Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukrona #XotiravaQadrlashkuni

🙏 Shukurki yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo... Bu ne'matlarni xech narsa bilan baholab bo'lmaydi!

📽P/s:
Ushbu video rolik 2020-yilda ustozimiz Masharipov Mansurbek Maxmudovich g'oyasi asosida tayyorlangan

#Repost #9may

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligixorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mendelev_olimpiadasi

⚡️56-XALQARO MENDELEYEV OLIMPIADASIGA START BERILDI!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ochib berdi va olimpiada qatnashchilariga omad tiladi.

Shundan so’ng Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi raisi, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Stepan Kalmikov, Mendeleyev olimpiadasi hakamlar hay'ati va uslubiy komissiyasi raisi, Moskva davlat universiteti organik kimyo kafedrasi mudiri, professor Valentin Nenaydenko, ''O'zkimyosanoat '' aksiyonerlik kompaniyasi boshqaruv raisi Jo'rabek Mirzamaxmudov ham so'zga chiqib, mehmonlar va tadbir ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.

📆56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 16-maygacha davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_ishlar_tanlovi
#yakuniy_natijalar

Mening Prezidentim – mening faxrim!


Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar o‘rtasida ''Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!'' shiori ostida va ''Mening Prezidentim – mening faxrim'' nomli ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

📌Tanlov yo'nalishlari bo'yicha g'oliblar:

“Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzusida

🔸“Eng yaxshi she’r muallifi”

🥇9-"A" sinf o'quvchisi Nargiza Matqurbonova
🥈7-B" sinf o'quvchisi Mohinur Ro'zmatova
🥉9-"A" sinf o'quvchisi Muxlisa Boynazarova

🔸“Eng yaxshi yozilgan insho”

🥇8-"B" sinf o'quvchisi Nurhayot Yangiboyeva
🥈8-"B" sinf o'quvchisi Gulsevar O'razmetova
🥉8-"B" sinf o'quvchisi Sarobibi Rahimova

🔸“Eng yaxshi yozilgan esse”

🥇10-sinf o'quvchisi Gulmira Ravshanbekova
🥈9-"A" sinf o'quvchisi Dilaso'z Baxtiyorova
🥉9-"B" sinf o'quvchisi Gulsanam Rajabova

🔸 “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” nomli qo‘lda chizilgan rasmlar tanlovi

🥇9-"B" sinf o'quvchisi Bibinur Rajabova
🥈8-"A" sinf o'quvchisi Muxlisa Amatova
🥉8-"B" sinf o'quvchisi Gulsevar O'razmetova

Tanlovda ishtirok etgan barcha ijodkor o'quvchilarimizni va g'oliblarni TABRIKLAYMIZ, QUTLAYMIZ!!!

🔴Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilganlari tanlovning ikkinchi, yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun yuborildi.

‼️Tanlov g'oliblari maktabimizda o'tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

🔰G'oliblarning ijodiy ishlari telegram kanalimizda yoritib boriladi. Bizdan uzoqlashmang.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_Prezidentim_mening_faxrim
#Eng_yaxshi_shèr_muallifi_yònalishi


Bir asr!..
Taqdirning toshida ezilib o‘tgan...
Charxpalak aylangan
beto‘xtov, betin.
Oxiri qoliplar
manzilga yetgan...
So‘ramoq shartmasdi
kimdandir izn.
Hurriyat tug‘ini
bag‘riga olib,
Nurli kelajakdan
bir qadam keldi.
Yomg‘irga,
do‘llarga
shamsiya bo‘lib,
Izi gul,
yuzi gul
bir odam keldi...
Yuz yil zulmat totib yotganday
Nur ko‘rsa,
yoshlanar
ko‘zlarim...
Ojizlik qilarman tasvirga,
Tugab qolayotir so‘zlarim...
Daryoki...
Daryoga qo‘shildi
bir jilg‘a,
Sathiga yanada
jo‘sh mindi.
O‘ngimda tiklandi
ro‘yolar,
Ertaning ilinji
ko‘rindi.
Yurtboshim...
yurtimning otasi,
Dillarni yo‘rgaklab
o‘stirayotir.
Dillar tutashyotir,
do‘st bo‘layotir.
Yurtboshim...
yurtimning tog‘boshi,
Sochiga qo‘nganlar parqu qormikan?
Suvidan to‘yingan,
ko‘pirib toshgan
Daryolar qo‘shig‘i
xush alyormikan?
Ha...
Tinchlikning bag‘rida
charx urgan kaptar,
Bola kulgusi-yu,
beg‘ubor nigoh.
Baxtning ko‘zlariga
to‘lgan tomchilar,
Alqamoq istaydi
ungan gul-giyoh.
Mening ko‘zlarimda
porlagan uchqun
Yana olovlatar
yurak bardoshim.
So‘zi madad bo‘lib kirar yurakka,
Boshi omon bo‘lsin
yurtboshim!
Boshi omon bo‘lsin
yurtboshim!


Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-“A” sinf o‘quvchisi Matqurbonova Nargiza

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM