#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Shunday insonlar bor...
Hayot deb atalmish qora qozonda
Yonib-kuyib oxir pishganlari bor.
Oʻzligin oʻzagin anglolmay yurgan,
Oʻzganing qoʻliga boʻlar ekan zor.
Shunday insonlar bor, yiqilsa nogoh,
Suyanib qolguvchi najot izlaydur.
Qayga borsa, oʻzin manfaatin oʻylab,
Falak yuzin koʻzlab, qanot izlaydur.
Shunday insonlar bor, yolgʻonni rost deb,
Kumushni oltinga qilar mushtarak.
Yolgʻon va'dalarin berar-u, ammo
Tosh suvga otilgandek ketar bedarak.
Shunday insonlar bor, doʻstingman deydi.
Foydang tegib tursa, qoʻling siqar u.
Gar yillarni yamlab kelsa bitta gʻam,
Qalbingni parchalab, joning siqar u.
Shunday insonlar bor, gʻiybatchi, makkor,
Oʻzganing aybini dunyoga yoyar.
Bilmaski, bu ishi hech qilmaydi kor,
Soʻng Jannat kalitin qoʻldan boy berar.
Yigʻlama nomardning mish-mishini deb,
Ogʻrinma hayotning yoz-u qishi deb,
Dunyoning boʻgʻuvchi tashvishini deb.
Oxir jon qiynalar oʻz qilmishin deb.
✍️: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Shunday insonlar bor...
Hayot deb atalmish qora qozonda
Yonib-kuyib oxir pishganlari bor.
Oʻzligin oʻzagin anglolmay yurgan,
Oʻzganing qoʻliga boʻlar ekan zor.
Shunday insonlar bor, yiqilsa nogoh,
Suyanib qolguvchi najot izlaydur.
Qayga borsa, oʻzin manfaatin oʻylab,
Falak yuzin koʻzlab, qanot izlaydur.
Shunday insonlar bor, yolgʻonni rost deb,
Kumushni oltinga qilar mushtarak.
Yolgʻon va'dalarin berar-u, ammo
Tosh suvga otilgandek ketar bedarak.
Shunday insonlar bor, doʻstingman deydi.
Foydang tegib tursa, qoʻling siqar u.
Gar yillarni yamlab kelsa bitta gʻam,
Qalbingni parchalab, joning siqar u.
Shunday insonlar bor, gʻiybatchi, makkor,
Oʻzganing aybini dunyoga yoyar.
Bilmaski, bu ishi hech qilmaydi kor,
Soʻng Jannat kalitin qoʻldan boy berar.
Yigʻlama nomardning mish-mishini deb,
Ogʻrinma hayotning yoz-u qishi deb,
Dunyoning boʻgʻuvchi tashvishini deb.
Oxir jon qiynalar oʻz qilmishin deb.
✍️: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Koʻngil borki...
Koʻngil borki, oʻzga koʻngil qoyalari tegib ketmas,
Ushlay olmas bir shoirning bilaklaridan.
Oʻlaksalar balandparvoz gap-soʻzlardan boʻlganda mast,
Hayo qilar oq bulutning yuraklaridan.
Koʻngil borki, zaxarhanda iltifotdan,
Oʻzin tiyib osmonlarga uchib ketgan.
Qadrin bilmas ikki kunlik bu dunyoga,
"Hasratlaring dunyo qadar ulkan" degan.
Daryolarga soʻngi tomchi boʻlmoq shartmas,
Koʻngillarning piri boʻlmish insonlarga.
Inson oʻzi oʻyinqaroq, oshiq, sarmast,
Qah-qah urib kulayotgan osmonlarga.
Koʻngil borki, daydi hislar karvoniga,
Fano dunyo ogʻushida madad boʻlgan.
Koʻngil borki, horgʻinlarda sarboniga,
Ishq oʻtida lahja boʻlib yonib bergan.
Koʻngil borki, oʻzga koʻngil qoyalari tegib ketmas...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Koʻngil borki...
Koʻngil borki, oʻzga koʻngil qoyalari tegib ketmas,
Ushlay olmas bir shoirning bilaklaridan.
Oʻlaksalar balandparvoz gap-soʻzlardan boʻlganda mast,
Hayo qilar oq bulutning yuraklaridan.
Koʻngil borki, zaxarhanda iltifotdan,
Oʻzin tiyib osmonlarga uchib ketgan.
Qadrin bilmas ikki kunlik bu dunyoga,
"Hasratlaring dunyo qadar ulkan" degan.
Daryolarga soʻngi tomchi boʻlmoq shartmas,
Koʻngillarning piri boʻlmish insonlarga.
Inson oʻzi oʻyinqaroq, oshiq, sarmast,
Qah-qah urib kulayotgan osmonlarga.
Koʻngil borki, daydi hislar karvoniga,
Fano dunyo ogʻushida madad boʻlgan.
Koʻngil borki, horgʻinlarda sarboniga,
Ishq oʻtida lahja boʻlib yonib bergan.
Koʻngil borki, oʻzga koʻngil qoyalari tegib ketmas...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#Bizning_ijod
#Nazm
Boʻshliq
Bir kitob yoʻliqdi "Dunyo" atalmish,
Oʻyladim - xoʻp qiziq, mukammal, bekam.
Dastlabki sahifa. Oʻqiy boshladim:
"Bir bor ekan, bir yoʻq ekan..."
Purviqor togʻlar bor, koʻkni oʻpmagan,
Hilolni quvgan-u kun hech yetmagan,
Soʻz bor tigʻdan oʻtgan, dilga oʻtmagan,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
Kulbaning hovlisin baxtlar toʻldirgan,
Koshona bagʻriga zulmat qoʻndirgan,
Shoir qalam tutib, sheʼrin oʻldirgan,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
Tarozi pallasi arosat aro,
Haqiqatning koʻksi yolgʻondan yaro,
Yerni yuvgan yomgʻir buluti qaro,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
Hayotni toʻldirgan borliqdir foniy,
Abaddan soʻz ochar bir gala dohiy,
Dunyo bor ekanki, ul jumla boqiy,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-B sinf o'quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#Nazm
Boʻshliq
Bir kitob yoʻliqdi "Dunyo" atalmish,
Oʻyladim - xoʻp qiziq, mukammal, bekam.
Dastlabki sahifa. Oʻqiy boshladim:
"Bir bor ekan, bir yoʻq ekan..."
Purviqor togʻlar bor, koʻkni oʻpmagan,
Hilolni quvgan-u kun hech yetmagan,
Soʻz bor tigʻdan oʻtgan, dilga oʻtmagan,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
Kulbaning hovlisin baxtlar toʻldirgan,
Koshona bagʻriga zulmat qoʻndirgan,
Shoir qalam tutib, sheʼrin oʻldirgan,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
Tarozi pallasi arosat aro,
Haqiqatning koʻksi yolgʻondan yaro,
Yerni yuvgan yomgʻir buluti qaro,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
Hayotni toʻldirgan borliqdir foniy,
Abaddan soʻz ochar bir gala dohiy,
Dunyo bor ekanki, ul jumla boqiy,
Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-B sinf o'quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Kun kelar...
Ko‘zimning pardasi ochilar pinhon,
Quyosh soyasi ketar ko‘nglimdan.
Meni deb o‘ksinma, yig‘lama ishon,
Sen aytar "so‘z"ni kutaman kimdan?
Kun kelar..
Ko‘zlarimda suzgan qayiqchalarning,
Yelkanlarin shamol eltar olisga.
Shunda ahvolimni aytib bergaysan,
Bir sochi sunbulga, go‘zal bir qizga.
Kun kelar...
Osmonlar boshimga qo‘nar,
Bulutlar qalbimga aytadi alla.
Dunyo xotirlari qalbimni ezar,
Ammo tuyg‘ularim kuylar baralla.
Kun kelar...kun kelar...
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabi ning 8-"B" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Kun kelar...
Ko‘zimning pardasi ochilar pinhon,
Quyosh soyasi ketar ko‘nglimdan.
Meni deb o‘ksinma, yig‘lama ishon,
Sen aytar "so‘z"ni kutaman kimdan?
Kun kelar..
Ko‘zlarimda suzgan qayiqchalarning,
Yelkanlarin shamol eltar olisga.
Shunda ahvolimni aytib bergaysan,
Bir sochi sunbulga, go‘zal bir qizga.
Kun kelar...
Osmonlar boshimga qo‘nar,
Bulutlar qalbimga aytadi alla.
Dunyo xotirlari qalbimni ezar,
Ammo tuyg‘ularim kuylar baralla.
Kun kelar...kun kelar...
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabi ning 8-"B" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nazm
U uzoqda qolgan...
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Oʻziga soddalik, soxtalik boylab.
Oʻzimga talpidim, chaqirdim, ammo,
Kelmadi. Kutgandim men uni oylab.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Yurib oʻtolmadi yoʻlaklarimdan.
Hayqirib, toʻlgʻonib, yigʻlatib ketti,
Zarbalari oʻtdi yuraklarimdan.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Poyonsiz yoʻllarda boshlardi aldab.
Tengi yoʼq yolgʻonni qoʻlimga berdi,
Soʻzlarning ortidan, soʻzlarni qalab.
Uzoqda qoldirdim, juda uzoqda,
Oqizib yubordim kattakon selda.
Xanjarlarni urib oʻldirib keldim,
Bahorlari qaytmagan elda.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Qancha yiroqlashsam qalbimda hurlik.
Oldinda eng buyuk kelajak kutar,
Orqaga bir qarab qoyaman kulib.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#2_kun
#Nazm
U uzoqda qolgan...
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Oʻziga soddalik, soxtalik boylab.
Oʻzimga talpidim, chaqirdim, ammo,
Kelmadi. Kutgandim men uni oylab.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Yurib oʻtolmadi yoʻlaklarimdan.
Hayqirib, toʻlgʻonib, yigʻlatib ketti,
Zarbalari oʻtdi yuraklarimdan.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Poyonsiz yoʻllarda boshlardi aldab.
Tengi yoʼq yolgʻonni qoʻlimga berdi,
Soʻzlarning ortidan, soʻzlarni qalab.
Uzoqda qoldirdim, juda uzoqda,
Oqizib yubordim kattakon selda.
Xanjarlarni urib oʻldirib keldim,
Bahorlari qaytmagan elda.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Qancha yiroqlashsam qalbimda hurlik.
Oldinda eng buyuk kelajak kutar,
Orqaga bir qarab qoyaman kulib.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm
Senga...
|
Nihoyat, quyoshning chambaragini,
Aylantirmoq boʻldi, daydi hislarim.
Qodiriy qalamin soʻndirganlarning,
Siynasini hanjar bilan oʻymoq istadim.
Quturgan itlarning hirillashlari,
Ming tuban ichida moziyga yaqin.
"Oʻtgan kun"larining siniq mash'ali,
Tubanliklar aro boqiy yashasin.
||
Qaytsin...
Qaytsin asrimizning aziz onlari,
Bong ursin odamlar, bong ursin faqat.
Vodiylarni yayov kezgan Olimjonlari,
Qizgʻaldoqqa oshiq boʻlgan sodda Muhammad.
Qaytsin, dalalarda paxta tergan chin dehqonlari.
Tugʻilsin...
Vatanni ta'riflamoq-chun,
Tillaridan ayrilgan farzand.
Dunyoga nomingni yoymoqlik uchun,
Tugʻilsin Temurdek yana bitta mard...
|||
Oʻlmasin...
Oʻzligin sevadiganlar,
Qulluq qiladiganlar,
Va...
Sevgisin rangidan ilhomlar olib,
Vatanni qalamda chizadiganlar.
Oʻlmasin.
Oʻlmasin.
Oʻlmasin...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm
Senga...
|
Nihoyat, quyoshning chambaragini,
Aylantirmoq boʻldi, daydi hislarim.
Qodiriy qalamin soʻndirganlarning,
Siynasini hanjar bilan oʻymoq istadim.
Quturgan itlarning hirillashlari,
Ming tuban ichida moziyga yaqin.
"Oʻtgan kun"larining siniq mash'ali,
Tubanliklar aro boqiy yashasin.
||
Qaytsin...
Qaytsin asrimizning aziz onlari,
Bong ursin odamlar, bong ursin faqat.
Vodiylarni yayov kezgan Olimjonlari,
Qizgʻaldoqqa oshiq boʻlgan sodda Muhammad.
Qaytsin, dalalarda paxta tergan chin dehqonlari.
Tugʻilsin...
Vatanni ta'riflamoq-chun,
Tillaridan ayrilgan farzand.
Dunyoga nomingni yoymoqlik uchun,
Tugʻilsin Temurdek yana bitta mard...
|||
Oʻlmasin...
Oʻzligin sevadiganlar,
Qulluq qiladiganlar,
Va...
Sevgisin rangidan ilhomlar olib,
Vatanni qalamda chizadiganlar.
Oʻlmasin.
Oʻlmasin.
Oʻlmasin...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm
Ogahiy ijod dargohi
Qadim Xiva muqaddas makon,
Ilm-u ziyo izlab oʻtadi har on.
Olislarga tikar shoir nigohin,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Qancha vaqtlar o‘tdi oqib dengizday,
Dunyo shunday kenglik, shunday cheksizday.
Barchasi mukammal xuddi tengsizday,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Shoir va tarjimon, tarixchi, mirob.
She'riyat valiysi so‘z sehri serob.
Muridlar uchun har bir satr oftob,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Mas'uliyat yuki bor har birimizda,
Ishonchni oqlashga ahd dilimizda.
Kelib ko‘ring bir bor siz elimizga,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabi ning 8-"B" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm
Ogahiy ijod dargohi
Qadim Xiva muqaddas makon,
Ilm-u ziyo izlab oʻtadi har on.
Olislarga tikar shoir nigohin,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Qancha vaqtlar o‘tdi oqib dengizday,
Dunyo shunday kenglik, shunday cheksizday.
Barchasi mukammal xuddi tengsizday,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Shoir va tarjimon, tarixchi, mirob.
She'riyat valiysi so‘z sehri serob.
Muridlar uchun har bir satr oftob,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
Mas'uliyat yuki bor har birimizda,
Ishonchni oqlashga ahd dilimizda.
Kelib ko‘ring bir bor siz elimizga,
Bizniki Ogahiy ijod dargohi.
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabi ning 8-"B" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm
Vatan
Tog‘lar peshonasidan oqar ter,
Quyosh tegrasida chiqqan on.
Insonga bag‘rin ochar yer,
Yerga ta'zimdadir dehqon.
Qaysidir insonning zaif ko‘ngliga,
Ezgulik urug‘in sochib bergan sen.
Insonning tushimas asl o‘ngida,
Baxt gulzoridan chechak tergan sen.
Ezgulik-qalblarning bayrog‘i,
Doimo mag‘rurdir bu boshlar.
O‘chmasin adolat mayog‘i,
Hur zamin farzandi biz yoshlar.
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm
Vatan
Tog‘lar peshonasidan oqar ter,
Quyosh tegrasida chiqqan on.
Insonga bag‘rin ochar yer,
Yerga ta'zimdadir dehqon.
Qaysidir insonning zaif ko‘ngliga,
Ezgulik urug‘in sochib bergan sen.
Insonning tushimas asl o‘ngida,
Baxt gulzoridan chechak tergan sen.
Ezgulik-qalblarning bayrog‘i,
Doimo mag‘rurdir bu boshlar.
O‘chmasin adolat mayog‘i,
Hur zamin farzandi biz yoshlar.
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm
Sallamno
Adashgan yo‘llarning poyoni o‘chgan,
Kalhatlar qoshida olis manzillar.
Huuuuuv yoqda ko‘ngilning tayog‘i singan,
Nogiron ahvolda qancha ko‘ngillar.
Isyonkor ruhlarning hayqiriqlari,
Bir kun quloqlarim kar qilmasmikan.
Turnalar tortishsa kipriklarimdan,
Sochimda arg‘imchoq uchadi Vatan.
Osmonga tutashgan chinorlar bargi,
Quyoshda qizarib qon bo‘lib ketgan.
Kun bilan osmonning bor bitta farqi,
Chunki fazo yuzi qalbga yo‘g‘rilgan.
Kõzlardagi muqiim o‘lmaydigan nur,
Qalbdagi hurlikni qilar tamanno.
Qaysidir insonning qilgan duosi:
"Adashgan yo‘llarga bo‘lsin sallamno,
Adashgan qalblarga bo‘lsin sallamno".
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#4_kun
#Nazm
Sallamno
Adashgan yo‘llarning poyoni o‘chgan,
Kalhatlar qoshida olis manzillar.
Huuuuuv yoqda ko‘ngilning tayog‘i singan,
Nogiron ahvolda qancha ko‘ngillar.
Isyonkor ruhlarning hayqiriqlari,
Bir kun quloqlarim kar qilmasmikan.
Turnalar tortishsa kipriklarimdan,
Sochimda arg‘imchoq uchadi Vatan.
Osmonga tutashgan chinorlar bargi,
Quyoshda qizarib qon bo‘lib ketgan.
Kun bilan osmonning bor bitta farqi,
Chunki fazo yuzi qalbga yo‘g‘rilgan.
Kõzlardagi muqiim o‘lmaydigan nur,
Qalbdagi hurlikni qilar tamanno.
Qaysidir insonning qilgan duosi:
"Adashgan yo‘llarga bo‘lsin sallamno,
Adashgan qalblarga bo‘lsin sallamno".
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Nazm
Hayqiriq
Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim toʻlgʻonaman hayqirigʻimdan.
Bilmaysan kech kuzda nechun yigʻlar koʻk,
Nechun hayhot bilan gumburlar osmon.
Mana men aytaman chunki shu onda,
Men seni uchratdim, unutding oson.
Hatto yoʻlbars mendek hayqirolmaydi,
Mening ovozim ham kuchli naʼradan.
Bu sogʻinch, bu nafrat qalbimdan oʻchmas,
Hayqirganimda ham togʻlar bagʻridan.
Ichimda yuragim yigʻlaydi xasta,
"Nechun chidayapsan, darding toʻk hayhot.
Qichqir, yigʻla, hayqir ichinga yutma,
Axir shuning bilan iborat hayot".
Yigʻlasam osmon ham qiladi nola,
Bulutlar chidolmay toʻkadi koʻzyosh.
Olis-olislardan hayqirar kimdir,
Xuddi mening kabi qilolmay bardosh.
Agar dengiz oʻngida hayqirsam e-voh,
Ular ham menga joʻr boʻlar asta.
Men qolib yonimda menga joʻr boʻlgan,
Dengiz ham dardini toʻkdi bir pasta.
Dardim toʻkolmayapman qanday azob-bu,
Yigʻlasam koʻzyoshim daryo boʻlgudek.
Shamol qoʻzgʻalsa ham yordami zarra,
Sabr qilsam agar yuz yil kutgudek.
Koʻkda chaqmoq chaqsa yigʻlaydi inson,
Dod-voylay soladi qichqirar qattiq.
Ular qoʻrqinch bilan dardini toʻksa,
Men toʻkolmayapman qilsam hayqiriq.
Hozir koʻz oʻngimda oʻtiribsan sen,
Oʻsha qalbim bilan oʻynashgan inson.
Bir kuni sen mendek koʻyga tushmasang,
Odam emasdurman kulmagin, ishon.
Ammo, shunday kunlar keladi bir kun,
Boʻgʻzimdan otilar qattiq hayqiriq.
Oʻsha tamgʻangdan ham xalos boʻlaman,
Menga oshno boʻlar butun bir borliq.
Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim choʻchib ketaman hayqirigʻimdan.
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#2_mavsum
#5_kun
#Nazm
Hayqiriq
Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim toʻlgʻonaman hayqirigʻimdan.
Bilmaysan kech kuzda nechun yigʻlar koʻk,
Nechun hayhot bilan gumburlar osmon.
Mana men aytaman chunki shu onda,
Men seni uchratdim, unutding oson.
Hatto yoʻlbars mendek hayqirolmaydi,
Mening ovozim ham kuchli naʼradan.
Bu sogʻinch, bu nafrat qalbimdan oʻchmas,
Hayqirganimda ham togʻlar bagʻridan.
Ichimda yuragim yigʻlaydi xasta,
"Nechun chidayapsan, darding toʻk hayhot.
Qichqir, yigʻla, hayqir ichinga yutma,
Axir shuning bilan iborat hayot".
Yigʻlasam osmon ham qiladi nola,
Bulutlar chidolmay toʻkadi koʻzyosh.
Olis-olislardan hayqirar kimdir,
Xuddi mening kabi qilolmay bardosh.
Agar dengiz oʻngida hayqirsam e-voh,
Ular ham menga joʻr boʻlar asta.
Men qolib yonimda menga joʻr boʻlgan,
Dengiz ham dardini toʻkdi bir pasta.
Dardim toʻkolmayapman qanday azob-bu,
Yigʻlasam koʻzyoshim daryo boʻlgudek.
Shamol qoʻzgʻalsa ham yordami zarra,
Sabr qilsam agar yuz yil kutgudek.
Koʻkda chaqmoq chaqsa yigʻlaydi inson,
Dod-voylay soladi qichqirar qattiq.
Ular qoʻrqinch bilan dardini toʻksa,
Men toʻkolmayapman qilsam hayqiriq.
Hozir koʻz oʻngimda oʻtiribsan sen,
Oʻsha qalbim bilan oʻynashgan inson.
Bir kuni sen mendek koʻyga tushmasang,
Odam emasdurman kulmagin, ishon.
Ammo, shunday kunlar keladi bir kun,
Boʻgʻzimdan otilar qattiq hayqiriq.
Oʻsha tamgʻangdan ham xalos boʻlaman,
Menga oshno boʻlar butun bir borliq.
Sen bilmaysan qalbim nelar deganin,
Tushunmaysan hatto yoshli koʻzimdan.
Qalbimni toʻldirib yigʻlasam bot-bot,
Lek...
Oʻzim choʻchib ketaman hayqirigʻimdan.
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nazm
Izlam
Haybatli yoʻllarda madori qochgan,
Moziydan bugunga kelmoq istamas.
Beoʻxshov oʻylarning sirini ochgan,
Beoʻxshov oʻylarga bitta soʻz demas.
Daydi koʻchalarda daydi yurardi,
Qalblardan qidirdi oʻzga bir uchqun.
Tunda derazadan boqib turardi,
Momomning ertagin eshitmoq uchun.
Vujudi tirnalgan, yoʻllarda sayoq,
Ohhhh,
Malham boʻlolmaydi Alisherlari.
Menku yuragimni yozaman, biroq,
Hijolat tortadi yetim sheʼrlarim.
Dod,
Ayvondagi koʻrpachalarda,
Hoʻngrab yotar edi bir odam-majnun.
Derdi:"xarob boʻldim chang koʻchalarda,
Biroq suv sepgandim,
gul ekkandim bundan yurmoqlik uchun.
Manam hayrooon boqib soʻzlardim tilsiz,
Muzlab ketti hatto bugun ich-etim.
Oʻzimdan hijolat tortardim shu chogʻ,
Chunki shu yoʻllarda oʻynagan edim.
Shunda, eshik ochib kirib keldi,
Voh,
Najot istab turdi haligi odam.
Unga boqib turdi biroooz xayrxoh,
Keyin...
Vatanga doʻppisin kiygizdi, otam.
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
#2_mavsum
#6_kun
#Nazm
Izlam
Haybatli yoʻllarda madori qochgan,
Moziydan bugunga kelmoq istamas.
Beoʻxshov oʻylarning sirini ochgan,
Beoʻxshov oʻylarga bitta soʻz demas.
Daydi koʻchalarda daydi yurardi,
Qalblardan qidirdi oʻzga bir uchqun.
Tunda derazadan boqib turardi,
Momomning ertagin eshitmoq uchun.
Vujudi tirnalgan, yoʻllarda sayoq,
Ohhhh,
Malham boʻlolmaydi Alisherlari.
Menku yuragimni yozaman, biroq,
Hijolat tortadi yetim sheʼrlarim.
Dod,
Ayvondagi koʻrpachalarda,
Hoʻngrab yotar edi bir odam-majnun.
Derdi:"xarob boʻldim chang koʻchalarda,
Biroq suv sepgandim,
gul ekkandim bundan yurmoqlik uchun.
Manam hayrooon boqib soʻzlardim tilsiz,
Muzlab ketti hatto bugun ich-etim.
Oʻzimdan hijolat tortardim shu chogʻ,
Chunki shu yoʻllarda oʻynagan edim.
Shunda, eshik ochib kirib keldi,
Voh,
Najot istab turdi haligi odam.
Unga boqib turdi biroooz xayrxoh,
Keyin...
Vatanga doʻppisin kiygizdi, otam.
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
#Bahor_ilhomlari
#Nazm
BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi
Bahor, sening kelganing rostmi?
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Nazm
BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi
Bahor, sening kelganing rostmi?
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#nazm
28-dekabr — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun!
Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.
Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shoxda,
O‘ltiribmiz o‘zimiz..
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
28-dekabr — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun!
Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.
Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shoxda,
O‘ltiribmiz o‘zimiz..
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali