Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may-Xotira va qadrlash kuni.

Vatan ozodligi va tinchligi yo'lida kurashgan qahramon ota-bobolarimizning yo'li biz uchun doimo o'rnakdir. Ularning jasorati va porloq xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan aziz Vatandoshlarimizga, qadrli urush va mehnat faxriylariga sog’lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga fayzu baraka hamda barcha ezgu orzu-niyatlaringizning ijobatini tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo birdam bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik tilaymiz.

Xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi jamoasi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#USTOZLAR_IJODI

YENGILMAS YURT


Dunyolarni quchganda olov,
Koʻksin tutgan jasur bobolar.
Frontdan qaytmagan yorin,
Butun umr kutgan momolar.

Men urushni koʻrmadim, biroq,
Koʻksi orden bobomni koʻrdim.
Koʻzlaridan urushga nafrat,
Tomib turgan momomni koʻrdim.

"Urush"-desa bobom "uh" tortib,
Kemtik qoʻlin silab qoʻyardi.
Buvim esa ukasin eslab,
"Jigarim"-deb boʻzlab qoʻyardi:

"Hali sabza edi moʻylovi,
"Xayr"-deya qildi tabassum.
Ketdi, na xat, na biror xabar,
Urush qildi ukamdan mahrum".

Oltin baldoq, nikoh uzugin,
Tankka almashtirdi kelinlar.
Jun roʻmolin askarlar uchun,
Qo'lqop qilib tikdi kelinlar.

Zavodda qurollar yasadi,
Oʻn oltiga toʻlmagan oʻsmir.
Ketmon chopdi qiz-u juvonlar,
Shaxtalarda tashidi koʻmir.

Bir yarim million norgʻul bobolar,
Besh yuz mingi magʻribda qoldi.
Qattol fashist inson boshiga,
Koʻz koʻrmagan balolar soldi.

Oʻzbekiston bagʻri keng vatan,
Bir yarim millionga boʻldi boshpana.
Besh yuz ming bolani bosdi bagʻriga,
Yutmasin deb urush poʻrtana.

Bolaligi, yoshligi, umri,
Xazon boʻlgan, aziz bobolar,
Unutmaymiz hech qachon sizni
Vatan uchun joni fidolar.

Hayot borki sinovlar bisyor,
Goh shamol, goh suv, gohi doʻl.
Qoravirus-dunyoga ofat,
Hech biriga biz bermaymiz yoʻl.

Birdam boʻlib birga boʻlamiz,
Bir jon, bir tan, yelka boʻlamiz.
Yurtboshim bor-dovrugʻi jahon,
Sinovlarda birga boʻlamiz.

Yana qaytib osuda kunlar,
Toʻy-bayramda birga boʻlamiz.
Sinovlarda toblanib, toʻlib,
Yengilmas yurt-oʻlka boʻlamiz.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Barno Yusupova

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹XOTIRA BOR EKAN - MILLAT
BARHAYOT

🌷9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN!

🖥Muallif: Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyozova

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷9 - MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

"Xotirani iymondek saqlang"

🖥 Rustamova Sabrina,
Toʻliboyeva Mohinur,
Yoqubov Sardor - Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchilari

🎙Rustamova Sabrina

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN

🔹XOTIRA MUQADDAS


Bahor ketishidan bergancha darak,
Ko'kdagi turnadek qanotin qoqib.
Go'zal tarovat-la kirib kelar May,
G'alaba kunining shodligin yoyib.

Tinch yashash istaydi har bir odamzod,
Lek g'araz niyatlar bermaydi imkon.
Ezgulik gullarin vayron qilgancha
Qalbim bo'stonini qiladi payhon.

Mening bobom bo'lgan o'zbek o‘g‘loni,
Qalbidan o'chmagan hurlik sururi.
Matonat yo'lidan o'tdi mardona,
Bugun ona yurtim faxri, g'ururi.

Ajdodlarim yodi, xotira ulug',
Shod bo'lsin qahramon jangchilar ruhi.
Boshimiz egamiz, qilamiz ta'zim,
Siz sabab tuyamiz tinchlik shukuhi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Bunyodova Parizodabonu


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷9 - MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xurshid Karim.

"Xotira xiyoboni"

🎙 Ziyoda Saparboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN

Fig'on to'lgan osmon

Suyaklarim bir dam qolar bo’shashib,
Tomirimda qonlar oqmayin qo’yar.
Urush davri, uning nomi, dahshati
Xayolim uyini cho’g’dayin o’yar.

Esga olmoq, janggohlarni o’ylamoq,
Qanday qo’rqinch, dilga so’ngsiz g’am sochur.
Qatnashmoq urushda, tik guvoh bo’lmoq...
Shu deb yaraldimi odamzod, ochun?!

G’alaba sharafin mangu kuylasak,
Ona armoniga darmon bo’lolmas.
Matonat kuchini tasvirlayverib
Shoir bisotida biron so’z qolmas.

Xotirlaymiz buyuk qahramonlarni,
Yurakka to’ldirib alam kuyini.
Ruhlari osmondan turar kuzatib,
Bugungi g’alaba, tinchlik to’yini.

Fig’on to’lgan osmon yo’q endi sira,
To’xtagan, to’xtasin urush umrbod.
Minnatdor ohangda ushbu qutlug’ kun
Qilaylik tinchlik deb dildan qasamyod.

“Urush noming o’chsin jahonda”, deymiz,
Chaqaloq tinch damin olsin yo’rgakda,
Erkin sayrasinlar qushlar har zamon,
Xotiralar mangu qolar yurakda.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Mohichehra Qadamova

Kanalga ulanish 👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷9 - MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

"O'zbek o'g'lonlari"

🖥 Reimberdiyev Umidbek,
Rahmonberganov Mirjalol,
Rajabboyeva Iqboloy - Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchilari

🎙Rahmonberganov Mirjalol,

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN

O‘ZBEKISTONIM


Yuragim hapqirar yana sen tomon,
O'zgacha visoling qo'msaydi yurak.
O'zbekiston-faxrim, jon, ona yerim,
Sening diydoringga yetishish tilak.

G'amingni g'amimga qo'shib olayin,
Qalaming ilhomin menga ber o'lkam.
Quchoq-quchoq gullar terib olayin,
Mehringdan bir chimdim ayama, Vatan.

O'zbekiston faxri-serqirra yoshlar,
Serqirra sardorlar, tashabbuskorlar.
Albat bir kun kelib, O'zbekistonim-
Osmonida chaqnoq yulduzlar porlar!

Qalbim oshiqadi yana sen tomon,
Senga intilishim, boshqacha, bo'lak.
O'zbek elim , mening O'zbekistonim,
Sodiq qizing bo'lish - yagona tilak.

Nilufar Jumaboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-,,A" sinf o'quvchisi

O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi