Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NAZM
6-ISHTIROKCHI


Oʻtli moziyingni eslasam bir on,
Ming tilim boʻladi yuragim, qalbim.
Koʻksingda ulgʻaygan nihollaringni,
Qayta shu bagʻringga singdirding, xalqim.

Fashist, deb atalmish yov keldi boshga,
Ketdi osoyish-u oroyish hayot.
Bunda sen demak yoʻq, bunda men demak,
Butun bashariyat qoʻzgʻoldi, hayhot.

Koʻzi ochiq ketdi onaizorlarning,
Eshikka koʻz tikib, bir diydor istab.
Ichikib yigʻlashar besado, beun,
Kimdir padari-yu, kim yorin izlab.

Tunlar yoʻq xalovat, kunduz harorat -
Qiyomat lahzasi kelganday goʻyo.
Atomlardan emas, oʻqlardan emas,
Faryodlar zarbidan titraydi dunyo.

Daryo boʻlib oqdi begunoh qonlar,
Alvonga belandi jang maydonlari.
Vatan, deganlarni kurashga chorlar,
Berahm dushmanning gʻalayonlari.

Xotirasi dillardan hech oʻchmagay,
Tinchlik-chun jonini tikkan mardlarning.
Bagʻringda ulgʻaygan qay farzand borki,
Albat, aritadi butun dardlaring.

Endi gʻalabalar hamrohing sening,
Tegrangda hamisha baxt qushi yelar.
Seni kiprigim-la panalar qilib,
Koʻzim qarogʻida asragim kelar.

Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
7-ISHTIROKCHI

Vatanparvar
(Hikoya)
                                     
Bir kuni xolamlarnikiga ovqat olib borayotgan edim.Urush davri ko'chalarga qo'rqa-pisa chiqamiz.Orqa eshikdan asta chiqib borayotgan edim ko'cha boshidagi kichkinagina xovlidan nola qilayotgan baxtiqaro  onaning ovozi eshitildi.Men o'yladim demak bu xonadonga ham o'sha qoraxat kelgan.Sekin derazadan mo'ralasam bir onaizor qon yig'lab o'g'li uchun nola chekyabdi.Onaizorni ko'rib unga achinib ketdim. Ona:,,Urush o'lsin,qorang o'chgur urush.Gulday o'g'limni tirigi ketib o'rniga murdasi keldi-ku ey,allohim'',—deya baqirib,baqirib faryod chekardi.Men o'ylanib turib qolibman.Ko'z oldimga meni ham urushga ketib xalok bo'lgan, qoraxat kelgan akajonim keldi.Bechora onam ham o'shanda shunday nola qilgandi.Bechora onajonim necha tunlarni uxlamay yig'lab o'tkazardi.Har tong namozlarida ,,Ey allohim!Bu noming o'chgur urush qanchadan qancha onalarni qon yig'latyabdi,robbim-urushga ketgan barcha onalarning farzandlari,juvonlarning erlari,baxtiqaro bo'lgan bolalik deb atalmish go'zal onlari do'zaxga aylangan  qorako'zlarning otalarini barchasini o'z panohingda asra.Robbim, urushdan eson-omon qaytishsin ilohim'',— deb yig'lardi.O'shanda oyimning bu nolalarini eshitib men ham ta'sirlanib yig'lab yuborardim.Mana bunga qancha  yillar bo'lib ketdi.Birdan seskanib ketdim va yo'limda davom etdim.Xolamlarnikiga borsam xolam,,Suyinchimni ber,suyinchimni'',-deb meni oldimga yugurib chiqdi.Men ham pochcham urushdan qaytib kelibdimi dedim va o'zimda yo'q quvonib ketdim. Xolam:,,Zebi, pochchang urushdan eson-omon qaytib keldi'',—deb o'zida yo'q quvonar edi.Men ham xursand bo'lib ketdim.Pochcham bilan ko'rishib gaplashib o'tirdik.Gap aylanib,aylanib yana akamga taqaldi.Men yana o'zimni tutib turolmay yig'lab yubordim.Shunda pochcham:,,Zebi,nega yig'laysan?Sen yig'lashing emas,balki quvonishing kerak.Chunki akang otang rak kasaliga chalinib to'shakka mixlanib qolganda ham onangga pul topishga yordam berdi.Yosh bo'lishiga qaramay ishladi.Urushda ham qo'rqoqlik qilib emas,balki bir qariya va uning qizi hamda qizning 3ta farzandini qutqarib qoldi'',—dedi.Men pochchamga beixtiyor yuzlanib qanday qilib qutqardi deb so'radim.Shunda pochcham:,,Ey Zebi,bizni u yerda ko'rgan kunlarimizni allohim xech kimni boshiga solmasin ilohim.Ustimizdan bombalar tashlab ketishardi.Shunday daxshatli kunlarning birida yana shu holat takrorlandi.O'shanda mard,jasur akang uyg'oq ekan o'z jonini xavfga qo'yib yaralangan bir go'dakni va yoshgina juvonni qutqarib qoldi.Xaaaaa,shunday bo'ldi Zebi'',—o'ksindi pochcham.Men bu gaplarni eshitib yig'lagancha onamning oldiga yugirdim va bo'lgan gaplarning barchasini onamga aytib yig'ladim.Onam bu gaplarni eshitgach chuqur xo'rsindi va ,,Allohim,joylari jannatdan bo'lsin ilohim'',—dedi.Ertasiga bo'lsa bu gaplar butun qishloqqa yoyildi.Onamni shunday fidokor o'g'il yetishtirgani uchun mukofotlashdi.   

📝 Matyoqubova Xolida.                                            
Ogahiy ijod maktabining 7-,,A'' sinf o'quvchisi