Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Isteʻdodlar_yolqini
#Kutilmagan_tadbir

"ISTE'DODLAR YOLQINI" IJODIY TADBIRI O‘TKAZILDI

💠 Joriy yilning 6-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida ijodiy madaniy targ‘ibotchi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida "Nasr" to‘garagi a'zolari bilan "Iste'dodlar yolqini" nomli ijodiy sahnalashtirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

♻️ O‘quvchilarning iste'dodini kashf qilishga yo‘naltirilgan ushbu tadbirda Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asari, Oskar Uayldning "Baxtiyor shahzoda", Aziz Nesinning "Paypoq sovg‘a qilma", Molyerning "Tartyuf", Vilyam Shekspirning "Hamlet" asarlari sahnalashtirildi. O‘quvchilarning o‘z she'ri asosida ishlangan "Yolg‘iz xurmacha" animatsion videoroligi namoyish etildi.

➡️ Bundan tashqari jahon adabiyotidan qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Sa'dullayev ijodiy tadbir haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tikuvchilik_toʻgaraki
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 6-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabid kechki payt o'quvchilarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish maqsadida beshta muhim tashabbusning 5-yo'nalishi doirasida tikuvchilik to'garaki bo‘lib o‘tdi.

➡️ Bundan maqsad qizlarimizni kasb hunarga ham o'rgatib borish.Bugungi amaliy to'garagimizda andoza asosida kuylak bichish va tikishni o'rganmoqdalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
6-ISHTIROKCHI


Maqsadga aylangan "madhiya"
(Hikoya)
     
      "Serquyosh,hur o'lkam,
       Elga baxt najot..."

Nizomjon madhiyani shu darajada zavq-shavqqa to'lib aytardiki, ko'zlaridagi faxr go'yo atrofga ziyo taratayotgandek edi. Ha, yosh bolacha iftixori uyg'onib ketdi-da, bu darajada tantana bilan kuylardi.
Ikkinchi qavatdan ikki uchta o'quvchining so'lg'in ovozidan boshqa hech narsa eshitilmas edi. O'qituvchi esa o'quvchilarga o'qraygan ko'zlarini nuqtab "ayt'' degandek qilardi. Ustozining yuz bujrayishini yana qayta ko'rishni istamagan ba'zi o'quvchilar sekin oraga qo'shilishib, yana to'xtashardi. Nizomjon hali endigina birinchi sinf edi. Uning hayotidagi har bir narsa mo'jizadek tuyular edi. Hamma narsani – vazifani sidqi dildan bajarar edi. Bu ishlar Nizomjonga o'zgacha bir huzur baxsh etardi. Ha, siz bilgandek bugun juma kuni. Ya'ni O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini aytadigan sharafli kun. Madhiyani zo'rg'a aytayotgan o'quvchilar esa yuqori sinflar edi. Ha,ular har doim shunaqa. Nizomjon qalbiga bir narsani maqsad qilib qo'ygan edi: "Men hali bu sharafli qo'shiqni karatedan birinchi o'rinni olganimda jahon arenalarida aytaman" deya. Lekin u faqat karate emas, nima orqali bo'lsa ham madhiyani boshqa yurtda baland ovozda aytishni juda juda istar edi. Uning  maqsadi karatedan buyuk sportchi bo'lish  emas, u qo'shiqni qattiq bir iftixor bilan kuylashni  xohlar edi, xolos. Yillar o'tib bu maqsadi ro'yobga aylandi. U karate sport turidan mashg'ulotlarda o'zini bor kuchini sarflardi, qattiq va tinimsiz shug'ullanardi. O'ziga-o'zi :
"Nizomjon, hamma narsani boshlanishi qiyin bo'lgan. Bu kunlardan keyin keladigan rohatni,farog'atni, baland minbarlarda o'z yurtingning madhiyasini kuylashni o'yla", deb dalda berardi. Ertaga juda muhim kun. O'zbekiston terma jamoasi ertaga soat sakkizda uchib ketishi kerak edi. Argentinada Nizomjonning karate bo'yicha musobaqasi bo'lib o'tadi. U ertalabdan masjidga  borib, xudoga iltijo qildi. Uning yo'lini ochiq qilishini,qalbidagi eng buyuk istakni amalga oshirishida ko'maklashishini juda yolvorib so'radi.
Nihoyat...
Nihoyat u kutgan daqiqalar keldi. Nizomjon ko'zlarida yosh bilan, qalbida faxr, iftixor bilan tez yurib bayrog'ini ushladi va balandlarga ko'tardi, boshini tik tutib o'sha qadrli "serquyosh" ni kuyladi.Uning maqsadiga aylangan bu "madhiya" yana jo'shqin yangrar edi va dillarni xushnud aylardi:
   "Oltin bu vodiylar jon o'zbekiston..."

: Ro‘zimatova Zarnigor,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

VIDEO ROLIK
9-ISHTIROKCHI


🎬: Reyimberdiyev Umidbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining  8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

RASM CHIZISH
19-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: Qo'ziboyeva Zebo
Ogahiy ijod maktabining 9-"B"sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NAZM
20-ISHTIROKCHI


Madhiyam yangrayver yangrayver mangu,
Faxrisan sen buyuk O‘zbekistonning.
Sen biz uchun bitta muqaddas tuyg‘u,
Qalbidan sen buyuk O‘zbekistonning.

Hur vatan ishonchi arkoni o‘zing,
Har bir misrangda bor ma'noli so‘zing.
Eshitgan odamda hayrat uyg‘otar,
Bu esa sening shuhrating anglatar.

Madhiyam yangrayver yangrayver mangu,
Sen biz uchun bitta muqaddas tuyg‘u.

: Sa'dullayeva Sevinchoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor

RASM CHIZISH
20-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: Egamova Shabnam,
Ogahiy ijod maktabining 8-"A"sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
7-ISHTIROKCHI


Hurlik madhi
(Hikoya)

Yana bir kun kecha qovushdi. Tun roʻmolini oʻradi. Oy qishloqni oʻzining nurli yoʻrgagiga oʻray boshladi. Noila esa xira sham yorugʻida, derazadan atrofga nazar soladi. Vaqt daryosi oqib boryapti.
- Noila, qizalogʻim. Kech boʻldi. Yur, uxlaymiz endi.
- Yoʻq oyijon. Uyqum kelmayapti, axir.
- Ertaga vaqtli uygʻonishing kerak, qizim.
- Mm. Unda menga ertak aytib berasiz. Kecha ham aytib bermadingiz-ku. Yoʻq demang, iltimos...
Onasi noiloj rozi boʻldi. Qizini xonasi tomon asta yetakladi. Noila esa tinmasdan nimalarnidir gapirayotgandi. Onasini kun boʻyi uyda oʻtirib, juda sogʻingani koʻrinib turardi. Qizini bagʻriga bosgancha , ertakni ayta boshladi:
" - Qadim zamonlarda bir changalzor boʻlgan ekan. U changalzorda yovvoyi hayvonlar va ferma hayvonlari birga "ahil" yashasharkan. "
- Iye, oyi ular qanday qilib birga yashashi mumkin axir ?! Yovvoyi hayvonlar uy hayvonlarini yeb qoʻyishadiku...
- Qizim, sabr bilan eshitsang hammasini bilib olasan.
" - Oʻrmon yaqinida bir jannatmakon bogʻ boʻlardi. U yerda hamma uy hayvonlari ahil-inoq yashashardi. Ferma egasi ularni juda yaxshi koʻrardi. Hayvonlar uni juda yaxshi koʻrishardi. Shaharga yem-xashak olib kelish uchun tushsa, kelguniga qadar hayvonlar uni intizorlik bilan kutib oʻtirishardi. Bogʻning tomorqasida ham bir- biridan mazali, shirali noz- neʼmatlar pishib yotardi. Hayvonlarning hech biri tomorqaga oralamasdi ham. Fermer ularni hech birini bogʻlab boqmasdi. Oʻzlarini emin-erkin qoʻyib qoʻyardi. Fermer hayvonlari bilan vaqtini chogʻ oʻtkazardi. Ularga ashulalar xirgoyi qilib berar, dildan suhbat qurardi. Har xil oʻyinlar oʻylab topib, ular bilan birga oʻynardi...
Bir kuni oʻrmondan bir qancha qonxoʻr boʻri, vaxshiy ayiq va koʻzi och chiqarish kelib, fermerni nobud qilishdi. Bogʻni changalzorga aylantirib, hamma yoqni vayrona qilishdi. 2-3 ta qoʻy-qoʻzini shu kunning oʻzida yostigʻini quritishdi..."
- Voy , qanday vaxshiylik oyijon- dedi, eti seskanib ketgan Noila.
"- Fermadagi hayvonlarning hammasi in-iniga kirib ketishdi. 1-2 kun qoralarini koʻrsatishmadi. Hammasining ichiga iztirob sizdi. Yuragiga gʻulgʻula tushdi. Hamma hayvonlar madordan qolgan, ochlik va qoʻrquv sillasini quritgan edi."
- Oyijon, ular birgalikda Susambilga borishsa boʻlmasmidi?
- Qizalogʻim, ularga qolsa borishardi, lekin ixtiyor oʻzlarida emas edi. Ixtiyor oʻzlarida boʻlsa ham, bu ishga jur'atlari yetmas edi.
- Ammo negaaa?
"- Ayrim fermadagi hayvonlar bunday azob- uqubatga bardosh berolmay, dushman tarafga oʻtgan edi. Qonxoʻr beklarning ham, qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan hayvonlarning ham sabr-toqati tugab boʻlgandi. Ular bogʻni vayron qilishdi. Hamma narsalar yeb bitirishdi. Ular oʻzlarining qingʻir maqsadlarini bayon qilishdi. Boʻlmasa ularni bir chekkadan ypq qilishini aytishdi. Irodasi zaif, qoʻrqoq hayvonlar bunga darrov rozi boʻlishdi. Ayrim hayvonlar ularga xizmat qilish evaziga oʻzlarining hayotlarini kafolatlab olishdi. Ammo quyonlar oilasi va bitta kuchukcha ularga qarshi bosh koʻtarib turaverdi. Qanday azobga duchor etmasa ham ular qarshilik qilib turaverdilar.
Kuchukcha quyon oilasini bor jahdi bilan himoya qilishga kirishgandi. Qanday xavf-hatar himoya qilishga urinardi.
Hamma holdan toygan, madordan qolgandi. Ochlik suyak-suyaklaridan ham oʻtib ketgandi. Vahshiylar bu hayvonlarni yesa ham avvalgidek lazzat ololmayotgandilar. Chunki ular ham och , bular ham och. Bularni qoʻyib , yangi manzil qidirishga kirishishgani hamonoq, ularga " oʻrmonning narigi chetida qoʻy-qoʻzilar ikki kundan beri oʻtlab yuribdi, choʻpon ham qoʻlidagi tayogʻi singari ozib-toʻzib ketganini, yoshi ham bir joyga borib qolgani" eshitib , bu vayronani tark etishni oʻylashardi. Lekin ular bu hayvonlarning ochlikdan qiynalayotganini koʻrib, rohatlanishardi. Ularni koʻrib zavq olishardi .
Bir kuni quyonlar makon qilgan joydan jarangdor, huzurbaxsh nimadir yangray boshladi. Ularga ochlikdan tinkasi quriyotgan doʻstlari ham beixtiyor joʻr boʻlishdi. Ular buni oʻz xoʻjayinidan oʻrganishgandi. Oʻrmondan baralla aks-sado qayta boshladi. Bu ular uchun hurlik madhiyasi edi..."
- Oyijon, oyijon. Ferma egalari gʻalaba qozondimi?
- Xoʻsh, oʻzing nima deb oʻylaysan?
- Albatta , ha. Qiz oʻrnidan sapchib turib, yotogʻi ustida adolat gʻalaba qilgani uchun ,quvonganida sakray boshladi.
- Oyi, oyijon . Mard quyon bor-ku, oʻsha meni quyonchamga oʻxsharkan. Kechasi nimadandir qoʻrqsam, u meni qorovullab yotadi. Jasur kuchukcha xuddi meni kuchugimni oʻzi. Har doim uyimizni qoʻriqlaydi-ku. Oyijon, bu ertakni sizga kim aytib bergan oʻzi?
- Endi balki uxlarsan qizim. Qaragin kech boʻlib ketdi. Bu ertaknimi... Bu ertakni menga hayot aytib bergan qizalogʻim, hayot...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|