#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
Bahor keldi seni so‘roqlab....
(Zulfiyaxonimga)
Toshkentlardan esgan shabboda,
Boychechaklar taqib yeladi.
Quyosh kulib menga saboda,
Bahor yaqin deb eslatadi.
Qiyg‘os gullar o‘rik shoxida,
Bir bolakay varrak tortadi.
Qadam bossam ajib bog‘larda,
Mayin ifor har yon sochadi.
Atrof bo‘lgan go‘zal chamanzor,
Har go‘shada bahor isi bor.
Tomchilagan yomg‘ir ham sekin,
Dilga taskin beradi sokin.
Bahor sochar o‘z tarovatin,
Bir pariro‘y, go‘zal ayoldan...
O‘rganibdi undan vafoni,
Hatto hayo, hamda iboni.
Shundan erur gulg‘unchalar ham,
Uyalibon yuzin ocharmish.
Yon atrofga ohista qarab,
Zulfiyasin izlab boqarmish.
Telba dunyo kezib zaminni,
Zulfiyadek yorin kutarmish.
Sadoqatdan yaralib olam,
Mahzun kuylar yurak ezarmish.
U o‘zbegim go‘zal ayoli,
Qalblardagi mangu olovi.
Har bir bosgan izi bir hikmat,
Asarlari durdan-da qimmat.
Bo‘g‘zidagi hasrat bir olam,
U ham bo‘lsa topgani alam.
Dardiga bor birgina malham,
Yolg‘iz sirdosh, do‘stidir qalam.
Har bir ungan kurtak kutadi,
Yomg‘irlar ham yog‘adi asta.
Bahor sog‘inch bilan keladi,
Qo‘llarida gullari dasta.
U o‘z nomin zarvaraqlarga
Bitib ketgan asl shoira.
Mangu bahor timsoli bo‘lib,
Yashayverar doim Zulfiya.
✍: Ro‘zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
Zulfiyaxonimga....
O‘zbek ayolining go‘zal siymosi,
O'zida jam qilgan ibo-hayosi.
Har bir so'zida bor bir olam ma'no,
Ash'orlarin borday nafis dunyosi.
Go‘yo tushlarimda qilaman suhbat,
Hayot yo'llaringiz menga bir ibrat.
Har bir she'rlarimni siz-la tahrirlab,
Hayolan olaman kuch va matonat.
Nomingiz hech qachon o'chmas dillardan,
Hamon barhayotsiz she'rlarimizda.
Chuqur joy olgansiz abad qalblardan
Qizlaringiz sizga doim ta'zimda!
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Bunyodova Parizodabonu

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
💎 " O'tgan umrimga "
✍️ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Baxtiyorova Jasmina o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Baxtiyorova Jasmina
****
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
💎 " O'tgan umrimga "
✍ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Bunyodova Parizodabonu o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Bunyodova Parizodabonu
****
Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
💎 " O'tgan umrimga "
✍ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Bunyodova Parizodabonu o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Bunyodova Parizodabonu
****
Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
💎 " Salom, tansiq bahor! "
✍ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi Rahimova Sarobibi o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Rahimova Sarobibi

💎 " Bahor "
✍ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi San'atbekova Barchinoy o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi San'atbekova Barchinoy

🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi O‘razmetova Gulsevar o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi O‘razmetova Gulsevar.

#Maqola
Oʻzbegim Zulfiyasi
Havas-la boqamiz bir dunyo orzu,
Umidlar bilan biz siz bosgan izga.
Nomingiz nomiga qoʻshmoq ushbu kun,
Eng ulugʻ orzudir bunda har qizga.
Taniqli va iqtidorli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yilning 1-mart sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Shoira yorqin rassom, oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan mehnatkash. Sharq ayollarining jamiyatdagi teng huquqi uchun kurashgan haqiqiy ayol. Shoira ayni kamolga yetgan davrda urush boshlandi. Shunday ogʻir vaziyat boʻlishiga qaramasdan serqirra ijodkor qalamni qoʻlidan qoʻymadi. Urush paytlarida "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) kabi toʻplamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu toʻplamdagi sheʼrlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va gʻalabaga ishonch, yorga sadoqat ruhida yaratilgani bilan xarakterlidir. Shoira "Oʻylar" va "Shalola" kabi sheʼriy toʻplamlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan(1970).
Zulfiyaxonim oʻttizdan ziyod sheʼriy va nasriy kitoblar muallifi. Badiiy ijod sohasidagi xizmatlari uchun Davlat mukofoti, 1968-yil Javoharlal Neru nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlanadi. Tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro "Nilufar" mukofotiga sazovor boʻldi(1970).
Zulfiyaning oʻn beshga yaqin majmualari rus tilida chop etilgan. Shuningdek asarlari rus, ingliz, nemis, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, boshqird kabi bir qancha tillarga tarjima qilingan. Vera Inber, Lesya Ukrainka, Marvarid Dilboziy, Amirta Pritam, Lermontov ijodini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiyaning betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va eʼzozga erishdi. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib 1999- yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Shuningdek 2017-yilda ochilgan Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon ijod maktabi qad rostladi va hozirgacha Zulfiyaxonimning ishlari izdoshlari tomonidan davom ettirilmoqda.
✍Ogahiy ijod maktabi 7-"B" sinf oʻquvchisi Rustamova Sabrina
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

O'zbegim Zulfiyasi
O'zida sadoqat timsolini mujassam etgan Zulfiya Isroilova 1915-yilning ilk bahor kunida Toshkentda tavallud topdi. U xotin-qizlar bilim yurtida o'qib yurgan vaqtlaridayoq adabiy to'garaklarga qatnashib, she'rlar mashq qiladi. She'riyat biror bir kasb yoki hunar emas. Shunday ekan Zulfiyaxonimni ham tug'ma istedod sohibasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Zulfiya Isroilovaning boshqa shoirlardan farqli tarafi shundaki, u nimagadir ishonib yashadi. Shuning o'zi katta gap edi. Agar hayotni faqat sinovlardan iborat deb bilsangiz haqiqatdan ham sinovga to'la hayotda yashaysiz. O'zingizga nimani ravo ko'rsangiz o'sha bo'ladi. Zulfiyaning hayotining ayni kamolga yetgan davrlari urush vaqtiga to'g'ri keldi. Turmush o'rtog'i Hamid Olimjon ham vafot etadi. Ikki farzand bilan yolg'iz ayolning boshiga ne-ne kunlar tushadi. To o'zingizda tartib o'rnata olmas ekansiz, tashqaridan shodlik izlash behuda.Tashqari sizni tezda zeriktiradi va yana yig'ishtirilmagan o'sha uyingizga qaytasiz.Tartibni o'zingizdan , o'z ichki dunyoyingizdan boshlang. Zulfiyaxonimda biz shuni ko'rishimiz mumkin. Taqdirning qilgan o'yinlariga qaramasdan o'zini tartibga sola bildi. Nafaqat hayotda , balki she'riyatda ham o'z o'rnini topdi. Albatta, barcha tunlar tongga eltadi. Go'zal va betakror she'rlari tufayli u "Nilufar", "Javoharlal Neru" mukofotlariga sazovor bo'ldi. U ko'pincha bahor, xijron, vatan, tinchlik, inoq-ahillik kabi mavzularda barakali ijod qildi:
Sahnaga chiqardi sipo va vazmin,
Chinor ham, nihol ham she'r chamanida.
Keksa-yu yosh, ota-yu farzandday yaqin,
Yonma-yon do'stlikning bu bayramida.
Sharqning ham buzilmas odatlari bor,
Hindlar udumiga qilamiz amal.

💎 " Bahor kedi seni so'roqlab "
✍ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Jasmina o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Baxtiyorova Jasmina.
****
Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
💎 " Bahor kedi seni so'roqlab "
✍ Zulfiya Isroilova
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Jasmina o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Baxtiyorova Jasmina.
****
Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
O'g'irlamang qalamim bir kun.
"O'g'irlayman qalaming bir kun!
Hazilingiz ko'chirdi jonim.
Naq yaroqsiz qolarday bugun
Sirqiradi tole, imonim"
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Meni qilmang bemor-u xasta.
Bilingizkim, she'rlar bitishga
O'zim emas, qalbim payvasta.
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Usiz menman holsiz, madorsiz.
Qalamimni olsangiz yulib
Osilgayman go'yoki dorsiz.
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Usiz uchar mening baxt qushim.
Usiz qolsam telbalardekman,
Ovchi quvgan jayronday hushim.
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Xayolda ham qilmangiz jur'at.
Qog'ozimga qalamlarim va
Qalamga men eng sodiq xilqat
Qalamimsiz menga yo'q oftob,
Butun kunim, kunduzlarim tun.
Tushib yotar bo'lsa nogahon
Tursin. Olmang qalamim bir kun.
Usiz qo'lim ololmas yulib,
Yulduzlarning turfa-turfasin.
Undan o'zga ocholmas sira
Yuragimning nafis pardasin.
Istasangiz oling borimni,
Umrimni ham berayin qo'shib.
Ammo bir kun o'g'irlab bekor
Yurak pardam qo'ymangiz teshib.
Ey tushlarim, siz ham qo'ying tinch,
Endi sira izlamang uni.
Sizni qalam yonida ko'rib
Men berkitib qo'ydim shu kuni.
O'g'irlamang yolg'iz qalamim,
Bu qaddimni qilmang sira xam.
Men Kolumb yo Najmiddin emas,
Emasdurman Tohir Malik ham.
Men Muqanna singari bo'lib
Otolmasman olovga o'zim.
Lek tuhfadir ona xalqimga
Butun qalbim, she'rim, dil so'zim.
Sizga bo'lsin she'rim armug'on.
Baxtingizni olay qalamga.
Tanti dehqon, ey ona xalqim
Dovrug'ingni yoyay olamga.
Ijod mehri va qalamimni
Yolvoraman qo'ying o'zimga.
Usiz qolsam o'ldi deb meni
Qora tuproq torting yuzimga.
O'g'irlamang qalamim bir kun...
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi Amatova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
O'g'irlamang qalamim bir kun.
"O'g'irlayman qalaming bir kun!
Hazilingiz ko'chirdi jonim.
Naq yaroqsiz qolarday bugun
Sirqiradi tole, imonim"
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Meni qilmang bemor-u xasta.
Bilingizkim, she'rlar bitishga
O'zim emas, qalbim payvasta.
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Usiz menman holsiz, madorsiz.
Qalamimni olsangiz yulib
Osilgayman go'yoki dorsiz.
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Usiz uchar mening baxt qushim.
Usiz qolsam telbalardekman,
Ovchi quvgan jayronday hushim.
O'g'irlamang qalamim bir kun,
Xayolda ham qilmangiz jur'at.
Qog'ozimga qalamlarim va
Qalamga men eng sodiq xilqat
Qalamimsiz menga yo'q oftob,
Butun kunim, kunduzlarim tun.
Tushib yotar bo'lsa nogahon
Tursin. Olmang qalamim bir kun.
Usiz qo'lim ololmas yulib,
Yulduzlarning turfa-turfasin.
Undan o'zga ocholmas sira
Yuragimning nafis pardasin.
Istasangiz oling borimni,
Umrimni ham berayin qo'shib.
Ammo bir kun o'g'irlab bekor
Yurak pardam qo'ymangiz teshib.
Ey tushlarim, siz ham qo'ying tinch,
Endi sira izlamang uni.
Sizni qalam yonida ko'rib
Men berkitib qo'ydim shu kuni.
O'g'irlamang yolg'iz qalamim,
Bu qaddimni qilmang sira xam.
Men Kolumb yo Najmiddin emas,
Emasdurman Tohir Malik ham.
Men Muqanna singari bo'lib
Otolmasman olovga o'zim.
Lek tuhfadir ona xalqimga
Butun qalbim, she'rim, dil so'zim.
Sizga bo'lsin she'rim armug'on.
Baxtingizni olay qalamga.
Tanti dehqon, ey ona xalqim
Dovrug'ingni yoyay olamga.
Ijod mehri va qalamimni
Yolvoraman qo'ying o'zimga.
Usiz qolsam o'ldi deb meni
Qora tuproq torting yuzimga.
O'g'irlamang qalamim bir kun...
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi Amatova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
✍Hamid Olimjon
🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi Jahongir Baxtiyorov o'qidi.
🖥 Videorolik muallifi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi, "Veb dizayn" to'garagi a'zosi Sardor Otanazarov.

Hayot mavjlari
Hayot varaqlarin ko‘zdan kechirib,
Qalbdagi g‘uborlar barin o‘chirib,
Sadoqat, oqibat malikasini,
Topdim o‘zbegimning Zulfiyasini.
Nazm bog‘imdagi bulbulimdirsiz,
Ezgulikka tashna qalbim quvonchi.
Mung‘aymagan umr bog‘bonidirsiz,
Izdoshlar ishongan o‘tli suyanchi.
Otashin qalblarga ko‘chgan chaqinsiz,
Nafis gullardayin qalbga yaqinsiz.
Gul-u rayhonlarning iforlariday,
Bahorga burkangan mangu qo‘shiqsiz.
Chinor o‘z sabrini berganmi sizga?,
Matonat timsoli tilda dostonsiz.
Eng yorqin va jo‘shqin tuyg‘ular bilan,
Qalblarni mavh etgan yuksak dovonsiz.
Yana bahor keldi, sizni so‘roqlab,
Biroz sukut ichra o‘ylanib oldim.
Sizni so‘roqlaydi intiq yuraklar,
Men yosh nihol bo‘lib armonda qoldim.
O‘chmas timsolingiz hech tildan qo‘ymay,
Nazm gulshaniga men kirib qoldim.
Endi ko‘ngil uza olmay bu bog‘dan,
She'riyat bo‘stoni ichra yo‘l oldim.
✍ Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mohichehra Qadamova
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Telegram kanal: 👇

Men o‘tgan umrimga
(Zulfiyaxonim she'riga nazira)
Hayot yo‘llaringiz behos varaqlab,
Matonat timsolin men sizda ko'rdim.
Qayg'ular o‘rniga kuldim charaqlab,
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim.
Sababki, o‘tgan vaqt hech tin bilmadim,
Shunda ham ortimga hech qayrilmadim.
Qalbim xiralashsa, hech yorilmadim,
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim.
Har bir ishlarimni qildim sarhisob,
O‘ylasam hayotim aslida jumboq.
Qarasam o‘tkinchi yaqin va yiroq,
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim.
Shodliklarga yetdim, bir kun g'am tomon,
Alvon kunlar o‘tar, baxtlarim alvon.
Bu o‘tkinchi dunyo barisi yolg'on,
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim.
✍:O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi
Zulfiyaxonimning ijod xazinasiga nazar tashlasak, unda bahor shamoli, quyoshning zarrin nurlari, boychechagu qaldirgʻochlar, inju suvlar, yam-yashil maysazorlar, daraxtlarning ustidagi rang-barang va harir roʻmollarni koʻrish mumkin. Bu gulshanda Zulfiya vafo va sadoqat farishtasi timsolida kezib yuradi. Shoira 1915-yil bahorining birinchi kunida Toshkentdagi Degrez mahallasida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Zulfiyaxonimning qalb tugʻyonlari vafo va sadoqat ifodasidir. Zulfiyaxonim atoqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbatiga sazovor boʻlgan baxtli turmush oʻrtogʻidir. 1944-yil mashina halokati tufayli Hamid Olimjon dunyodan koʻz yumdi. Zulfiyaxonimning hayoti endigina osuda va sokin, baxtli yashayotgan bir paytda mana shu dard yuki yelkasiga tushdi. Irodali shoiramiz bu uztirobni butun umr kuylab oʻtdi. Zulfiyaxonimning bu sadoqati biz kabi yoshlarning qalbida butun umr saqlanib qoladi. Shuning uchun ham Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi deya ta'riflanadi. Shoira 1996-yilda 81 yoshida vafot etadi. Shoiradan bizga juda katta xazina meros qoldi. Uning hozirgi kunda chop etilayotgan qator she'riy toʻplamlari, nafaqat bizning kitobxonlarimiz tomonidan, balki chet ellarda ham sevib mutolaa qilinmoqda. Zulfiyaxonimning nomi va xotirasi abadiydir. Uning xotirasi qalbimizda va yuragimizda muhrlanib qoladi.
✍ Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Toʻliboyeva Mohinur
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Maqola
Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi
Zulfiyaxonimning ijod xazinasiga nazar tashlasak, unda bahor shamoli, quyoshning zarrin nurlari, boychechagu qaldirgʻochlar, inju suvlar, yam-yashil maysazorlar, daraxtlarning ustidagi rang-barang va harir roʻmollarni koʻrish mumkin. Bu gulshanda Zulfiya vafo va sadoqat farishtasi timsolida kezib yuradi. Shoira 1915-yil bahorining birinchi kunida Toshkentdagi Degrez mahallasida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Zulfiyaxonimning qalb tugʻyonlari vafo va sadoqat ifodasidir. Zulfiyaxonim atoqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbatiga sazovor boʻlgan baxtli turmush oʻrtogʻidir. 1944-yil mashina halokati tufayli Hamid Olimjon dunyodan koʻz yumdi. Zulfiyaxonimning hayoti endigina osuda va sokin, baxtli yashayotgan bir paytda mana shu dard yuki yelkasiga tushdi. Irodali shoiramiz bu uztirobni butun umr kuylab oʻtdi. Zulfiyaxonimning bu sadoqati biz kabi yoshlarning qalbida butun umr saqlanib qoladi. Shuning uchun ham Zulfiya vafo va sadoqat kuychisi deya ta'riflanadi. Shoira 1996-yilda 81 yoshida vafot etadi. Shoiradan bizga juda katta xazina meros qoldi. Uning hozirgi kunda chop etilayotgan qator she'riy toʻplamlari, nafaqat bizning kitobxonlarimiz tomonidan, balki chet ellarda ham sevib mutolaa qilinmoqda. Zulfiyaxonimning nomi va xotirasi abadiydir. Uning xotirasi qalbimizda va yuragimizda muhrlanib qoladi.
✍ Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Toʻliboyeva Mohinur
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
Sensiz
(Zulfiyaxonim she'riga nazira)
Mana bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida choʻkkanimda tiz,
Farzandlar koʻtardi qoʻlimdan tutib.
Togʻdek xalqim suyab turar ortimda,
Yigʻlama, deb artar oʻtli koʻzyoshim.
Sening birla qurgan sevgi bogʻimda,
Sensiz yashamoqqa yetgay bardoshim.
Yolgʻiz tashlab ketmabsan meni,
Sendan qolgan shirin xotira toʻkin.
Sogʻinib qolsam gar baʼzida seni,
Atrofga boqaman: borliq ham sokin.
Qancha bahorlarni kuzatdim sensiz,
Eslasam koʻksimga botar tigʻdayin.
Endi izlar yoʻlim qabriston, essiz,
Sogʻinch soʻroqlaydi meni tinmayin.
Qalaming mujdasin olarman qoʻlga,
Bir nafas yonimda boʻlarsan paydo.
Xayol-la koʻz tiksam poyonsiz yoʻlga,
Kulib kelajaksan men tomon goʻyo...
Kuylading sevgini, yoshlikni jondan,
Qalbingda lovlagan otashdandir bu.
Pokiza koʻngling va goʻzal iymondan,
Muhabbat baxsh etding, menga yetmasmu?!
Ishqingni joyladim yurak tubiga,
Ismingni koʻnglimga zar bilan yozdim.
Sen alanga bergan sevgi oʻtiga,
Tuganmas vafo-la oʻzimni otdim.
Baʼzan yoʻqliging koʻp qiladi alam,
Qumsayman oʻshanda yoʻqolgan baxtni.
Yurak yuragimdan oʻtib ketsa ham,
Irodamni bukmay tikladim qadni...
Saroblar aldadi, sog'inchlar yomon,
Bir kun diydoringga, visolga yetgum.
Sen bergan ishq bilan yashadim har on,
Va oʻshal ishq bilan dunyodan oʻtgum.
Mana bir umrni yashadim sensiz...
✍: Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi

O‘RIK GULLAGANDA.
(Zulfiyaxonim she'riga nazira)
"Sog‘inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo‘l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog‘ men eltaman gul."
Sen ketding-u qalbimda xazon
Yal-yal yonar hislarim misol.
Bahorlar ham tark etdi, hatto
O‘rik gulin sovurdi shamol.
Ishqing ila borman, hayotman,
Yo‘q men uchun o‘lmading sen ham.
Sog‘inch bag‘rim qiynasa alhol,
Borar manzil qabringdir har dam.
Mana, yana borliqda bahor,
O‘shal o‘rik gulladi qiyg‘os.
Dil nedandir o‘ksinar kemtik,
Chunki bunda sen yo‘qsan xolos.
Qo‘lingda gul, yuzda tabassum,
Dilda hassos ishq-la kelarding.
Ishq bog‘iga chorlab beg‘ubor
Bu qalbimni nurga ko‘marding.
Endi o‘zim qo‘lda gul bilan
Qabring tomon boryapman yana.
Nechun ketding qoldirib meni,
Alvon-alvon xazonlar mana.
So‘zlayman bor dardimni to‘kib,
Afsus jimsan, tinglaysan faqat.
O‘ylama, bir dili g‘amnok-chun
Yoding ila yashash saodat.
So‘lim bahor oqshomlarida
Go‘zal bog‘lar kezmadim uzoq.
Armon endi ul kunlar xotir
Bugun baxtim sen mendan yiroq.
Keldim takror qoshingga bugun,
Ko‘zlarimdan to‘kilar marjon.
Dilbandlarim yagona yodgor,
Ovunar dil ular-la har on.
Sadoqatim cheksiz shoirim,
Yodimdan-u tildan qo‘ymadim.
Ey Ollohim, Jannat bog‘ida
Uchrashishni sendan tiladim.
Hatto samo yig‘lar qo‘shilib
Bulutlarga berkindi quyosh.
"Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar,
Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh?"
✍: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o‘quvchisi Qo‘ziboyeva Gulshodaning "O‘zbegim Zulfiyasi" tanlovi uchun ishlagan videoroligi.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o‘quvchisi Qo‘ziboyeva Gulshodaning "O‘zbegim Zulfiyasi" tanlovi uchun ishlagan videoroligi.
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Òzbegim_Zulfiyasi_tanloviga
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf o‘quvchisi Rahmonberganov Mirjalolning "O‘zbegim Zulfiyasi" tanlovi uchun ishlagan videoroligi.