Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.06K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Ĝalaba
#Yil_sardori
#Yòllanma
#Òquvchilarimiz_viloyat_bosqichida

XXl-asrning 21-yilidagi 21-aprel kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabida Respublika "Yil sardori" tanlovining Xiva shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda shahar maktablaridan tashrif buyurgan o'quvchilar belgilangan Nizom asosida 4 ta shart bo'yicha bellashishdi. Tanlov murosasiz, jo'shqin, qizg'in ruhda bo'lib, unda maktab sardorlari faol ishtirok etishdi. Nufuzli hakamlar hayati a'zolari xulosasiga ko'ra, "Yoshlar ittifoqi" sardorlari o'rtasida Ogahiy ijod maktabi bosh sardori, 8-sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu, "Kamalak sardorlari" o'zaro bellashuvida esa Ogahiy ijod maktabi 6-sinf o'quvchisi Jumaboeva Nilufarlar "Yil sardori tanlovi" shahar bosqichi g'oliblari deb e'lon qilindilar va bu bilan tanlovning Xorazm viloyati bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. "Yil sardori" tanlovining Xiva shahar bosqichida shunigdek, 17-son, 15-son, 7-son, 11-sonli maktablarning sardorlari faol ishrirok erishdi va sovrindorlar safidan joy oldilar. Ko'rik-tanlov yakunida Yoshlar ittifoqi Xiva shahar kengashi raisi N.Ismoilov barcha sardorlarga munosib ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi, g'oliblar hamda sovrindorlarni muborakbod qilib, ularga Diplom va estalik sovg'alarini, shunigdek, Ogahiy ijod maktabi ma'muriyatiga Tashakkurnoma topshirdi.

Tabriklaymiz_qutlaymiz!!!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Xushxabar
#Ĝalaba
#Yil_sardori
#Respublika_bosqichiga_yòllanma

2021-yilning 24-aprel kuni Urganch shahridagi viloyat "Yoshlar Markazi"da Respublika "Yil sardori" tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda viloyatimiz shahar va tumanlari bosqichlarida g'olib bo'lgan bir-biridan zukko, lider o'quvchilar qatnashib, belgilangan Nizom asosida 4 ta shart bo'yicha bellashishdi. Unda "Yil sardori" tanlovi Xiva shahar bosqichi g'oliblari bo'lgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi o'quvchilari - 8-sinf o'quvchisi, maktab bosh sardori shijoatli Bahodirova Mushtariybonu va maktab "Kamalak" sardori, 6-sinf o'quvchisi ijodkor Jumaboeva Nilufarlar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Tanlov murosasiz, jo'shqin, qizg'in ruhda bo'lib o'tdi. Nufuzli hakamlar hayati a'zolari xulosasiga ko'ra, " Ittifoq sardori" yo'nalishida Bahodirova Mushtariybonu birinchi o'ringa loyiq deb topildi va RESPUBLIKA bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Kamalak sardorlari" o'zaro bellashuvida esa Jumaboeva Nilufar munosib ishtirok etib, yuqori natijalardan birini qayd qildi.
Aziz dilbandlarimiz Mushtariybonu va Nilufarxonlarni, ularni ustozlari va ota-onalarini g'oliblik hamda muvaffaqiyatli ishtirok uchun shodiyona muborakbod qilamiz. Mushtariybonuga "Yil sardori" tanlovining Respublika bosqichida ham omad, muvaffaqiyat, g'alabalar tilaymiz.

Tabriklaymiz_qutlaymiz!!!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#OQ_YÒL
#ĜALABA_YOR_BÒLSIN

🚇Bugun, 21-may kuni Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchilari Tillayeva Charosxon, Matchonova Charosxon, Omonova O'giljonlar ustozlari va sinf rahbari, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyozova rahbarligida mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahriga yo'l oldilar.

💢Ular Prezident ta'lim muassasalari agentligi va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Ma'naviyat va ma'rifat telekanalidagi intellektual bellashuvi "Bilim doirasida" ko'rsatuvining navbatdagi sonida ishtirok etadilar.

Dilbandlarimizga yo'llari bexatar bo'lishligini, omad va muvaffaqiyatlar hamda go'zal taassurotlar bilan bag'rimizga qaytib kelishlarini tilab qolamiz.


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍15