Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#TAASSUROTLARGA_BOY_DARS

Dekabr oyining 2-sanasida Ogahiy ijod maktabining 7-“A” sinfida tajribali ustoz Dilnoza Davletova boshchiligida geometriya fanidan “Teng yonli uchburchakning xossalari” mavzusida qiziqarli dars mashg’uloti tashkil qilindi. Dars “Men ham o’qituvchi bo’laman” loyihasi asosida o’tkazildi. Dars mashg’ulotini Farangiz Baxtiyorova hamda Shabnam Egamovalar olib bordilar. Dars mashg’uloti dastlab o’tilganlarni takrorlash hamda taqdimot asosida yangi mavzuni tushuntirish bilan boshlandi. Mustahkamlash bosqichida esa o’quvchilar 3 guruhga ajratildi va turli didaktik o’yinlar tashkil qilindi. Masalan, tarqatmadagi savollarga tezkorlik bilan javob berish, ta’riflangan atamani aniqlash, harflardan geometrik atamalarni hosil qilish, geometrik topishmoqlarni topish kabi o’yinlar qiziqarli va maroqli o’tdi. Dars mashg’uloti o’quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TIL_BILGANGA_MING_TANGA

Qish fasli ilk oyi 2-kunidagi dars mashg'ulotlaridan so'ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinfida fransuz tilidan navbatdagi to'garak mashg'uloti bo'lib o'tdi. Unda Fransiya davlati prezidentlari haqida ma'lumot berildi. Musobaqa shaklida, qiziqarli o'tgan dars so'ngida kishilik olmoshlari bo'yicha gaplar tuzish va ularni fransuz tiliga tarjima qilib kelish topshirig'i tarbiyachi pedagog Samiya To'qsonova tomonidan vazifa qilib berildi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QALBIM_MASKANI

2019-yil 4-dekabr - Ogahiy ijod maktabi ochilgan kun!

Qutlug' sana munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabidan bayram tabrigi.

💐IKKI YOSHING MUBORAK BO'LSIN!

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli_mashĝulotlar
#men_ham_kichik_ustoz

Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinfi o‘quvchilari orasida "Men ham kichik ustoz" loyihasi e‘lon qilingan edi. Maxsus adabiyot fani dars mashg‘ulotlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Zamira Atayeva rahbarligida o‘quvchilarning o‘zlari dars jarayonlarini qiziqarli tarzda tashkil qilib, bilimlarini yanada boyitib bormoqdalar. Loyiha doirasida bir nechta darslar tashkil qilindi, o‘quvchilar ustozlik mas‘uliyatini his qilgan holda, o‘zaro ijobiy ma‘noda bellashmoqdalar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har bir darsga tayyorgarlik jarayoni va dars mashg‘ulotlarining qiziqarli va o‘ziga xos tarzda tashkil qilinayotganligi bunga yaqqol dalildir. O‘quvchilar puxta bilim olishning asosi shu bilimni boshqalarga o‘rgatish ekanligini chuqur his qilmoqdalar. Quyida dars mashg‘ulotlaridan olingan lavhalarni e‘tiboringizga havola qilar ekanmiz, o‘quvchilarimizga bilim cho‘qqilarini egallashlarida omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi