Ogahiy ijod maktabi
1.36K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ra'no darrov pastga tushdi, soatga qaradi. Haqiqatdan ham 9 ga 15 daqiqacha vaqt bor. Shoshilmasa, boʻlmaydi. Bugun bayram, sahna koʻrinish qoʻyishlari kerak, vaqtida yetib bormasa, uztozi ota-onasini chaqirtirishi turgan gap.
Sumkasini yelkasiga otgancha nonushta ham qilmay yugurib uydan chiqib ketdi. Biroz yurgandan keyin atrofga hayron boʻlib qaray boshladi. Notanish joy, notanish odamlar, notanish narsalar eng qizigʻi, bu narsalarni hammasini u avval ham uchratgandek edi. Atrofga qarab turib, qandaydir bir katta taxta yonida odamlar to'planishib shovqin qilayotganliklarini koʻrdi. Ular tarafga bormoqchi edi, orasidan kimdir yugurib kelib, uni gapga tutdi .
— Ra'no, nima qilyapsan? Boʻla qolsang-chi, nega qaqqayib qolding?
— Sen... Sen kimsan ? Raʼno bu qizni birinchi marotaba koʻrib turgandi.
— Eee qoʻysang-chi, yig'ishtir hazilingni. Boʻlaqol, ketdik, darsga kech qolamiz, ustoz bugun ertaroq kelishimizni aytgandilar, unutdingmi?
— Aaa? Hayron qoldi u.
— Eee, boʻldi, yetar shuncha haziling, agar kechiksak, dakki eshitamiz, shu sababdan shoshilishimiz kerak. Yuraqol.
Qiz Raʼno qoʻlidan ushlagancha yugurib ketdi. 5-6 daqiqa deganda ular maktabga yetib kelishdi. Ammo... ammo bu ham Raʼnoning maktabi emasdi,  shunday boʻlsa ham unga bu yer ham tanish tuyildi.

Ular tezda sinfga kirishdi.  Raʼnoning koʻzlari orqadagi oʻrindiqlarni toʻldirib oʻtirgan  kattalarga tushdi.
"Ey Xudo, bu nimasi? Bularning bari, hamma-hammasi avval ham sodir boʻlgan ammo... ammo qachon?"
Bunaqangi savollar uning miyasida toʻxtovsiz aylana boshladi, u va uning yonidagi qiz deraza yonidagi partaga kelib oʻtirishdi. Raʼno ochiq derazadan tashqariga qarab qoldi. Uning koʻzi  qayoqdandir qaytib  kelayotgan rus soldatlariga tushdi. Birdan hamma oʻrnidan turib choʻziq ohangda salom berishdi. Raʼno darhol Ustoz kelgani tushinib oʻgrilib oldi.
— Oʻtira qolinglar-a, bolalar.
Hamma oʻz joylarini egalladi.
Ustoz biroz asbiylashyotganday tuyilardi. Qoʻllari qaltirar va boʻgiq ovozda gapira boshladi:
— Sizlarga bir gapni aytishim lozim. Bolalar, bugun sizlar bilan so‘nggi bor dars oʻtishimiz. Moskovadan  Oʻzbekistonning hamma maktablarida faqat rus tili o‘qitilishi haqida buyruq keldi. Yangi o‘qituvchi ertaga keladi. Bugun oʻzbek  tilidan oxirgi mashg‘ulotimiz. Iltimos, e’tiborliroq bo‘linglar!
Axir bu gaplar Raʼno oldin ham eshitgan, ha, ha, har bir soʻzni  eslayapti. Ammo qachon, qayerda, kimdan? Bular esida yoʻq.
Uning xayollarini oʻqtuvchining gapi boʻldi.
— Undan tashqari, ertadan boshlab hamma yerda oʻzbek tilida gapirish ham qat'iyan man qilinadi.
Ustozining bu gaplari uni butunlay jinni qila yozdi.
— Axir, axir... ustoz, oʻzingiz  ertaga Til bayrami boʻlishini aytgandingiz-ku. Endi bu bayram hech qachon boʻlmaydimi? Bu nimasi, axir? Hattoki, oʻz tilimizda ham gapira olmaymizmi endi?
Raʼno koʻzlarida yosh aralash gapirar, yana gapida davom etsa, yigʻlab yuborishi aniq edi.
Oʻqtuvchisi unga istehzoli kulib qoʻydi.
— Qaytaga senga yaxshi emasmi, Qodirova, axir, oʻzing kecha boshqa tillarda gapirgan yaxshi,  oʻzbek tilini hech kimga qizig'i yoʻq, deyotganding. Nima boʻldi, yo fikring oʻzgarib qoldimi?
Raʼno boshini eggancha piqillab yigʻlay boshladi.
— Ustoz... ustoz... kechiring...
Boshqa narsa deya olmasdi u.
Oʻqituvchisi uning oldiga keldi:
— Boʻldi, Qodirova, tinchlan, baribir endi hech narsa qila olmaymiz. Qoʻlimizdan boshqa narsa kelmaydi. Bugun oxirgi darsimiz, hech boʻlmaganda, shu darsdan unumli foydalanishimiz kerak.  Koʻz yoshingni art , boʻldi.
U ham yigʻlab yubormoqchiday boʻlib gapirar, ammo oʻzini zoʻrgʻa bosib turgandi.
Ustozi joyiga qaytib bordi va darsi tushuntira boshladi. Ra'no shu vaqtgacha qilganlarini xayolidan oʻtkazdi. "Qaniydi, qaniydi menga yana bir bora imkon berilganda... Qaniydi vaqtni ortga qaytara olganimda, hech qachon bunday xatolarni takrorlamasdim."
👍1
— ... Raʼno-oooo , Raʼno-oooo.
U atrofga qaray boshladi, hech kim yoʻq, lekin bu ovoz qayerdan kelyapti.
— Raʼno, turaqol, qizalogʻim.Tur oʻrningdan.
Uning atrofidagi narsalar xiralashib gʻoyib boʻla boshladi.
Birdan koʻzlarini ochib qo'lini chimchilab ko'rdi. Xudoga shukur, tush, tush. Bularning hammasi tush.


: Omonboyeva Sabrina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9 - "A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍11🥰2👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2
Ogahiy ijod maktabi
Video message
Live

Ayni daqiqalarda Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinfida oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova tomonidan "21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan sinf soati doirasida namunaviy ochiq dars bo'lib o'tmoqda.
👍17
#Bugun

20-oktabr - Xiva shahri kuni

🕌 1997-yil 20-oktabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Ushbu kundan buyon 20-oktabr sanasi an'anaviy tarzda har yili Xiva kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920-yilgacha Xiva xonligining poytaxti bolgan. Xiva shahri qadimda "Xiyvaq" deb atalgan.

📍Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan Garbni bog'lovchi savdo yoli o'tganligi bilan izohlanadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍10
#ona_tilim_faxrim
#ochiq_dars

Bayraming qutlugʻ boʻlsin, ona tilim!


🇺🇿 Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan joriy yilning 20-oktabr sanasida Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinfida "Bayraming qutlugʻ boʻlsin, Ona tilim" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi. Ochiq darsni ijod maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hafiza Karimova oʻtdi.

🔸 Darsda oʻzbek tilimizni madh etuvchi sheʼrlar ifodali oʻqildi. Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan videorolik tomosha qilindi.


🔹 Oʻqituvchi tuzib kelgan mustaqil fikrlashga chorlovchi savollar oʻquvchilarning yanada faol boʻlishlariga, shaxsiy fikrlarini erkin bayon etishga chorladi. Dars juda qiziqarli, bahs-munozaraga boy tarzda oʻtdi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍14
#Hamkorlik
#Urganch_davlat_pedagogika_instituti
#Mahorat_darslari

🤝Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Urganch davlat pedagogika instituti professor - o'qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan 2023-2024-o'quv yilida o'tkaziladigan "Mahorat darslari"ning reja jadvali bilan tanishing.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍6
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch nj davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDPI O'zbek va rus tili adabiyoti kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

➡️ Joriy yilning 20-oktabr kuni UrDPI Filologiya va tarix fakulteti "O‘zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi Asqarova Zulayxo Yangiboyevna tomonidan "G‘azallar tahliliga oid ma'lumotlar: shakliy va mazmuniy ko‘rsatkichlari(Alisher Navoiy g‘azallari tahlili misolida)" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Dars davomida Alisher Navoiy lirikasi asosida g'azallar tahlil qilinib, shakliy hamda mazmuniy ko'rsatkichlar aniqlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_va_biz

📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilaridan "Mard o‘g‘lon"  davlat mukofoti sovrindori, 10-"B" sinf o‘quvchisi Javohir Karimov viloyatimizning S-IKBOL telekanali "Ilg‘or yoshlar" nomli ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.

🖥 Qahramonimizning hayot yo‘li, erishgan yutuqlari haqida bergan intervyusini S-IKBOL telekanalida efirga uzatilgan ko'rsatuv orqali to'laligicha tomosha qilishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍15🥰6👏3😢3🔥1😁1
#ona_tilim_faxrim
#bayramona_tadbir

"QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI


📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Iste'dodlar markazi"da joriy yilning 20-oktabr kuni "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" nomli bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.


🔹Tadbir avvalida filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima tajribali pedagog Madina Matyoqubova o‘zining bayram munosabati bilan tayyorlagan ilmiy chiqishlarini taqdim qildi.

❇️ Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoir Rahimboy Karimov, shoir Otabek Ismoilov, Xiva shahar madaniyat markazi xodimi Otaxon Madrahimovlar o‘z tabriklarini bildirib, ijod namunalaridan o'qidilar va tadbirga o'zgacha fayz kiritdilar.

💠 Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan teatrlashtirilgan sahna chiqishlari, musiqiy raqslar va o‘z ijodidan loyihaviy chiqishlar kolleksiyasi namoyish etildi.


🎫 Tadbir yakunida bayram munosabati bilan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari maktab direktori Sarvar Abdullayev va mehmonlar tomonidan alohida e'tirof qilinib, ular diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🔻 Bayramona tadbir hammada o‘zgacha ataassurotlarga boy tarzda o‘tdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍4🥰1