Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Zakovat: Xorazm
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️

⚡️ O'quvchilar o‘rtasida “Ayoz o'tmoqda soz” turniri bo‘lib o‘tadi!

8-yanvar, dushanba kuni soat 11:00 da UrDU binosida o'quvchilar o'rtasida “Zakovat” o‘yini bo'yicha "Ayoz o'tmoqda soz" turniri bo'lib o'tadi!

📣 Turnirda umumiy o‘rta ta'lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Bir jamoada bir necha ta'lim muassalari o‘quvchilari ham qatnashishi mumkin.

⚠️ O'yin har biri 12 ta savoldan iborat bo'lgan 2 turda o'tkaziladi.

🌀 O'yinda ro'yhatdan o'tgan o'quvchilar jamoalari qatnasha olishi mumkin.

🏆 O'quvchilardan iborat 6 kishilik jamoa tuzing, roʻyhatdan oʻting va turnirimizda qatnashing!

💻Ro’yxatdan o’tish uchun https://zakovatklubi.uz/tournaments/530 havoladan foydalaning. Ro'yhatdan o'tishda muammo bo'lsa @Ilhom_Babajanov ga murojaat qilishingiz mumkin.

📆 O'quvchilar o'rtasida “Zakovat” o‘yini bo'yicha "Ayoz o'tmoqda soz" turniri 8-yanvar, dushanba kuni soat 11:00da butun respublika bo'yicha SINXRON tarzda boshlanadi.

📍Manzil: Urganch davlat universiteti binosi.

🔥 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy telegram kanali: @ZakovatNNT 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

➡️ O'quvchilarning ta'tili paytida pedagog xodimlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularga ishchanlik va yuqori kayfiyat ulashish maqsadida yanvar oyining 5-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Xurmatova Laylo tashabbusi bilan voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📋 Musobaqa jamoaviy tarzda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

📷 Bellashuvdan foto lavhalar.

🏌Pedagog xodimlar o'rtasida o'tkaziladigan sport o'yinlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Trening

🔰NILE mutaxassisi tomonidan Toshkent shahrida 13-14-dekabr kunlari bo’lib o’tgan treningda o’rganilgan metodikalar bo’yicha 5-yanvar kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot, kimyo, tarix, jismoniy tarbiya fanlari ustozlariga uzluksiz rivojlanish CPD bo’yicha trening tashkil qilindi.


♻️Trening “That’s me” va “Ask the expert “ metodikalari bilan tanishtirish bilan boshlandi va tomosha qilingan videorolik muhokamasi savol-javob va debat shaklida davom etdi. Debat jarayonida asosan xorij ta’limi yutuq va muammolari, o’quvchilarni chet elda o’qishi va ustozlarni o’z ustida ishlashi haqida kechdi. Trening yakunida ustozlar III (uchta i), BBB metodlari yordamida olgan bilimlarini mustahkamladilar.

💫Trening maktab direktori S.Abdullayev tashabbusi bilan tashkil etilib, "Maktab chempioni" loyihasi ishtirokchisi, ingliz tili fani o’qituvchisi A.Xajaniyazova tomonidan o'tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Joriy yilning 5-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan tarbiyaviy asarlar asoschisi Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo‘ston" asarlari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati o‘tkazildi


🔹Bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova asar yuzasidan taqdimot qildi va davrani boshqarib bordi.Asar muhokamasida barcha tarbiyachilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.Asarning 7-bobi tarbiya bo‘yicha tayyor qo‘llanma ekanligi e'tirof etildi.

🔸Muhokama yakunida Ogahiyshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova ushbu asarning tub mohiyati, ramziy ma'nodagi aks ettirilgan jihatlari haqida so‘z yuritdi.Maktab direktori Sarvar Abdullayev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev va psixolog Maqsuda Atajanovalar muhokama soati jonli, foydali bo'lganligi, asarning ayniqsa, tarbiyaga uzviy bog‘liqlini ta'kidladilar


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌