzda o‘tdi. Shu fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni Navro'z ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod qilamiz.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot