Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Bugun 15-fevral iste'dodli shoira Saida
Zunnunova tavallud topgan kun.
Saida Zunnunova 1926-yili 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.

* * *

Anhor labida juft-juft soyalar,
Jilmayib o‘taman ko‘z qirin tashlab.
Goh xayol qurmagur olib ketadi,
Bahona topganday yoshlikka boshlab.

Yo‘q-yo‘q, men turmadim oydin tunlarda,
Suvlar yoqasida ishq o‘tida mast.
Men bunday damlarni yo‘lga termulib,
Intizor o‘tkazdim har on, har nafas.

Yoshligim, umrimni, halovatimni
Mardona topshirib vafo qo‘liga,
Oylarni, yillarni minutlab sanab,
Tunu kun qaradim yorning yo‘liga.

Hali begonaydik ajralishganda,
Ko‘rishdik juda ham qadrdon, inoq.
Yulib olsa hamki hijron yor vaslin,
Qilib ketgan ekan unga yaqinroq.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
* * * * *

Uyga haydab qoʻydi bu qish hammani,
Kenglik, yashillikni qoʻmsaydi ko'zim.
Qanchalar sevaman qiru dalani,
Qish haqida sheʼr ham yozmayman oʻzim.

Qor yogʻar tinmayin, yeru koʻk oppoq,
Novdani yopganday oʻrikning guli.
Yana men esladim ayolning shu choq
Togʻora ushlagan ko'pikli qoʻlin.

Bir vaqt urf boʻlgan gʻarch tuflilarni
Eslatib gʻijirlar yurganingda qor.
Asta yoʻl ochaman kurab ularni,
Xayolimda esa binafsha, bahor.

Garchi uylar issiq, dasturxon toʻkin,
Uzun kechalarda doʻstlar gurungi.
Har damda kutaman bahorni lekin,
Shumshaygan qushlarga termilib mungli.

Yaxmalak otishib bolalar ham shod,
Tamshanib taltaymish daraxtlar shoxi.
Sogʻinch bilan bahorni men qilaman yod,
Koʻzimda gullarning mayin nigohi,

Qandga labi tekkan go'dak kabi yer,
Soʻrib-so'rib uni qiladi huzur.
Mening xayolimda lola tutgan qir,
Shabnam qoʻngan gʻuncha asta barg yozur.

Isfara bogʻlari gullagan paytmi,
Derazam ko'ziga tushibdi aksi.
Mening dimogʻimga urilar hadeb,
Boʻtana suvlarda yalpizning isi.

Saida Zunnunova

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​MUSA JALIL – 116 yoshda!

Musa Mustafo o‘gli Jalilov--Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasi Mustafin qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan.

Dastlab Orenburgdagi Husayniya madrasasida tahsil oldi. U 1931 yilda Moskva Davlat universitetining adabiyot fakultetini bitirgach, tatar tilida bosiladigan «Kichkina», «Oktyabr bolasi» jurnallari redaksiyalarida muharrirlik vazifasida ishladi. Ikkinchi jahon urushi arafasida Tatariston yozuvchilar soyuzining mas’ul kotibi vazifasida ishladi. Urushda qattiq yaralangan Musa asirga olinib, 1944 yilda fashistlar tomonidan Berlindagi Shpandav turmasida qatl etildi.
Musa Jalilning ijodi 1919 yildan boshlandi.
Uning ko‘p tillarga tarjima qilingan «Moabit daftari» she’rlar to‘plami 1957 yilda Lenin mukofoti bilan taqdirlandi. Musa Jalilning «Moabit daftari» to‘plami o‘zbek tiliga tarjima qilinib, alohida kitob shaklida nashr ettirildi.


ERK

O’zim xohlab yura olmagach,
Yo‘q oyog‘im, demak, yo‘q qo‘lim.
Qandayin farq, erkim bo‘lmagach,
Bor bo‘lganim yoki yo‘qligim.

Otam, onam yo‘qdir yurtimda,
Aytingiz, men yetim edimmi?
Men yo‘qotdim dushman yerida
Otamdan ham yaqin elimni.

Qulman bunda yurtsiz va erksiz,
Erksiz hamda elsiz—men o‘ksiz:
Ota-onam garchi bo‘lsa-da,
Joyim bo‘lar edi bo‘sag‘a.

Bo‘lar edim hamon men yetim,
Va talangan itlar bilan teng.
Oltin erkim, ozod turmushim,
Qayga uchding uchar qush bo‘lib?
So‘nggi damim nega uchmadi
Sening bilan birga qo‘shilib?

Bilarmidim erkning qimmatin
Totgan chog‘da erkning bahrini;
Og‘ir qullik jabrini tortib,
Endi bildim erkning qadrini!

Quvontirsa taqdir ko‘nglimni,
Yetishtirib erkka — yo‘ldoshga,
Bag‘ishlardim qolgan umrimni
Erk uchun bu ezgu kurashga.
1942


KECHIR, YURTIM

Kechir meni, yurtim, sening buyuk
Noming bilan kurashib jangda,
Shonli o‘lim bilan ko‘molmadim
Bu tanimni men so‘nggi damda.

Yo‘q, o‘zimning kichik zarraday
Umrim uchun seni sotmadim.
Volxov guvoh bo‘lar, jang ontin
So‘ng damgacha dog‘siz saqladim.

Men qo‘rqmadim, boshga yomg‘ir kabi
To‘p o‘qlari yoqqanida ham.
Yo‘qotmadim o‘zni, o‘lik bilan
To‘lganda ham atrof-aylanam.

Oldda-ortda va o‘ngu so‘lda
Kesilsa ham yo‘lim; ko‘kragim—
O’q yeb, qonga belanganda ham,
Bo‘sh kelmadim, yoshim to‘kmadim.

Men qarshimda ko‘rdim qoq suyak —
Shum o‘limning qora ko‘lkasin.
Kelgil, o‘lim, qolgan bu umrim
Tutqunlikda tamom bo‘lmasin!

Men emasmi yoriga yozgan:
«Xafa bo‘lma, jonginam, biroq,
So‘nggi qonim tomsin, mayliga,
Pok ontimga to‘shmayajak dog‘!»

Men emasmi, she’r o‘ti bilan,
Yurak bilan ont ichgan jangda:
«O’limga men nafratim bilan
Jilmayarman eng so‘nggi damda».

«Chidam berar sevging so‘nggi jang,
Shum o‘limning azoblariga.
Yurtim, seni sevganligimni
Qonim bilan yozarman yerga».

«Tinch uxlardim butun hayotim
Bag‘ishlasam agar yurt uchun!»
Mana shu ont madori bo‘ldi,
Ishon, yurtim, qalbim tepishin.

Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan
O'tib ketdi, qilmadi jur’at,
Netay, axir, so‘nggi minutda
Pistoletim qildi xiyonat!

Chayon o‘zin chaqar so‘ng damda,
Burgut jardan tikka tashlanar.
Men ham burgut edim-ku, axir,
Boshim egarmidim boshqaga!

Ishon, yurtim, men burgut edim,
So‘nggi minut kelganda, birdan
Uchar edim mag‘rur qanot qoqib,
Tashlanardim balandliklardan.

Netay, axir, do‘st pistoletim
So‘nggi so‘zdan to‘sat bosh tortdi.
Kishan soldi dushman qo‘liga
Va erksizlik qa’riga otdi.

Qullikdaman hozir... har kuni
Kun chiqishin g‘amgin kutaman.
She’r bo‘lib chiqar o‘ch o‘ti
Yaralangan lochin yurakdan.

Kun chiqar yoq, do‘stlar ushlagan
Bayroq kabi, kunda qizarar.
Bilsaydingiz, do‘stlar, tutqun qalb
Ko‘krakdagi yaradan emas,
Qonli o‘chdan shunaqa yonar.

Umidim bor: bir avgust tuni
Boshlab borar najotga, albat.
Yengar tuban bu asirlikni
Qasos, yurtga bo‘lgan muhabbat.

Umidim bor, do‘stlar, safingizda
Topar so‘nggi kurash tilagin,
Yaralangan, lekin qullikka
Bosh egmagan toza yuragim.
1942

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​G’ayratiy – 120 yoshda!

G’ayratiy (Abdurahim Abdullaev) 1902 yil 15 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1972). «Namuna» maktabi (1917— 18) va O’qituvchilar tayyorlash 2 yillik kursida (1918—19) ta’lim olgan. Ilk she’rlar to‘plami — «Er tovushi» (1927), «Yashash taronalari» (1928), «Olov tanlar» (1932), «Tanlangan asarlar» (1934), «Sevgi» (1939), «Oltin yoshlik» (1940), «Asr sadosi» (1972) kabi she’rlar va «Qutulish» (1928), «Hashar» (1929), «Qora yuraklar» (1931), «Hikoyalar» (1957) kabi hikoyalar to‘plamlari bor. «Oqin hukmi» (1931), «Uzoqdagi yor» (1967), «Baxmal kirg‘oq» (1971) qissalari nashr etilgan. «Onamga xat» (1935) va «Jinasta» (1937) dostonlari bilan mashhur bo‘lgan. Bolalarga bag‘ishlab bir qancha asarlar ham yozgan ( «Yo‘qolgan bola», «O’rmon mushugi» va boshqa). 1976 yil 17 yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan.


NAVRO’Z

Sabzalarga qo‘ngan shabnamda
Latofating, ko‘rinar aksing.
Mayin hislar kezar tanamda,
Hayotbaxshdir iliq nafasing.

Bo‘sa olib g‘uncha labidan,
Kapalaklar rashkin oshirdim.
Ko‘ngil ishqi va talabidan
Oshiq bulbul ashkin toshirdim.

Seni sevmay bo‘lurmi, bahor,
Maftun qilding ohu ko‘ziga.
Savdo solding boshimga takror,
Izlagayman tushib iziga.

Shaftolining guli, bo‘yiga,
Sarxush qilding oydin kechada.
Jo‘shqib oqqan daryo kuyiga
Kuyim qo‘shdim, bu dard barchada.

Sahar turib meni uyg‘otmish,
Bulbullarning otash g‘azali.
Chamanlarning bag‘riga tortmish,
Tong yulduzi kulgan mahali.

YAPROQLAR

Yaproqlar, tinmagan, yashil yaproqlar,
Bokira bahorning oltin satrisiz.
Siz umr daftari, asil yaproklar,
Gulshanni anqitgan mayin atrisiz.

Chamanlar bazmida chalgansiz chapak,
Bulbullar o‘qisa shirin bir g‘azal.
Sizda o‘z aksini ko‘rarkan yurak,
Hayotdan zavq olar shubhasiz tugal.

Bedor tabiatning fasli, xislati,
Oltin sahfangizda noyob debocha.
Oshiqlar qo‘shig‘i, chin muhabbati,
Mazmuni o‘qilur kunduz va kecha.

Bir yilning nomasi sizda mujassam,
Sarg‘aygan satrlar, umr yo‘lingiz.
To‘ymayman sizlarga, boqqanda har dam,
Bahor vasfin yozmish mohir qo‘lingiz.

ILTIJO

Naqadar shiddatli hijron g‘ussasi,
Ba’zida ezadi ayriliq - firoq.
Behuda o‘tganday hayot qissasi,
Yonmaydi ko‘nglingga yoqilsa chiroq.

Roziman boshimga tushsa tog‘ qulab,
«Xayr endi» so‘zini eshitish og‘ir.
Sen ketsang kiprikka achchiq yosh ulab,
Qolaman, yuragim yonar bir umr.

«Xayr endi» so‘zini aytar begona,
Sen axir mehribon, yaqin, munissan.
Ishq o‘tin ardoqlab bo‘ldim parvona,
Qalbimni yoritgan otash bir hissan.

Roziman sha’nimga aytsang har xil gap,
Sog‘intir, qiynagil, qilgin malomat.
Ko‘rganda yuzingni mayli burgil chap,
Zinhor xayr demagil, ey pok muhabbat.

«Xayr endi» so‘ziga bormasin tiling,
Nahotki chidasa qiynashga ko‘ngling?!

BO’LMA BEPARVO

Tun bo‘lsa bu cheksiz olam chirog‘i,
Ko‘rinar to‘lin oy va uning dog‘i.
Yorimga suqlanib dog‘da qolganday,
Ma’sum jilvalanar uning yonog‘i.

Oy kabi quyoshda dog‘ ko‘rib shoshdim,
Ko‘zimga ishonmay to‘lg‘andim, toshdim.
Bilsam, yor yuziga zulfin soyasi
Tushibdir, bir ko‘rib, naylay, adashdim.

Tararda zulfingni bo‘lma beparvo,
Solmagin ko‘ngilga iztirob, savdo.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun - xalqona sheʼrlari bilan yuraklarga kirib borgan shoir - Toʻra Sulaymon tavallud topgan kun...

To'ra Sulaymon Jizzaxning Baxmal tumani, Yoyilma qishlog'ida tug'ilgan.1936-yil To'ra Sulaymon qishlog'ining boshqa aholilari kabi Sirdaryo viloyatiga, Mirzacho'lga ko'chirildi.Tarjimai xolida Tugilgan sanasi noaniq ekanligini ko'rsatib o'tgan. Onasini hikoya qilishicha, tugilgan yili, tahminan, 1932-yilga, otasi surgun qilingan, onasining qo'lida chaqaloq bo'lgan paytlariga to'g'ri keladi. Ammo ba'zi ma'lumotlarga ko'ra To'ra Sulaymon 1934-yil 15-fevralda Sirdaryo viloyatining Baxmal tumanida tug'ilgan.

O'rta maktabni 1952-yilda tugatgach, maktablarda o'qituvchilik qilgan.
U 1958-1964 yillar Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan o'qib bitirgan. Avval ''Guliston'' nomli tuman, so'ng ''Sirdaryo haqiqati"nomli viloyat gazetalarida mas'ul kotib bo'lib ishlagan.
1972-1977 yillar O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyatida mas'ul kotib bo'lib faoliyat yuritib kelgan. 1986 yildan umrining oxirigacha abadiy maslahatchilik qilgan.

Bo'lg'usi shoirda adabiyotga, ijodga havas ancha erta uyg'ongan. Bundan xalq ijodi, xalq kitoblarini yaxshi bilgan zukko ota-onasining xizmati katta bo'lgan. "Ayniqsa otamdan eshitgan ertaklarim orasida "Boldirboy" degan ertakni boshqacha mehr bilan yoqtirganman", deb eslaydi shoir.

To'ra Sulaymon shoir sifatida matbuotda 1958 yildan ko'rina boshladi. 1962 yilda esa uning "Istar ko'ngil" she'riy to'plami chop etildi. Uning "Alhazar"nomli hajviy she'rlar to'plami 1979-yili "Mushtum" jurnali sovriniga sazovor bo'lgan. Shuningdek, "O'zbekiston xalq shoiri" mukofoti bilan taqdirlangan. She'rlar yozish bilan bir qatorda, To'ra Sulaymon musiqiy jo'rlikda baxshichilik qilgan.

***
Gulzorni alaf bossa, zogʻ bossa bogʻbon turib,
Muallaq qolsa kimdir yer turib, osmon turib,
Gar gazanda toptasa tuproqni posbon turib,
Bir yoʻrtoq yoʻl boshlasa qudratli karvon turib,
Koʻnglimda armon yotar
Ahvoli abgor misol...

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Fidoiy_ustozning_mazmunli_darslari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi mahoratli muallimi, oliy toifali geografiya fani o'qituvchisi Hakimov Hamza Nuraddinovich har bir o'tkazgan dars mashg'ulotiga jonkuyarlik bilan yondashadi. Yuqorida suratlarda ham buni yaqqol isbotini, ustozning mashg'ulotga yurakdan, jo'shqinlik bilan yondashayotganligini va o'quvchilarning katta qiziqish, ishtiyoq bilan tinglayotganliklarini ko'rishingiz mumkin.
Darvoqe, ushbu dars kuni kecha ijod maktabimiz 8-"A" sinfida "O'zbekiston transportining zamonaviy rivojlanishi" mavzusida tezkor savol-javob, "Aqliy hujum" metodlaridan foydalanilgan holda tashkil qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NASR_TÒGARAGI
#JARAYON
Joriy yilning 14-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Nasr'' to‘garagi rahbari sifatida umidli va iste'dodli shoir va nosir, yosh ijodkorlarning "Navqiron gujumlar" loyihasi g'olibi Jumanazar Yo‘ldosh faoliyatini boshladi. Mashg'ulotda "Adabiyot - so'z san'ati'' mavzusi doirasida so'z bordi. Jarayonda adabiyotdagi g'oyalar, dunyo adiblari haqida ma'lumotlar berildi. A.Qahhor, O'.Umarbekov hikoyalari tahlil etildi, hikoyachilik mahoratlari xususida suhbat qurildi.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi