#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi
Ogahiy ijod dargohi
Qadim Xiva muqaddas makon,
Ilm-u ziyo izlab oʻtadi har on.
Olislarga tikar shoir nigohin,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Tarixlar òtdilar oqib yelkanday,
Oģriqlar kaftimga kirar tikanday.
Ijoddan tòlģondi shoir xobgohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Shoir, tarjimon, tarixchi, mirob u,
She'r ilmida, sòz sehrida serob u.
Har she'rida elning dardi-yu ohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Asarlarin òrganamiz mehr berib,
Ummonida kezamiz durlarin terib.
Oʻzi she'riyatining oftobi-mohi,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
✍: Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-b sinf òquvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Publisistika
Barhayot Ogahiy
Katta tarixga ega boʻlgan Xorazmning Xiva shahrida Ichan qalʼaga yaqin boʻlgan Qiyot qishlogʻida (hozirgi Ogahiy nomli jamoa xoʻjaligi) bugungi kunda koʻplab ishlar olib borilmoqda.
Bu maskan bizlarga tanish 2-Navoiy boʻlmish Ogahiy tugʻilgan makon. Ogahiy 1809- yilning 17-dekabr sanasida tugʻilgan. Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy - XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri boʻlib, Navoiydan keyin eng "koʻp" va "xoʻp" sheʼr bitgan shoirlardandir. Otasi Erniyozbek vafotidan soʻng, Ogahiyni amakisi boʻlmish Munis oʻz tarbiyasiga oladi. Ogahiy, birinchi taʼlimni ham amakisidan oladi. Keyinchalik Xiva madrasalarida tahsil koʻradi. Munis vafotidan soʻng Xiva xoni Olloqulixon (1825- 1842) Ogahiyni miroblik vazifasiga tayinlaydi. U lavozim vazifalari yuzasidan koʻp joylarga boradi. Dehqonlarning, hunarmandlarning ogʻir ahvollariga guvoh boʻladi va Ogahiyga bu hol qattiq taʼsir koʻrsatadi. Uning maktab chogʻlarida bayoz tuzganligi har bir oʻquvchi yuragida katta taassurot uygʻotadi. Ogahiy hayotini oʻrganish jarayonida, uning dunyoga, insonga tuganmas muhabbat, hayotga cheksiz mehr bilan qarashi, ijtimoiy jarayonlarga qattiq qiziqishini bilib olamiz.
Sobiq sovetlar davrida Ogahiy hayoti kam o'rganilgan mavzulardan biri bo'lib, uning adabiy merosiga haqqoniy baho berilmadi. Shu sababli ham Ogahiyning betakror xazinasidan xalqimiz to'liq bahra olish imkoniyatidan mosuvo edi. Bu katta eʼtiborsizliklar natijasida Ogahiy deyarli unutilayozgandi. Shu sababli ham koʻpchilik shoir-yozuvchilar, jumladan Matnazar Abdulhakim Ogahiy ijodini o'rganish va targ'ib qilishda oʻzlarining beqiyos hissalarini qoʻshdilar.
Buyuk bobomiz yashagan maskan hozirda uy-muzeyga aylangan. Shuningdek, hududda Ogahiy nomidagi ijod maktabi ham ochildi. Bu maktabda oʻquvchilar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
✍: Rustamova Sabrina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf oʻquvchisi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Ijod_zavqi
Ogahiy merosi bebaho xazina
Gavdalanar kōzim oldida,
Tarixshunos, davlat arbobi.
Kitoblarin ōqib ōrgansak, kim
Katta hayot har bitta bobi.
Buyuk shoir she'r-ōgitlari,
Qalbim ichra porlaydi mudom.
Shoir, olim hattoki mirob,
Elparvardir Ogahiy bobom.
Bu dunyoda aslo topilmas,
Asarlari ta'rif qiyosi.
Gōyoki bebaho xazina,
Ma'rifat-u nuri, ziyosi.
Nomlariga atalib mana,
Ochilibdi ilmlar koni.
Unda ōqib bizdek yosh avlod,
Lol qoldirgay bir kun dunyoni.
Buyukligi, ijodi bilan,
Yuraklarda porlagay boqiy.
Tarixnavis, olim-u shoir,
Uluğvordir bobom Ogahiy.
Derazamdan qarasam agar,
Kōrinadi bobom ekkan tut.
Asrlarni surib orqaga,
Buyuk shoir bōlmaydi unut.
✍: Rustamova Nigina,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi