Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Alisher_Navoiy_583

Muxammas


Sitam tarkini bagʻrim yarosiga malham qilgʻil,
Ishq zimnida sadoqat ahdini mahkam qilgʻil,
Koʻzim hazaligʻa nigohing  saydafkan qilgʻil,
Qaro koʻzim kelu mardumligʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzim qarosida mardum kibi vatan qilgʻil.

Dil sahnida ishq gavharin qilib maʼdan.
Toʻti kalom vasl bazmidin soʻylabon shoʻxchan,
Och pardamikim bebasirligʻim oʻlub ravshan,
Yuzing guliga koʻngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.

Kulsa fasli bahoron, yurak lolasin dogʻla,
Qasdi murodimgʻa hajr hanjarin chogʻla,
Xayli fusun birla bikin majruh dilni sogʻla,
Takovarinnggʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
Itinggʻa gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.

Toʻkmish tufrogʻim ustina ashk selobi buncha talx,
Iltifoting savdosida lutfinnggʻa jonni qildi narx,
Hajrida betobligʻim zardin yuzim qilgusi sharx,
Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx,
Xamir etib yana ul togʻda Koʻhkan qilgʻil.

Zulfing toriga nisor et boreʼ sunbullarni,
Fionim muztar etgay gulshanda bulbullarni,
Yuz-u qadding havosi iradi sarv-u gullarni,
Yuzung visoligʻa yetsun, desang, koʻngullarni,
Sochingni boshtin-ayogʻ chin ila shikan qilgʻil,

Barbot oʻlmak amrigʻa ahli hayvondur someʼ,
Xayli xarobotdur raiyat rasmigʻa qoneʼ,
Vasl umidin yitmas zulmpesh agʻyor jameʼ,
Xazon sipohiga, ey bogʻbon, emas moneʼ
Bu bogʻ tomida gar ignadin shikan qilgʻil.

Shom-u sahar oh urib qildi nolon ishq meni,
Kim xabar topsa degay: "bechora mushfiq"-meni,
Hoki turob uz-zamon ishqqa muvofiq meni,
Yuzida terni koʻrib oʻlsam ey, rafiq, meni,
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilgʻil.

Majlisi donish mulkati arkon aro tuzsang,
Yor vasfinikim ashʼori devon aro tuzsang,
Qon-boda, jomi-dil, shafaq-alvon aro tuzsang,
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Ani bashogʻliq oʻqin shamiʼ anjuman qilgʻil

Barno Yusupova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Kun_hikmati

Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig',
Yor o'lung bir-biringizgakim, erur yorlig' ish.

✍️Alisher Navoiy


Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#тарих_сабоқлари

Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim kabi buyuk ajdodlarimizning kelajak avlod vakillariga qoldirib ketgan katta ilmiy va ma’naviy merosi biz uchun katta faxr.

🔹Dunyo tan olgan ushbu shaxslar o‘z iste’dodlarini bolaligidan shakllantirib kelgan. Bilim olib o‘z tanlagan yo‘lida ulkan natijalarga erishish uchun doimo o‘qib izlangan. Vaqtini bebaho ne’mat bilib, undan unumli foydalangan.

❗️Aziz o‘quvchilar! Ularning shonli hayot yo‘li va olamshumul yutuqlari barchamizga katta o‘rnak bo‘lishi lozim.

✔️ Buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish va orzularimiz sari harakatni hozirdan boshlaylik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navoiygaqaytamiz

Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to'ldi.

Ushbu sanada ko’p ham tilga olinmaydigan, ammo Navoiyning Navoiy bo’lishiga sababchi inson haqida sun’iy intellekt yordamida “Alisherning onasi” nomli videorolik tayyorladik.

@alisher_sadullaev
“XORAZM HAQIQATI” VA “XОРАЗМСКАЯ ПРАВДА” GAZETALARI BIRLASHGAN TAHRIRIYATI HUZURIDAGI “YOSH JAMOATCHİ MUXBIRLAR MAHORAT MAKTABI”DA

“ORZUYIMIZ JURNALST BOʻLISH”


Ha, "Хоrazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati huzuridagi “Yosh jamoatchi muxbirlar mahorat maktabi”ning navbatdagi mashgʻulotida ishtirok qilgan Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining iqtidorli oʻquvchilaridan Asaloy Otaboyeva, Zilola Doʻsimova, Farangiz Qurbonova, Jasmina Zaribboyeva, Jahongir Baxtiyorovlar kelgusida jurnalist kasbini egallashni orzu qilganliklarini va bu borada hozirdanoq oʻzlarining bilim, mahoratlarini oshirib borayotganliklarini qayd etishdi.
Tahririyatimiz huzuridagi “Yosh jamoatchi muxbirlar mahorat maktabi”da kelgusida jurnalistika kasbini egallashga ahd qilgan koʻplab ana shunday yoshlarga viloyatimizning taniqli ustoz jurnalistlari muntazam ravishda soha boʻyicha koʻp yillik ijodiy tajribalaridan kelib chiqqan holda mashgʻulotlar oʻtkazmoqdalar.
“Mahorat maktabi”ning kecha, payshanba kuni tahririyatda boʻlib oʻtgan navbatdagi mashgʻulotida Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari, oʻqituvchilari ham ishtirok qildilar.
Mashgʻulotda “Xorazm haqiqati” va “"Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova gazetalarga maqolalar tayyorlash va bunda janrlardan samarali foydalanish hamda muxbirlar, jurnalistlar, musahhihlar-korrektorlarning, matbaachilik boʻyicha mutaxassislarning kundalik ish faoliyatlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Shuningdek, tinglovchilar gazetalar sonlarini kompyuterda sahifalash jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Gazetalarni kompyuterda sahifalovchi tajribali mutaxassis Shoxida Yusupova yoshlarga bu yuzadan tushunchalarni berib, amalda ish tajribasidan namunalarni aniq tarzda koʻrsatib oʻtdi. Oʻquvchilar bu jarayonda ham yon daftarlariga zarur maʼlumotlarni qayd etishdi.
- Bugungi mashgʻulot biz uchun yanada foydali boʻldi. Ayniqsa, xabar, yangiliklar, reportajlarni tayyorlash boʻyicha ustozlar oʻtkazgan “Mahorat darslari”ni diqqat bilan tingladik. Orzuim kelgusida jurnalist boʻlish, - deydi Jahongir Baxtiyorov.
Mashgʻulot yakunida tinglovchilar tahririyatning muzeyida boʻlib, gazetalarning oʻtgan yillarda chop etilgan taxlamlari va muzeyga qoʻyilgan eksponatlar bilan ham tanishdilar.
“Yosh jamoatchi muxbirlar mahorat maktabi”ning mashgʻulotlari har haftaning payshanba kuni tahririyatning 520-xonasida davom etmoqda.
Yosh iqtidor egalariga ustozlar doimiy ravishda oʻzlarining jurnalistika sohasi boʻyicha tajribalarini oʻrgatishga tayyor.

Otaxon Rahim, jurnalist

Tahririyatning rasmiy telegram kanali
https://t.iss.one/xorezmnewsuz
“XORAZM HAQIQATI” VA “XОРАЗМСКАЯ ПРАВДА” GAZETALARI BIRLASHGAN TAHRIRIYATI HUZURIDAGI “YOSH JAMOATCHİ MUXBIRLARI MAHORAT MAKTABI”DA

➡️ "Хоrazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati huzuridagi “Yosh jamoatchi muxbirlar mahorat maktabi”ning navbatdagi mashgʻulot jarayonidan foto lavhalar.

📸 Fotosuratlar gazeta xodimi Otaxon Rahim tomonidan olingan.

Tahririyatning rasmiy telegram kanali
https://t.iss.one/xorezmnewsuz

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Alisher_Navoiy_583

📆 9-fevral –Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

NAVOIY BOBOMGA

She'r muallifi: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Alisher_Navoiy_583

So‘z mulkining sultoni


❇️ Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 583 yiligiga bag‘ishlab “So‘z mulkining sultoni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

➡️ Unda Xivadagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda markazimiz bosh mutaxassisi Gavharjon Yaqubova yoshlarga kutubxona fondida saqlanayotgan Navoiy asarlari to‘g‘risida ma'lumot berdi. O‘quvchilar shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida so‘zlab, ijodidan namunalar o‘qidilar.



👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌