Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_taqdimoti
#jarayon

"AJAB OHANGU NAVOLAR" NOMLI KITOB TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

📆 Sentabr oyining 8-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, Ogahiyshunos olima Madina Matyoqubovaning yangi "Ajab ohangu navolar" nomli kitobi taqdimotidan tayyorlangan video lavha.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (ESLATMA: Agar xorijiy OTMlarini tamomlagan boʻlsangiz diplomingiz nostrifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni ham ilova qilish shart);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E_lon

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Xorazm viloyati bo'yicha bo'sh o'rinlar:

Maktab maslahatchisi lavozimi (chet tili bilish sertifikati talab etiladi):
1. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2. Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
3. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
4. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
5. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimi:
1. Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Ixtisoslik fanlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimi:
1. Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Direktorning ma-naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimi:
1. Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo'yicha direktor o'rinbosari / Harbiy chaqiriqqa tayyorlash rahbari lavozimi:
1. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🟢 Hujjatlarni 18-sentabr kuniga qadar job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_ijod

VATAN

Koʻzlarimga surtay tuproqlaringni,
Koringga yarasam baxtni tuyaman.
Xushboʻy guling tugul, yantoqlaringni
Ming jinon bogʻidan ortiq suyaman.

Qaylarda Makka-yu, qayda Madina?!
Mening-chun Koʻhna Sharq Makkasisan sen!
Togʻlaringni oʻpib sajda qilaman,
Qalbim Baytullohi - Kaʼbasisan sen!

Osiyo bogʻida boʻy anbarimsan,
Onamsanki, har dam tafting sezaman.
"Sen mening yagona paygʻambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash,
Qulday sevaman!" *

*Muhammad Yusuf misrasi.

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Qoralama

Yo'l - o'ylab olish uchun eng yaxshi vaqt. Ko'ngil tubiga ko'milgan hislarning unishi. O'tmish tiriladigan mahal. Ichki qichqiriq....


Yo'l - tinglash va tomosha qilish uchun ajoyib vaqt. Yel kabi o'tayotgan manzara, ma'nisiz yillar, suv kabi oqqan umr....


Yo'l - hayol qilish uchun, eslash uchun qulay vaqt. Kishanlangan qalblarning ozod bo'lishi. Unsizlikning barham topishi...


Yo'l - musiqa tinglash uchun mos vaqt. Xotira daftarlari, qog'ozga ko'chgan(ko'chmagan) so'zlar, satrlar...


Yo'l - ko'ngil darvozasining ochilishi...


Bunyodova Parizodabonu - Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
⚡️«Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»da ota-onaga qanday talablar qoʻyilgan?

Xalq taʼlimi vazirining  2022-yil 28-iyulida 246-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»ga koʻra, ota-onalar uchun quyidagi talablar belgilangan:

👉 taʼlim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;
👉 oʻqituvchi shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;
👉 farzandini dars jarayonida taʼlim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
👉 farzandini darslarga toʻliq qatnashishini (davomat) hamda fanlar boʻyicha ish daftarlari va taʼlim olishi uchun zarur boʻlgan boshqa barcha jihozlar bilan taʼminlash;
👉 farzandini muassasaga darslik, oʻquv qurollari bilan kelishini taʼminlash;
👉 farzandining taʼlim olishiga toʻsqinlik qilmaslik, uning taʼlim muassasasiga oʻz vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish;
👉 sinf rahbari va fan oʻqituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada boʻlish;
👉 farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin boʻlgan paytlarda taʼlim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda maʼlum qiladi;
👉 taʼlim muassasasining taklifiga asosan muassasada oʻtkaziladigan ota-onalar yigʻilishi, suhbat va turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish belgilab qoʻyilgan.
⚡️O‘QUVCHILARGA DARS MASHG‘ULOTLARI (SINF XONALARI)DA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI


dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;

qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;

mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;

boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;

telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.
Ilmni koʻchadan olish mumkindir, lekin odob aynan uydan olinadi.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#motivatsiya

  Mana shu oʻquvchilar orasida bizning oʻquvchimiz,  ustozlari orasida oʻzimiz boʻlishini istamagan oʻqituvchi boʻlmasa kerak.

  Ilm tufayli oʻquvchilar biratoʻla mashinaga yetadigan pul mukofot olishdi,  oʻqishlarga beimtihon kirish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi. Oʻqituvchi esa oʻquvchisiga bergan bilimi orqali moddiy mukofotlandi.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#yangilik
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

Yosh yozuvchi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi to'garak rahbari Jumanazar Yo‘ldoshning "A house" ("Uy") hikoyasi ingliz tilida Pokistonning "Sindh Courier" adabiy saytida e'lon qilindi.

https://sindhcourier.com/a-house-a-short-story-from-uzbekistan/


@Jumanazar_Yuldash

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi