#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tadbir_jarayoni
🎗9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da o‘tkazilgan "Xotira aziz, qadr muqaddas" nomli xotira tadbiridan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

#Tanlovga
NAZM
3-ISHTIROKCHI
Zulmat bilan qoplangan kunlar
Eslatadi o'sha damlarni.
Vatan uchun jon fido qilgan,
Shahid ketgan ko'p odamlarni.
Urush! Necha insonlar qurbon
Yaqin insonidan judo bo'ldilar
Tinch, omon yerlarda buvi, onalar
Frontdagi o'g'lini duo qildilar
Mana, yorug' kunlar ham keldi
Oftob charaqladi, ko'kda nur
Yashayapmiz beqiyos elda
Yashayapmiz ozod va hur.
✍: Aminboyeva Nafisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga
VIDEO ROLIK
4-ISHTIROKCHI
🎬: Yarashov Narimon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"A" sinf o'quvchisi
#Tanlovga
VIDEO ROLIK
4-ISHTIROKCHI
🎬: Yarashov Narimon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"A" sinf o'quvchisi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga
NAZM
4-ISHTIROKCHI
MOTAMSARO ONA
Motamsaro ona turar mung‘ayib,
Garchi gullar to‘la bo‘lsin poyida.
Farzandlari ozod yashar ulg‘ayib,
Lekin o‘y-xayoli kenjatoyida.
U behol va betob edi o‘sha dam,
Chorasiz bag‘riga bosib yig‘lardi.
"Qani, qayda qoldi"- deb- "mening dadam",
Sho‘rlik ona bag‘rin battar tig‘lardi.
Ota ham, aka ham, o‘g‘illari ham,
Urushda sharafla bo‘lgan qatag‘on.
Onalar, opalar, singillar motam
Libosda chorasiz izlardi imkon.
Birisi zo‘ravon gitler podasi,
Birisi notavon stalin quli.
O‘rtada marjondek o‘lim shodasi,
Uzilgan, yanchilgan qir-adir guli.
Bola ichikkandi ota mehriga,
Nola, faryodida ochlik hukmron.
Tanklar yasalmoqda ona mahriga,
Itoat qil, so‘zsiz, kelganda farmon.
Necha ming insonlar yonayotganda,
Ochman deyishga-da, uyalgan yana.
Bolasin ichagi qonayotganda,
Etini nimtalab berarkan ona.
Qiynoqlar azoblar, bezovta ruhlar,
Janggohda rol ijro etar olomon.
Goh qora, goh oppoq bo‘lib guruhlar,
Bir-birin qabrga tiqar beomon.
Janggohda ne kechar, ona bexabar,
U ham chorasizlik ichida qurbon.
Bola betob, axir, joni mo‘tabar,
Nahot, aziz bo‘lsa jondan parcha non.
Barisi frontga, shoshadi vagon,
Tiriklar urushga, o‘liklar uyga.
Bu urush degani tugaydi qachon,
Tinchlikka yetguncha, ketamiz Oyga.
Bola dardiga hech topilmas davo,
Adovat, adolat topishmagandek.
Ochlik ham bir yoqda, yetishmas havo,
Dunyoga tinchlik hech yopishmagandek.
Nihoyat, tugadi vaqtincha urush,
Abadiy Jannatga oldi bola yo‘l.
Onaning qoldirib bag‘rini bo‘m-bo‘sh,
Ruhi uchib ketdi siltagancha qo‘l.
Ona yuzlarida ko‘rinar motam,
Dunyo beshigida ko‘rinsa o‘lim.
Qirg‘inlar qalbiga solganida g‘am,
Yangi urushlarni kuzatadi jim.
Motamsaro ona turar mung‘ayib,
Garchi gullar to‘la bo‘lsin poyida.
Farzandlari ozod yashar ulg‘ayib,
Lekin o‘y-xayoli kenjatoyida...
✍: Ro‘zmatova Mohinur,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#tanlovga
NASR
3-ISHTIROKCHI
Xayr...
(Hikoya)
Osmonni qop-qora bulutlar qoplagan, shamolning esishi yurakni muzlatib qo'yardi go'yo. Chang-to'zonli havo edi. Birdan yomg'ir yog'di. Yomg'irning ovozi mayin shitirlab emas, juda qo'rqinchli, bomba ovozlariga jo'r bo'lib yog'ayotgandek edi. Yomg'ir tomchilarining qattiq zarb bilan tushishi yer bag'rini ilma teshik qilar va borgan sari kuchayardi. Uylar bombardimon qilingan, hamma joydan o'q ovozlar eshitilardi. Har o'q otilganida yomg'ir ham yanada tezlashar, o'sha otilgan o'qlar senga tegmasda, ovozi yurakni yulib olib ketgandek bo'lardi. Bu galgi bomba tomi mustahkam yog'ochdan yasalgan katta uy ustiga tushdi. Uyni ostida dushmanni otishga payt boylab, bir uyum tuproq ortida Yusuf o'tirardi. Bu portlash unga juda yaqin bo'lgan joyda ro'y berdi. Bombaning portlashi uni tanasidan ruhini chiqarib yuborgandek bo'ldi. O'zini jonsiz odamdek his qilib, hushidan ketdi. Sal paytdan so'ng ko'zini ochdi. Qarasa bir chekkada yotibdi, tepasida odamlar nimadandir qo'rqib bir tomonga qochardilar. Chalajon Yusuf o'rnidan turolmas, hamma yoqlari qaqshab og'rirdi. Yuzlaridagi yaralar tuproqqa yotganida juda azoblab, achishardi. Uni rangi-raftoridan hech kim taniyolmas edi. Bir qo'li portlashdan so'ng sinib, bir oyoqi juda qattiq yaralangandi. O'zi zo'rg'a nafas olar va har nafas olganida kipriklarini pirpiratib qo'yardi. Yuragi sekin urardi. Shu payt bir chetda o'tib ketayotgan katta nemis mashinasi ichidan ayollarning yig'i aralash dod-u faryodi eshitildi. Ularni kuzatib turib, gapira boshladi:
- Onajon, -dedi lablaridagi qoni titrab, -Onajon meni kechiring, men sizga "Albatta qaytib kelaman, tishlab ketgan rizqimni yeyman" deb va'da bergandim. Yo'q borolmayman -dedi qonga to'la ko'zlarini bazo'r ochib. Ko'zi mashina ichidagi sochlari uzun va malla rangli qizga tushdi. U juda qattiq yig'lar va qo'llari bilan sochlarini to'zg'itardi. Yusuf uni orqasidan tikilib qolarkan:
- Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda... -jilmayib qo'ydi va uzoq sukutdan so'ng:
- Nozi esingdami, sen bilan qishlog'imizdagi katta chinor ostida yurganlarimiz. O'sha payti senga Nozi desam, erkalanib turib, qizargan yuzlaring bilan " Meni ismim Nozima" deya xafa bo'lib qochib ketarding. Uzun sochlaring yuzimni mayin silab o'tib ketardi. Noziyim, yana imkoniyat bo'lsaydi, seni Nozima deb chaqirgan bo'lardim. Baxtli bo'lgin...
- Xayr Vatan, xayr ona, xayr sevgi...
O'zida kuch topib o'rnidan turdi. Shu yerda turgan granatani qo'liga olib, u tomon bostirib kelayotgan dushman tankiga tik boqib turardi.
- Xayr hayot...
Bomba portlab ketdi.
✍: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi