Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#ZAHIRIDDIN_MUHAMMAD_BOBUR_539
#JAYAYON

Joriy yilning 14-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 539 yilligi munosabati bilan o‘quvchilarimizning bilimlarini sinab ko'rish maqsadida "Eng bilimdon o‘quvchi " tanlovi tashkil qilindi. Ushbu tanlovda bosh tarbiyachimiz Maqsuda Bobojonova tomonidan shoir hayoti va ijodi aks ettirilgan tezkor savollar berildi. Tanlov yakunida "Eng bilimdon o‘quvchi" deb 9-"A" sinf o‘quvchisi Bahodirova Mushtariybonu topildi.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MANGU_TIMSOLLAR
#JARAYON

14-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar zalida" o‘zidan o‘chmas va o‘lmas meros qoldirgan Zahiriddin Muhammad Bobur va Xorazmda tog'lar o‘rnini bosuvchi buyuk zotlari borligini o‘z hikmatlarida qoldirgan O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludi munosabati bilan "Mangu timsollar" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xiva shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi kapitani Allaberganov Ilhom va mas'ul xodimlar tashrif buyurdi. Bobur hayoti bo‘yicha Filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova o‘quvchilarga ma'lumotlar berib o‘tdi. Shundan so'ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan sahna chiqishlari namoyish etildi. Tadbirni boshqarib borgan shoir va jurnalist Otabek Ismoil Omon Matjonning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida gapirib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir yakunida Ogahiy ijod maktabi tomonidan tayyorlangan "video roliklar" taqdim etildi.


Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KECHKI_NAZORAT
#JARAYON
Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki payt "O‘quvchilar yotoqxonasida" Maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Sadullayev va CHQBT rahbari T. Kadamov o‘quvchi yigitlarga tartib qoidalari bo‘yicha nazorat tushuntirish ishlarini olib borishdi. Kechki nazoratdan foto lavhalar

🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
2022 yil 1⃣5⃣-fevral, seshanba

BAYRAMLAR:

- 🇷🇺Vatandan tashqarida rasmiy burchni bajargan ruslarni xotirlash kuni
- 🇧🇾Belorussiyadagi internatsionalist askarlar xotirasi kuni
- 🇺🇦Ukrainadagi boshqa davlatlar hududida harbiy harakatlar qatnashchilarini sharaflash kuni
- 🇺🇳Xalqaro onkologik kasalliklar kuni
- 🇷🇸Serbiyada mustaqillik kuni
- 🇨🇦Kanada davlat bayrog'i kuni

TARIXDA BUGUN:

- 1045 —Rossiyada Sofiya ibodatxonasi qurilishi
- 1820 yil - fizik Xans Oststed elektr energiyasining magnit ta'sirini kashf qildi
- 1895 yil - Gnesins nomidagi Rossiya musiqa akademiyasining tug'ilgan kuni
- 1919 yil - Katta drama teatrining tug'ilgan kuni (bugungi kunda - Tovstonogov nomidagi katta teatr)
- 1942 — Yaponiya Singapurni bosib oldi
- 1947 yil - SSSRda Sovet fuqarolari va chet elliklar o'rtasida nikoh taqiqlangan
- 1989 yil - Sovet qo'shinlarining Afg'onistondan chiqarilishi tugadi
- 1994 yil - Rossiyada Prezident hokimiyatining ramzi - Rossiya Federatsiyasi Prezidentining standarti rasmiy ravishda kiritildi
- 2005 — YouTube sayti ishga tushdi.
- 2013 yil - Chelyabinsk orqali meteorli yomg'ir yog'di

TAVALLUDLAR:

👶 1564 - Galileo Galiley - italyan olimi, astronom, fizik, faylasuf va matematik.
👶 1710 - Lyudovik XV - Fransiya qiroli (1715-1774)
👶 1786 yil - Mariya Romanova - Buyuk rus malikasi, imperator Pavel I va qirolicha Mariya Fedorovnaning qizi
👶 1861 yil - Alfred North Whitehead - britaniyalik matematik, faylasuf, mantiqchi
👶 1862 yil - Savva Morozov - rus tadbirkori, sanoatchi va filantrop
👶 1882 - Jon Barrimor - amerikalik teatr va kino aktyori
👶 1902 yil - Larisa Aleksandrovskaya - Belarus sovet opera qo'shiqchisi, jamoat arbobi. SSSR xalq artisti
👶 1906 yil - Musa Jalil - tatar sovet shoiri, Sovet Ittifoqi Qahramoni
👶 1909 yil - Nikolay Rylenkov - rus sovet shoiri, nosir


OBUNA BO‘LING:
👉 @kalendarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IJOD_ZAVQI
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN

DARS PAYTI
Dars payti. Xayollar sudrar har tomon,
Daf'atan. She‘r yozgim keldi negadir.
Qo‘limga qalamni oldim-u lekin,
Neni yozsam bu dil jim bo‘lar axir.

Yozmasam sira ham orom yo‘q qalbga,
Turtkilar har damda bezovta ko‘ngil.
Yozyapman har yoqqa olib ketmang deb,
Xayolning qo‘llarin kishanlab dadil.

Bechora qog‘ozga juda ham qiyin,
Qalbimning dardini ko‘tarar har kun.
O‘zimni juda ham aybdor sezaman,
Qayg‘uyim qog‘ozga berganim uchun.

Yuragim yonadi ijod ishqi-la
She‘riyat hech so‘nmas, yashar azaliy.
Mayli, bir kun men ham ketarman va lek,
Bu ishqim o‘lmaydi umrbod, boqiy.

Aslida, shoirlar oddiy odammas
Dardin insongamas qog‘ozga aytgan.
Shoirlar shundayin baxtli odamlar:
Ularga Ollohning nazari tushgan.

Mening ham dilimda bor shunday tug‘yon,
Ko‘nglimda bor hali so‘zlarim sohir.
Qalbda ijod bilan tug‘ildimmi bas,
O‘shal ijod bilan o‘laman oxir!

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM