***💎Hayotim nuri- ustozim
Ustozim-yoʻlboshchim hayotimda,
Har soʻz-sabogʻingiz xayolimda.
Ming ehtirom, tashakkur sizga,
Bilim dunyosin ochdingiz bizga.
Qaydan sizda buncha ishtiyoq,
Sizsiz ufqda nur sochgan mayoq.
Mehringiz cheksiz ummon ustozim,
Qalbingiz keng jahon ustozim.
Ilm neʼmatin bizga bergansiz,
"Oq yoʻl endi, oʻgʻil-qizim"- degansiz.
Degansiz: "Doimo qiling gʻalaba,
Oliygohlarga boʻling talaba".
Hayot sinovdir, berilmas boshqa,
Notekis yoʻllardan oʻtamiz goho.
Aytganingiz-toʻgʻri yoʻlda yashaymiz,
Doimo mehnatingiz oqlaymiz.
Agar xato qilsak tuzatdingiz,
Qoqilmasin deya kuzatdingiz.
Ota-onamizdek suyuk ustozim,
Taʼzimlar sizga buyuk ustozim.
Qadrdon maskanda aziz muallim,
Navqiron avlodga berasiz taʼlim.
Chin insonlikni oʻrgandik sizdan,
Oq yoʻl tilab, rozi boʻling bizdan.
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi Komiljonova Soliyajon

#Respublika_tanlovi
#Muvaffaqiyat
Qadrli do'stlar. Avval xabar berganimizdek,
Respublika yosh olimlar kengashi va O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Xorazm viloyati bo'limlari hamkorligida 21-oktyabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Ona tilim-faxrim mening!" mavzusida Respublika miqyosida o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida Ogahiy ijod maktabi pedagog va o'quvchilari ham faol, munosib va muvaffaqiyatli ishtirok qildilar. Shuni alohida faxr bilan aytishimiz mumkinki, Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, ijodkor ustoz Muhabbat Jumaniyozovaning ijod namunasi "Eng yaxshi she'r" nominatsiyasi bo'yicha ushbu Respublika tanlovida faxrli 3-o'rinni egalladi va ijodkor ustoz Respublika yosh olimlar kengashi direktori hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo'limining ДИПЛОМи bilan taqdirlandi.
Ijodingiz yanada yuksalaversin ustoz.
#Ogahiy_ijod_maktabi

#ryok_xorazm
#ona_tilim_faxrim_mening
"Eng yaxshi she'r" nominatsiyasi
🥉Jumaniyozova Muhabbat
Ogahiy nomidagi ijod maktabining o'qituvchisi
🎉Tabriklaymiz! Kòplab yutuqlarga erishish nasib qilsin!
Bizning manzil: @ryok_xorazm

#Bir_shirin_sòz_bitkazar
#Ming_kòngilning_yarasin
29-oktabr sanasida Ogahiy ijod maktab-internat psixologi Sa'dullayev Bobur Bahtiyorovich tomonidan 8-sinfda "Shaxsning muloqot jarayonida hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirish" nomli trening mashg'ulotini o'tkazildi. Bundan asosiy maqsad muloqotning tarbiyaviy ahamiyati, bu insonning ongini va eng avvalo, uning hissiy, irodaviy va aqliy xususiyatlarini shakillantirish uchun zaruriy shart ekanligidir.
Trening jarayonida mavzu bo'yicha qisqacha ma'ruza o'qilib, savol-javoblar qilindi va har bir o'quvchining shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashildi. Turli xil korreksion o'yinlarni psixologning o'zi ham o'quvchilar bilan birga o'ynagani ularni yanada ruhlantirdi.
Trening o'quvchilarda boshqalarni fikrlarini hurmat qilishga, o'zaro tushunishga intilish, hissiyotlarini boshqarishga, sabr-toqatli bo'lishga, sinfdoshlari bilan munosabatlarini yanada iliqlashishiga olib keldi va shu bilan treningdagi ko'zlangan maqsadlarga erishildi.

#Ёшлар_келажагимиз
Куни кеча Огаҳий ижод мактабининг "Истеъдодлар маркази"да 2020-2021 ўқув йили учун Хива шаҳар Сардорлар кенгаши сайлови бўлиб, унда Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Хива шаҳар кенгаши томонидан ташкил қилинган танлов ва тадбирларда яқиндан ёрдам берганлиги учун Огаҳий ижод мактаби жамоаси ТАШАККУРНОМА билан тақдирланди.

Огаҳий номидаги ижод мактабининг 6-синф иқтидорли ўқувчиларидан Аҳмеджонова Шаҳризода "Серқирра ёшлар" каналида ўтказилган "Янги овоз" танловида ўзининг ёрқин ва креатив ижод намунаси билан фаол иштирок этганлиги учун СЕРТИФИКАТ билан тақдирланди.
#Tabriklaymiz_qutlaymiz

#Аъзам_Ўктам_60_ёш
Ўзбек адабиётида ижодкорлар кўп ва хўб. Ҳар бир ижодкорнинг ўз услуби, ўз йўналиши ва ўз қарашлари мавжуд, ижодкорлар бир-бирини такрорламайдилар, воқеа-ҳодисани ўзларига хос талқинда тасвирлайдилар.
Аъзам Ўктам ҳам ана шундай шоирлардан бири эди. Агар ҳаёт бўлганларида бу йил 4 октябрда 60 ёшга тўлар эдилар. Гарчи шоир жисман орамизда бўлмаса-да, руҳан қалбларимизда яшамоқда. Аъзам Ўктам шеъриятида мантиқ кучли, шиддат ва ўктамлик, лирик қаҳрамон руҳиятида улкан бир дард ва алам бор. Шоир наздида “Аламсизлар – қаламсиздир”.
Шеърларида мақол ёки маталлар, иборалар, халқона фразеологик бирликлар воситасида образ яратади. Баъзи ўринларда “Ҳаёт менга дўст эмас, ҳа, ёт”, “Оллоҳ, паноҳингга ол-л, оҳ”, “Кўпиртирди: Зиёли “Зиёнли”га айланди” каби сўз ўйинлари учрайди. Сўздаги биргина урғу, нуқта, оҳанг, бўғин бўлиниш янги маъноларга олиб келиши табиий.

Куни кеча Хива шаҳридаги Огаҳий ижод мактабимизда адиб ижодига бағишланган тадбир ўтказилди. Ўқувчилар шоир ижодидан намуналар ўқидилар. Мактабнинг она тили ва адабиёт фани ўқитувчиси Мадина Матёқубова адиб ҳаёти ва ижоди ҳақида ўқувчиларга маъруза қилди. Тадбир жуда қизиқарли ва мароқли ўтди.
Қуйида 👇 ушбу тадбирдан тайёрланган видеолавҳани эътиборингизга ҳавола қиламиз. Марҳамат, томоша қилинг.
#Огаҳий_ижод_мактаби