#Tungi_yoĝdu
Ilhom parilari
Qop-qora ko‘rpaga burkangan olam,
Dunyo orom olar, qalbim-chi uyg‘oq.
So‘ngsiz xayollar-la yolg‘iz qolaman,
Dilimni bir nima o‘rtaydi biroq.
O‘yladim, qalbimni uyg‘otgan ne deb,
Nima meni beorom qiladi har tun.
Topdim, va nihoyat, topdim javobin,
Ilhom parilari uyg‘otar har tun.
Parilar uyg‘otib meni har tuni,
Qog‘ozga boringni to‘kib sol deydi.
Yozmasam o‘tadi tunlarim uyg‘oq,
Qalbimga o‘t solar yozmasam endi.
Hozir ham parilar uyg‘otib meni,
Qo‘limga tutqazdi asta qalamni.
Qog‘ozga tushirdim ko‘nglim sasini,
Quvamiz qalbdagi dard-u alamni.
Ular menga bag‘ishlar ajib bir tuyg‘u,
Ijod-la sehrli har bitta kunim.
Shunchaki yozmasman ular-la axir,
"Shunchaki yozmoq bu-shoirga o‘lim".
Ey, qalbi ijod-la oshno bo‘lganlar,
Tunlar bedor siz ham bitsangiz she‘rlar
Xursand bo‘ling, chunki sizni uyg‘otgan
O‘sha mittigina ilhom parilar!!!
✍ Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿
Birinchi bo'lib bizning telegram kanalda👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

YALDO KECHASI
Bu tun yuragimda gul ochilarmi,
Yo vujudim aro tosh sochilarmi,
Va yo Rab, dilimga gʻam tomchilarmi,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Yuragimni nishon oldi nechasi,
Uni ne koʻylarga soldi nechasi,
Kulib ham, kuyib ham qoldi nechasi,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Eng uzun hasratim bu tun boʻlarmi,
Yo uzun shodligim shu tun boʻlarmi,
Yigʻlasam yo kulsam koʻngling toʻlarmi,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Tun choʻkdi. Men qoʻrqib qadam bosaman,
Oyning yelkasiga ruhim osaman,
Lim-lim toʻlib turgan sabri kosaman,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Xudojon, bu dilim titrab turgan gul,
Jon Xudo, sen unga shafqat, rahm qil,
Qodirim, Gʻafforim, nazaringga il,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Kel, ey tun, ikkimiz tutingaymiz doʻst,
Sen menga, men senga yukingaymiz, doʻst,
Biz birga Rahmondan oʻtingaymiz, doʻst,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Haqning marhamati haqdir, azizim,
Yolvorsak, karami naqddir, azizim,
Tongga omon yetsak, baxtdir, azizim,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi.
Sayyorada goʻzal bir tun boʻlgaysan,
Tunlar ichra afzal bir tun boʻlgaysan,
Dilginamda gʻazal bir tun boʻlgaysan,
Qishning uzun tuni, Yaldo kechasi!
Sayyora Samandar.
21.12.21.

#OAV_va_bizning_maktab
O'zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi "XORAZM HAQIQATI" gazetasida 2021-yil 17-dekabrdagi 76-sonida 17-dekabr -- buyuk shoir, mohir tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavallud topgan kun munosabati bilan
"BEBAHO MEROS CHUQUR O'RGANILMOQDA"
sarlavhasi ostida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayevning maqolasi maktabdagi ijodiy jarayonlar suratlari bilan chop etildi.
Marhamat, o'qib chiqishni tavsiya qilamiz.
Bizning telegram kanalimiz:

#Ustozlar_va_òquvchilar_tashrifi
Joriy yil dekabr oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Urganch tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabining o'quvchilari ustozlari rahbarligida tashrif buyurdilar. 8-sonli maktab ijodiy-madaniy masalalar bo"yicha targ'ibotchisi ish rejasi ijrosi doirasida mehmonlar ijod maktabida yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, o'quv-tarbiya jarayonlari, maktabga qabul qilinish tartiblari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar va o'zlarining iliq fikrlari hamda shu ijod maktabida o"qish istaklarini bildirdilar.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabida bo'lib o'tgan, 17-dekabr --Ogahiy hazratlari tavalludining 212 yilligiga bag'ishlangan katta tadbir haqida keng qamrovli lavha Xorazm televideniyasining "Assalom, Xorazm!" dasturida namoyish etildi.
Marhamat, tomosha qiling.
Marhamat, tomosha qiling.👆