#ESSE
#XOTIRA_VA_QADRLASH_KUNI
XOTIRLAYMIZ BUYUK QAHRAMONLARNI
Kutaman, dadajon, albatta, keling!
(Erkin Vohidov)
Tarix o’zida faqatgina yutuqlarni, insonlarning baxt-saodatini, asrlarga tatigulik ixtirolarnigina ko’rmas ekan. Gohida uning badbin jihatlari ham bor ekanki, yigirma birinchi asr bolasiga aytsa, tasavvuriga sig’dirishi amri mahol.
Biz tarixsiz o’zimizni, boshqalarni anglay olmaymiz, xotirasiz bir kun ham kimligimizni bilmasdik, o’zimizni taniyolmasdik, o’ylashimcha. Tarix – bu bizning ko’zgumiz, qilgan xato-kamchiliklarimiz, o’zligimiz, ba'zida quvonchli, ba'zida anduhli onlarimiz, ba'zida jasorat ko’rsatgan, ba'zida ahillik qilmay, yovga imkoniyatni boy berganimiz... Ammo baridan ko’ra qachonlardir qilgan shonli g’alabamiz asrlar mobaynida dilimizdan o’chmasa kerak. Sharafli moziyga nazar tashlaydigan bo’lsak, undagi ajdodlarimizning buyuk jasoratlari e’tiborimizni tortmay qolmaydi. Uzoq o’tmishdan, ya’ni Jaloliddin Manguberdidek, Muqanna-yu Kubrolardek vatanparvarlarni yetishtirib bergan xalqimiz keyinchalik asrlar o’tib, insoniyat boshiga tushgan qirg’inda ham o’z matonatini ko’rsata oldi. Frontga bizning yurtdoshlarimizdan bir yarim million nafari safarbar etilgan. Demak, o’sha milliondan ortiq odamlarning barida Manguberdilar qoni bor. Bu hali hammasi emas. Yurtimizda turib, urush bo’layotgan hududga qanchadan qancha qurol-aslaha, dori-darmon, har xil turdagi oziq-ovqatlarni o’zi yemay kimdir urushda yurgan o’g’liga, kimdir turmush o’rtog’iga ilingani, xalqimiz jipslashgan holda harakat qilganini tarixiy hujjatlar orqali yaqqol bilib olamiz. Janggohlardagi yaqinlarining urush nafasidan qay darajada bo’g’ilayotganini (garchi urush bizdan bir necha ming kilometr uzoqda bo’lib o’tgan bo’lsa-da) his qilib turishgani to’g’risida biz bugungi kunda o’sha davr urush onalari, urush farzandlarining tilidan ham eshityapmiz.
Olamda insondek ongli mavjudot yo’q va insoniylik, iymon kabi sifatlar ham hazrati insondan o’zga xilqatda bo’lmasligi tabiiy. Biroq ba’zan odamzodning ham chirkin ishlariga, xotirga keltirsa, shaxs ruhi va tani titrab ketadigan darajadagi qilmishlariga ham, afsuski, guvoh bo’lamiz. Gohida o’ylab qolardim (balki, bola qalbim bo’lganidan): “Nima uchun odamlar bir-birlariga yomonlikni ravo ko’rishadi, nahotki har doim yaxshilik qilishning imkoni yo’q. Nahotki, bir havodan nafas olamiz-u, bir tuproqda, yagona bo’lgan ona yer bag’rida yashayapmiz-u, lekin o’sha hududni ham bizdan tortib olmoqchi bo’lishgan. Nega shunday? Nima, odamlar kimnidir halok qilish evaziga biron baxtga erishadimi?” Keyinchalik o’ylab qarasam, bu savolga ulg’aysam ham javob topa olmas ekanman.
Bekorga yozuvchilar o’z asarlarida urushni qoralashmagan. Shoirlar oddiy xalqning jabr chekishiga sababchi bo’lganlar haqida haqiqatni baralla aytishdan tap tortmagan. Axir inson bolasi inson bolasiga rahm qilishi kerak-ku. Otasining urushdan qaytishiga qattiq ishongan va uni kutgan, maktabda o’qib turib ilm olishdan ko’ra, boringki hamma narsadan ko’ra otasining urushdan qaytib kelishini ilhaq kutgan norasidaning taqdiri qanday bo’ldi? Xo’sh, otasi qaytib keldimi yoki endi u ham boshqa tengdoshlari singari ota mehrini faqat tasavvurlari orqali his qilishga mahkummi?
(Davomi bor...)

(...Davomi)
Urush juda ko’plab farzandlarning otasiz o’sishiga sababchi bo’ldi. Millionlab odamlarning yostig’ini quritdi. Ayanchli tomoni insoniyat oldin ham shunday qirg’inni boshidan o’tkazganida. Qurbonlar bo’lishini bila turib, urush oddiy odamlar hayotiga, yashash tarziga nihoyatda salbiy ta’sir qilishini bila turib ikkinchi jahon urushiga yana yo’l qo’yildi. Badanida Odam Ato qoni oqayotgan bir askar yana bir qardoshini vahshiylarcha otib tashlashni, buni vatani uchun majbur bo’lganidan qilgani va har bir halokatdan vijdoni naqadar aziyat chekkanini anglashimiz, o’zimizga yetarli xulosa chiqarib olishimiz lozim.
Qayerda bo’lsa ham, qachon bo’lsa hamki bizning o’lkamizda hamisha bahodirlar topiladi. Manaman degan polvonlar ozmi O’zbekistonda. Ammo haqiqiy mardning ishi shuki, u urush boshlanishiga yo’l qo’ymaydi...
Ikkinchi jahon urushi ham nihoyaladi va oxiri 1945-yilga kelib yakun topdi. Urush insonlarga nima berdi, deya o’zimizdan bir og’iz so’rab ko’raylik-chi. Berganidan ko’ra olgani ko’proq bo’ldi, aslida. Birlamchi, urush bizga farzand tug’ib, ulg’aytirib bermadi, qaytaga jonlarni oldi. Ikkilamchi, ancha katta hududni xarobazorlarga aylantirdi, hech qayerda to’y ovozi emas, hamma yerda motam sukunati yangradi. Ammo asosiy jihati urush bizga tarixda zinhor o’chmas saboq va o’ gir g’alaba berdi. Biz esa bu g’alaba haqida asrlar o’sha to’xtamay faxrlanishga haqqimiz bor. Charchamasdan tinchlik qo’shig’ini aytishga huquqimiz borki, urush qurbonlari bekorga shahid ketmagan bo’ladilar.
Men shuni bilamanki, ajdodlarimiz xotirasi hamisha barhayot va o’chmaydi. Xotira bizda har doim muqaddas qadriyat sanalar ekan, urush qurbonlaring nomini millatimiz har yili "9-may – Xotira va qadrlash kuni"da aytaverishdan charchamaydi. Odamlar tinchini buzib, ularni kulfatlar domiga tortgan qirginbarot urushning oti esa abadiy o’chgan bo’lsin.
✍ OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI 10-SINF O’QUVCHISI QADAMOVA MOHICHEHRA
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Qadamova Mohichehra 10-sinf
<unknown>
#Soĝinch
✍ Rauf Parfi
💎"Yana qaytib keldim"
🎙Qadamova Mohichehra,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
✍ Rauf Parfi
💎"Yana qaytib keldim"
🎙Qadamova Mohichehra,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#YOSH_TARJIMON
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobidan ingliz tiliga tarjimalar
A woman's heart
A woman's heart looks like magnet: if you come near, she goes far. If you go far, she comes near.
Ayol qalbi
Ayol qalbi, teskari magnitga o'xshaydi. Yaqinlashsang uzoqlashadi, uzoqlashsang yaqinlashadi.
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Lovely enemy
Passion is lovely which follows the whole your life.
Yoqimli dushman
Umrbod ortingdan ergashib yuradigan yoqimli dushman-nafs!
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Kingdom
The kingdom is like the sun. If you go too close, it will burn, and if you go too far, it will freeze.
Saltanat
Saltanat quyoshga o'xshaydi. Juda yaqin borsang, yonib ketishing, juda uzoq ketsang, muzlab o'lishing mumkin.
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Qadamova Mohichehra

#Ijodiy_ishlar_tanlovi
Mening Prezidentim – mening faxrim!
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar o‘rtasida ''Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!'' shiori ostida va ''Mening Prezidentim – mening faxrim'' nomli ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.
📌Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkazildi:
“Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzusida
🔸“Eng yaxshi she’r muallifi”
🔸“Eng yaxshi yozilgan insho”
🔸“Eng yaxshi yozilgan esse”
🔸 “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” nomli qo‘lda chizilgan rasmlar tanlovi
🔴Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilganlari tanlovning ikkinchi, yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun yuborildi.
‼️Tanlov natijalari tafsiloti va g'oliblarning ijodiy ishlari bizning telegram kanalimizda yoritiladi.
Bizdan uzoqlashmang.