Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Bilim_doirasida_bellashuvi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda "Madaniyat va ma'rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Bilim doirasida" nomli intellektual ring ko'rsatuvi navbatdagi mavsum bellashuvlari boshlandi.

➡️ Unda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zaro kuch sinashishdi.

💬 Yakuniy natijalarga ko'ra Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari g'oliblikni qo‘lga kiritdi. Toshkent safarida o‘quvchilarga rahbarlik qilgan oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyozova va barcha maktab jamoamizni g'alaba bilan tabriklaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
3-ISHTIROKCHI


Iftixor
(Hikoya)


   Ahmad akaning futbol jamosi bor. U har yili jahon chempianatlariga chiqadi. Ahmad aka juda yaxshi inson. Uning jamosiga va o‘ziga juda havasim keladi, ayniqsa u har yili chempianatlarga chiqib g‘olib bo‘lsa va bayrog‘imizni balandlarga ko‘targanida ko‘zimga jilg‘a yosh keladi.
Ahmad aka mana bu yil ham chempianatga chiqyapti. U yoz bo‘yi qishlog‘imizdagi bolalarni misobaqaga tayyorladi. Bizning qishlog‘imizda o‘g‘il bolalar ko‘proq futbolga, kurashga va boksga juda qiziqishadi, lekin bizning qishlog‘imizda bitta bola bor. Uning bu jamoga qo‘shilishi qiyin, chunki u nogiron. U futbol o‘ynashni, bolalar kabi chopib yurushni juda xohlaydi. Ahmad aka shu bolani ko‘ngli o‘ksimasligi uchun u bilan turli o‘yinlar o‘ynaydi, uni zeriktirib qo‘ymaydi. Ahmad aka bolalarni chempianatga tayyorlash chog‘iga uni ham olib boradi. U mazza qilib bolalarni yugurkilab,  futbol o‘ynashini tomosha qiladi. Ahmad akaning shu ishi menga juda yoqadi. U bolalarni tayyorlab bo‘lgach, madhiyani kuylashi menga zavq bag‘ishlaydi. Men madhiya yangragan chog‘ida juda boshqacha bo‘lib ketaman.
O‘tgan yoz edi, shekilli, Ahmad aka o‘quvchilarini musobaqaga olib ketgandi. Ahmad akaning o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi. Ular madhiyamizni mag‘rur ila kuylashdi. Chempionlarni chempianatda g‘olib bo‘lib madhiyamizni kuylashsa va bayrog‘imizni balandalrga ko‘tarib hilpiratishsa men shu vatanda tug‘ilganimdan faxrlanib ketaman. Men o‘z vatanimni, madhiyamni va gerbimni juda yaxshi ko‘raman va uni hurmat qilaman. Chempionlar bizning ramzlarimizni juda qadrlashadi. Ular bizning vatanimizni dunyoga tanitishadi. Biz ham shularga o‘xshab vatanimizni dunyoga tanitishimiz kerak. Men o‘z vatanimni juda yaxshi ko‘raman.

: Nurullayeva Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
4-ISHTIROKCHI


Alla bilan hamnafas qo'shiq
(Hikoya
)

Vatan himoyachisi bo'lgan Azamat aka nafaqaga chiqganidan keyin faqatgina sevimli nabirasi Azizjon bilan bilan ovinardi. "Danagidan magzi shirin'', deganlaridek nabirasini yer-u ko'kka ishonmay katta qilmoqda. Kelini bilan o'g'li doim erta ketib kech kelardi. Dam olish kunlari o'z ishlari bilan bo'lib o'g'liga vaqt ham ajratmasdilar. Azamat aka har gal nabirasini uxlatish paytida "Bobo, alla aytib bering" deb Azizjon xarxasha qilardi va uni uxlatishi juda qiyin bo'lardi.
– Alla aytishni bilmayman-da, - deb bir amallab uxlatardi. Bir kuni Azizjon qattiq xarxasha qilib uxlash juda qiyin bo'ldi. Nima qilishni bilmagan Azamat aka O'zining bilgan, o'zi uchun ona allasidek qadrli bo'lgan bir qo'shiqni ayta boshladi. Qo'shiqni shunaqangi berilib aytganidan nabirasining uxlab qolganini ham sezmay qoldi. Oradan oylar, kunlar o'taverdi. Azizjon ham o'sha alla o'rnida aytilgan qo'shiq ostida katta bo'lardi.
Kunlarning birida Azamat akaning kelini bilan o'g'li chet elga ketadigan bo'lib qolishdi va Azizjonni ham olib ketishdi. Azizjon uch oy yaxshi yurdi-da , keyin kundan kunga so'lib boraverdi. Oradan bir yildan ko'p vaqt otdi. Lekin Azizjon avvalgidek sho'x bola emas, ko'zlari kulmas, bolalar bilan o'ynamas, hatto hech kim bilan gaplashmay ham qo'ydi. Qancha joylarga, tabiblarga olib bordi. Ammo foydasi bo'lmadi. Ustozlari Azizjonni zehni o'tkir, kattalardek fikrlashini sezib ko'ngilidagilarini topishga urinardi. Lekin hech narsa gapirmasdi. Bir kuni maktabdagi istedodli bolalarni aniqlash uchun tanlov o'tkazildi. Hamma bolalar o'zlari chizgan rasmlarni, sher, qo'shiqlarini aytdi. Mana tanlov so'ngida ko'ksi qo'lida bobosining osha "alla"sini ayta boshladi.Hamma qo'li ko'ksida o'rnidan turdi. Endigina birinchi sinfni tugatayotgan Azizjon bu qo'shig'ida o'zbek farzandi ekanligina namoyon qildi. Mittigina bu bolaning qoshigida bobosiga bolgan sog'inchi-yu, o'z ostonasidan boshlangan vatanga bo'lgan mehri bilan bir qatorda sog'inch azobi ham ezayotganligi sezilib turar edi. Azizjonnng qo'lidagi surat o'xshamagan bo'lsa ham bobosi Azamat aka ekanligi bilinib turardi. Azizjonning bu qo'shigi vatanining tarovatini madh qilayotgan bolsa bir tarafdan shu mittigina yurakchaning ichidagi ulkan ulkan g'am anduhlarni ko'rsatayotgan edi. Chet maktabida hammani hayratda qoldirib o'zligini va asl naslini tanitgan bu bolaning qo'shigi serquyosh O'zbekistonimizning madhiyasi edi...

: Botirova Go'zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Isteʻdodlar_yolqini
#Kutilmagan_tadbir
#Live

Ayni damda "Iste'dodlar yolqini" ijodiy sahnalashtirilgan tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Isteʻdodlar_yolqini
#Kutilmagan_tadbir
#Live

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

RASM CHIZISH
18-ISHTIROKCHI


🌅Muallif: San'atbekova Barchinoy,
Ogahiy ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

NASR
5-ISHTIROKCHI


Noma'lum tuyg‘u
(Hikoya)

''Ota-ona bag'rida ulg'ayish, ularning mehrini har nafasda his qilish, "sen bilan faxrlanaman, sendan umidimiz katta, kabi so'zlarni har kuni eshitish, ular bilan yaxshi yomon hissiyotlarni bo'lishish va eng asosiysi "kimning farzandisan?" savologa otaning ismini aytib g'ururlanish, ota-onaga suyanishdan oliyroq ne'mat bo'lmasa kerak. Biroq bu shirin ne'matdan men ham totib ko'rsaydim...'' deya xayol ila qon yig'laydi Musojon. U yoshlida eshitishida va gapirishida nuqson bilan dunyoga kelgan. Ota-ona farzandi nogironligini bilgan uni mehribonlik uyiga, davlat qaramog'iga topshirishdi.
Na gapira oladi va na eshita oladi. Ammo Musojon ba'zi odamlardan farqli o'laroq mukammal va mustaqil fikirlaydi. U mehribonlik uyida mehrga zor yashar ekan davlatdan, yurtboshidan, tarbiyachilardan mehr ko'rdi. Hamisha ularga suyandi ko'ngillaridan ko'ngil, jonlaridan jon olib yashab keldi. Mana u bugun 19 yoshda. Biroq hali hamon o'sha mungli ko'zlar bir nuqtaga tikilgan, uning ko'zlari tubiga qaragan inson moviy ummonga sho'ng'ib ketadi go'yo. Oxiri va javobi yo'q savollar Musojonni hamisha o'ylashga majbur qiladi-yu har safar shu holat takrorlanishi bilan hayqirib yig'lagisi keladi. Yo'q... Endi u ota-oasini sog'inayotgani yo'q. Chunki o'z farzandidan kechgan bunday ota-ona... Musoning xayolida o'zi barpo etgan va yolg'iz o'zi yashaydigan ichki olami mavjud. Mana u yana bir shunday kunlarning birida o'z hayolotida yolg'iz o'ziga tengishli samoda yolg'iz o'zi qanot chiqarib bulutlar og'ushida uchmoqda go'yo. Uning bu hayollarini Ali akaning yoniga kelib o'tirishi buzub qo'ydi. Ali mehribonlik uyining direktori bir so'z bilan aytganda Muso otam degan mehribon inson. Ali Musoga qo'l harakatlari bilan bir nimalarni so'zlay boshladi:
– Ertaga Toshkenda katta bayram. Xohlasang seni ham o'zim bilan olib ketishim mumkin.
– Nega? – keskin savol ishorasini qildi Muso. Ali uning bu qilig'iga e'tibor bermadi. Muso oxirgi vaqtlarda biroz injiqroq bo'lib qolganini bilganligi va uning yoshida bu hol tabiiy ekanligiga yo'yib qo'ya qoldi.
– Ertaga bayram ekanligini bilasan-ku.
– Buni nima ahamiyati bor? Na madhiya ohangini eshita plaman va na unga jo'r bo'la olaman. Vatan oldidagi shu kichkina burchimni ham amalga oshirolmaydigan darajada loqayd insonman...
Ali aka Musojonni ancha tajavuskor va betoqat injiq bo'lib qolganini sezgach unga hayoti hali oldindaligini bular bari o'tkinchiligini muloyimlik bilan tushuntirsi.Va nihoyat Muso biroz tinchlandi:
– Allohning menga bergan sinovida ham bir hayr bordir-da. degandek barmoqlarini asta behol o'ynatdi. Ali uning bu ishorasini tushunib Musoga ertangi bayram uchun tayyorgarlik ko'rishni aytib jo'nab hetti. Ertasi kuni ertalabdan ular Toshkentga jo'nab ketishdi. Ertalabfan beri Muso qandaydir hayajon ostida. Ba'zan shaharga ketayotganiga suyunsa ba'zida madhiya haqida o'ylab biroz xo'rsinib qo'yardi. Bayram boshlandi. Muso va Ali old qatorlardan joy olishdi. Muso ilk bor bunday katta davrada bo'lishi edi. U odamlarni sukunat ostida kuzatar va nimanidir sezgandek boshini sarak-sarak qilib qo'yardi. Hamma o'rnida gurillab turdi. Madhiya boshlanishiga oz fursat qoldi. Muso shu ondan boshlab yana o'zini yolg'iz his qila boshladi odamlarning qilayotgan hatti harakatlari uning bo'g'ziga tiqilib nafas olishiga halaqit berayotgan edi go'yo. Uni bezovtalanganini sezgan Ali qo'lini uning yelkasiga qo'yib:
– Men sen bilanman, –
dedi. Madhiya har tomondan yangray boshlashi bilan Musoning ko'zlarida dur kabi yaltillab turgan ko' z yoshlari har tomon sochila ketdi. Shunday bir payitda uning quloqlari ostida madhiya jarang sochdi:

Ajdodlar mardona ruhi senga yor,
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon...

Madhiyaning har bir harfi unga aniq va tiniq eshitilardi. Muso madhiya jo'r ohangda uni yig'lab kuyladi. U jo'shqin kuylar ekan qalbida entik hayajon, yuragida titroq va qo'rquv, hayolida sakinat hukumron edi...
Ogahiy ijod maktabi
#tanlovga #Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon NASR 5-ISHTIROKCHI Noma'lum tuyg‘u (Hikoya) ''Ota-ona bag'rida ulg'ayish, ularning mehrini har nafasda his qilish, "sen bilan faxrlanaman, sendan umidimiz katta, kabi so'zlarni har kuni eshitish, ular bilan…
Bayram tugadi.
Muso va Ali yana mehribonlik uyiga qaytishdi. O'sha kundan boshlab Muso har bir nafasini vatanim deb oldi har qadamda ona yurti uchun xizmat qildi vatani uchun yonib kuyib yashadi. Biroq o'sha kuni madhiyani o'z quloqlari bilan eshitgani va tili bilan kuylagani chin yoki xayoliy ekanligi butun umr u uchun noma'lum bo'lib qolaverdi...

: Sadoqat Erkaboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-''B'' sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|