Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.06K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#YANA_BIR_XUSHXABAR
#YOSH_KITOBXON
#RESPUBLIKA_BOSQICHI
#JAVOHIR_KARIMOV
#ĜOLIBLAR_UCHLIGIDA

Aziz do'stlar.
Nihoyat, Toshkent shahrida 3 kun davom etgan "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining 10-14 yosh toifasida yakuniy final bosqichi natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o'g'li kuchli uchlikdan o'rin olib, g'olib bo'ldi. Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qilgan yosh kitobxonimiz faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi va 15 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadigan bo'ldi.
Aytish joizki, ushbu tanlovda bu yil respublikamiz bo'yicha 300 mingga yaqin kitobsevarlar ariza topshirgan bo'lib, yakuniy bosqichga 3 ta yosh toifasi bo'yicha 42 nafar kitobxonlar etib kelgan edi.
Yana shuni iftixor bilan ta'kidlaymizki, Javohir Karimov Respublika bosqichida bo'lib o'tgan beshta shartning uchtasida eng yuqori ballarni qo'lga kiritdi va boshqa ikkita shartida ham munosib natijalarni qayd qildi.
Javohirni, ota-onasini, Ogahiy ijod maktabi jamoasini ushbu ulkan g'alaba bilan muborakbod qilamiz. Biz Karimov Javohirni keyingi yillarda albatta birinchi o'rinni olishiga ishonamiz.
JAVOHIR - BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ!!!

#OGAHIY_IJOD_MAKTABI