#14_yanvar
#hamkorlikdagi_tadbir
📍 Yanvar oyining 13-sanasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati Xiva tumanida joylashgan Davlat Xavsizlik xizmati chegara qo‘shinlari "9203-sonli" harbiy qismidan bir guruh xodimlar Ogahiy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog‘ida 10 bo‘lim mafkuraviy ishlar boʼyicha komandir o‘rinbosari Xudayberganov Sirojbek harbiy qism faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumotlar verib o‘tdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga xizmat xodimlari tomonidan ko'rgazmali harbiy qurol, aslahalar va ularning vazifasi haqida tushunchalar berildi. Harbiy hayot haqida o‘quvchilar keng taassurotga ega bo‘lishlari uchun harbiy sohadagi zarur bo‘ladigan jihatlarga alohida urg'u berildi.
Harbiylarga ko'makchi vazifasini o‘tovchi maxsus o‘rgatilgan 🦮 itning topqirligi va tezkorligi barchani qoyil qoldirdi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xalqaro_hamkorlik
Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlarni mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishida erishilayotgan yuqori natijalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.
Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot oʻrnida, Agentlik va Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga koʻra, qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish kabi qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.
Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor.
Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

🇺🇿 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!
🇺🇿 Barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.
⭐️ Jonajon Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtimiz sarhadlari esa doimo mustahkam bo‘lsin!
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
🇺🇿 Barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz.
⭐️ Jonajon Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtimiz sarhadlari esa doimo mustahkam bo‘lsin!
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#14_yanvar
#Bizning_ijod
Harbiylarga
Yurtimiz posbonlari,
Doim boʻlsin sogʻ,omon.
Chegara, sarhadlarni,
Qoʻriqlashar har qachon.
Oʻt chaqnar qadamidan,
Liboslari yarashar
Ularni koʻrgan hamma,
Havas bilan qarashar.
✍: Bekchanova Sevinchoy,
7-B sinf oʻquvchisi
#Bizning_ijod
Harbiylarga
Yurtimiz posbonlari,
Doim boʻlsin sogʻ,omon.
Chegara, sarhadlarni,
Qoʻriqlashar har qachon.
Oʻt chaqnar qadamidan,
Liboslari yarashar
Ularni koʻrgan hamma,
Havas bilan qarashar.
✍: Bekchanova Sevinchoy,
7-B sinf oʻquvchisi
#14_yanvar
#Bizning_ijod
Vatan
Vatan de, onadan tugʻilganingdan,
Gavdang mayda boʻlsa olma xavotir.
Oʻzgalardan kutma mardlik qilishni,
Oʻzing qahramonsan, oʻzing bahodir.
Xuddi iymoningdek asra yurtingni,
Muqaddas nomiga yuqtirmasdan gard.
Gavdang kichikligi ahamiyatsizdir,
Yuraging kichkina boʻlmasligi shart...
✍: Sardor Saʼdullayev,Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak rahbari