#ryok_xorazm
#ona_tilim_faxrim_mening
#ishtirokchi_001
🔹Millatning ikki asosi bordur. Biri uning tili va dinidur.Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug'irib olinsa, millat tanazzulga yuz tutar. ( Ismoilbek Gaspirali )
Til-millatning ma’naviy boyligi.Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tu-
ganmas mulkidir.Tilsiz millat rivojlanmaydi, o’smaydi va yuksalmaydi. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analari unda mujassam bo’ladi.
Mamlakatga tanilgan tilshunos olim Ravshan aka bu galgi safarini Rossiyaga uyushtirishni rejalashtirdi. Ravshan aka kim o’zi deb o’ylayotgandirsiz? Ravshan aka tilshunos olim. Har yili bitta mamlakatga borib, u yerning tilini, madaniyatini o’rganadi. Bugun esa Rossiyaga ketyapti. Ketishdan oldin esa ota- onasining duosini hamda ona vatanining bir hovuch tuprog’ini olib yo’lga chiqdi. U yerga yetib borarkan o’z ona tilisida maza qilib gaplashishni xohlardi, xalos. Lekin unga iloj ham yo’q, sherik ham. Rossiyaga borib rejalashtirgan ishlarini birin-ketin amalga oshirishni boshladi. Ona Vatanini sog’inganda ona tilisida yozilgan asarlarni zavq bilan o’qir, yurgan joyiga vatani tuprog’idan sepib,o’z yurtida bo’lgandek his qilardi o’zini. U yana bir bor boshqa davlatlardagidek Rossiyailik olim-u tilshunoslarni ham lol qoldirib, o’zbek tili naqadar boyligini ko’rsatdi.Turli tadbirlarda, konfrensiyalarda ishtirok etib,haftaning yettinchi kunida uyga ya’ni o’z vataniga qaytishga qaror qildi. Ketish oldidan ota-onasiga sovg’a olish uchun do’konga kirdi. U yerda eng go’zal ro’molni onasiga, otasiga esa dunyodagi eng chiroyli hassani oldi. U do’kondan chiqar ekan ko’zi bir chekkada yotgan onaxonga tushdi.Yugurib borib uni o’ng qo’lidan ushladi va ko’zlariga qarasa…Ha, o’sha Gulchehra aya. Ravshan akaga birinchi “Vatan”, ”Ona “ “Til “ so’zlarini yozishni, uni qadriga yetishni o’rgatgan ikkinchi onasi hamda muallimi edi.Ming afsuslar bo’lsinkim, Ravshan aka esiga solsa Gulchehra ayaning o’g’li uni majburlab Rossiyaga olib ketgandi. Necha yil bo’ldi ulardan dom-darak yo’q edi. Gulchehra aya ham Ravshan akani darrov tanidi.Uni yuz ko’zlaridan o’pdi. Chunki hali bu begona yurtga kelgandan beri hech qanday tanishini ko’rmagan Ravshan akani esa bu yurtga kelgandan beri birinchi ko’rishi edi. Gulchehra aya barcha bo’lgan voqeani Ravshan akaga aytib berdi ya’ni: u yurtga kelib o’g’li tayinli bir ish topolmaganini,bu yerni madaniyati, tilini tushunmagandan so’ng sarson bo’lganini va endi ish topganida baxtsiz hodisaga uchrab vafot etganini va Gulchehra aya ikki yildan buyon qo’li ishga bormay, cho’ntagida bir so’m yo’qligini aytib berdi. U yuzida ming faryod ila Ravshan akaga qarab shunday dedi:
-Bolaginam,men bu yerda yetti yil yashadim, rus tilini bot-bot eshitdim. Lekin bironta so’zni ham o’rganmadim. Chunki boshqa tilni o’rganish uchun o’zimda intilish boshqa tilga bo’lgan mehrim yo’q edi. O’zimizning ona tilimiz naqadar buyukligi haqida sizlarga takror –takror aytardim va bu yerga kelib shunga amin ham bo’ldim. Ammo, bu yerda o’tirsam ham, tursam ham o’z ona tilimni qumsadim. O’zbek tilimda mazza qilib gaplashgim keldi. Lekin buning hech ham iloji yo’q edi bolam-dedi yeg’lab Gulchehra aya. Ravshan aka ularga turli xil narsalar olib berdi va Gulchehra aya tufayli mashhur tilshunos olim bo’lgani haqida gapirib berdi. Gulchehra aya esa:
-Menga bunday boylik –u hashamatlik kerakmas. Menga o’z vatanim-u tilim turib begona yurtlar kerakmas. Sendan iltimos, meni o’z tilimda mazza qilib gapira oladigan ona Vatanimga olib bor o’g’lim-dedi.
Mayli qashshoq bo’lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.
✍️Xorazm viloyati Xiva shahar Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Ravshanbekova Gulmira
🔸"Ona tilim-faxrim mening!" tanlovi uchun
☘@ryok_xorazm

#ishtirokchi_014
ҚАДРИНГ БАЛАНД БЎЛАВЕРСИН,
ЭЙ ОНА ТИЛИМ!
Тингласанг гар эрта саҳар булбул ноласин,
Ёқимли куй, овози-ла этади шайдо.
Англагайсан бир он тинглаб она алласин,
Гўзал тилим жозибаси ундан-да аъло.
Эшит, дўстим, жилғаларнинг майин садосин,
Шилдир-шилдир шўх сози-ла этар қалбинг ром.
Тингла, эй ёр, дилдан халқим назму навосин,
Она тилим каломидан оларсан ором.
Кошғарийни чўлу даштда қилдинг саргардон,
Бебаҳо дур, жавҳарларинг ақлин этмиш лол.
Навоийни дунёларга этдинг намоён,
Доно тилим, бебаҳосан, топма ҳеч завол.
Бутун денгиз дурларидан тизилган маржон,
Тенглашолмас сен яратган инжуларингга.
Алишмасман қанча бойлик бўлмасин, ишон,
Қалбга ором, дилга малҳам она тилимга.
Томиримда оқиб турган оби ҳаётсан,
Билсанг агар сен ғурурим, орим, нафасим,
Нурдай азиз, жонга Масиҳ бир дилдоримсан,
Қадринг баланд бўлаверсин, эй она тилим!
✍Муҳаббат Жуманиязова
Огаҳий ижод мактаби ўқитувчиси
🔸"Ona tilim - faxrim mening!" tanlovi uchun

#ishtirokchi_017
ONA TILIM
Begʻubor dil tarjimoni,
Donish-ilm, hikmat koni.
Yaratganning armugʻoni,
Ona tilim, ona tilim.
"Devon"lardan toshgan tilim,
Ne-ne dovon oshgan tilim.
Kamsitsalar-koʻksim tilim,
Ona tilim, ona tilim.
Jahon minbaridan yangrab,
Yurtboshimni dunyo tinglab.
Armon tuydik, tuydik sharaf,
Ona tilim, ona tilim.
Kelajakni yorit nurday,
Avlodlarga ganjing eltay.
Mahshargacha yangrab turgay,
Ona tilim, ona tilim!
✍Ogahiy ijod maktabi oʻqituvchisi Barno Yusupova.
🔸"Ona tilim- faxrim mening!" tanlovi uchun

Forwarded from Erudits School via @like
#ryok_xorazm
#ona_tilim_faxrim_mening
#ishtirokchi_031
Til -millat ko'zgusi!
Buyuk bobokalonimiz, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy " Til insonni hayvondan ajratib turuvchi gavhari sharifdir" degan edi. Ona tilini bilmagan odam o'zining shajarasini, ildizini bilmaydi.
Xar bir millat o'z hayoti davomida foydalanadigan tilini ona tili deb ataydi. Bunday atalishiga sabab farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning òrni beqiyosdir. Go'dak bolalik tovushlarini, sòzlarni onasidan eshitgani bois har bir millatning tiliga ona tili deyiladi.
Qadimda ona tilimiz turkiy til deb atalgan. Ota- bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab - avaylab kelganlar. Ona tilini mustahkamlash maqsadida e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Jumladan A. Temur ham she'rlardan zavq olgan, baytlar bitgan Husayn Boyqaro va Zahiriddin Muhammad Bobur zamonasining sultonlarigina emas, tan olingan shoirlari ham. Har bir davrning o'z muammolari bo'lgani kabi XV asrlarda turkiy tilda ham muammolar yuzaga kela boshlagan. Xuroson va Movorounnahrda oson va qulay bo'lgan fors tilida she'rlar yozilgan. Chunki fors tili ishni osonlashtirgan. Fors tilida adabiyotlar yetarli darajada bòlgan. Turkiy tilda she'r yozadigan kishi esa bu tilda ham katta salmoqli adabiyot yaratilmagani uchun izlanmoģi, har bir so'z va ibora, ifoda ustida bosh qotirmoģi zarur bo'lgan. Turkiy tilning imkoniyatlarini ilmiy va amaliy ko'rsatmoq, millatning ģururi va sha'nini o'zining munosib o'rniga qo'shmoq sharafi va mas'uliyati Alisher Navoiy zimmasiga tushdi. Buyuk shoir
" Muhokamat ul- luģatayin" (Ikki til muhokamasi) nomli maxsus asar yozib, turk va fors tillarini qiyoslab ko'rsatdi. Rad etib bo'lmaydigan ilmiy dalillar bilan turk tilining bitmas- tuganmas imkoniyatlarini ko'rsatib berdi. Turkiy tilning so'zga boyligini, nafisligini ohangdorligini ko'plab misollar bilan namoyish qildi. Salkam yuz ming misrani tashkil etgan rang - barang she'riy ijodi , birinchi navbatda " Xazoyin ul- moniy" ( Ma'nolar xazinasi) deb atalgan to'rt devoni va " Xamsa" si bilan buni amalda isbot etdi. Yuksak san'at namunasi sifatida asrlar sinovidan o'tib kelgan bu asarlar XV asr turkiy xalqlari madaniyatining o'ziga xos qomusi edi.
Navoiy yozadi:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
( Men turkiy she'r bayroģini baland ko'tarib, turkiy dunyoni yakdil va yaktil qildim).
Bu ishda Navoiyning zamondoshlaridan Husayn Boyqarodan katta madad oldi. Husayn Boyqaro turkiy tilda asarlar yozish haqida farmon ham chiqargani ma'lum. Bunday misralarni kòplab keltirish mumkin.
Navoiyning:
Agar bir qavm, gar yuz yo'qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Olib men taxti farmonimģa oson,
Cherik chekmay Xitoydin to Xuroson.
( Turk ulusi bir qavm bo'ladimi, yuz yoki ming qavm bo'ladimi - menikidir. Men Xitoydan Xurosongacha bo'lgan hududni askarsiz zabt etdim) degan satrlarida katta ma'no bor edi. Bunday misollarni va millatning millat bo'lishidagi birinchi xususiyati til ekanligini biz yoshlar doimo yodimizda saqlashimiz kerak.
✍Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ahmedjonova Shahrizoda

#ishtirokchi_039
🔹“O’zbek tili kambag’al emas, balki o’zbek tilini kambag’al deguvchilarning o’zi kambag’al. Ular o’z nodonliklarini o’zbek tiliga to’nkamasinlar”.
A. Qodiriy
ONA TILIM-FAXR-U IFTIXORIM
Til millatning ruhi, ma’naviy qiyofasi, or-nomusi, orzu-umidlari namunasidir. Ona tili – bu so’z shunchalar ulug’ki, uni har qancha ta’riflasak arziydi. Har qaysi millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi jonajon, betakror tili ham bo’ladi. Inson yaralibdiki, uning o’z Vatani, onasi, oilasi qanchalik muqaddas bo’lsa, ona tili ham shunchalik ulug’dir. Ona tiliga muhabbat bu, avvalo, ona allasi bilan uning quloqlariga singadi. Ona allasi shunday ilohiy kuchga egaki, uni eshitgan har bir go’dakning yuragi junbushga keladi, qalbida hissiyotlar avj oladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Til millatning ruhidir” deb bejizga ta’kidlamaganlar. Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi. Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham bo’lmaydi.
Ota – bobolarimiz qadimdan ona tilimizni asrab-avaylaganlar, uning rivojlanishiga munosib hissa qo’shganlar. Jumladan, buyuk mutafakkir, davlat arbobi, g’azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Lutfiy, Nodira , Ogahiy va boshqa o’zbek adabiyoti namoyandalari turkiy tilning o’lik tillar qatoridan joy olmasligi uchun butun umrini ijodga bag’ishlaganlar. Hozirgi kunda ham shoir-yozuvchilarimiz o’zbek tilining naqadar buyuk va boy til ekanligini namoyon qilib, ona tilimizning yanada yuksalishi uchun ijod qilmoqdalar.
Bugungi kunda jahon sport arenalarida o’zbek kurashining qoidalari sof o’zbek tilida “chala”, “yonbosh”, “halol” kabi so’zlarni baland ovozda yangrashini eshitgan inson o’z tili, o’z millatining, Vatanining so'zlarini eshitib g’ururlanishi bor gap. Ona tilini sevish, uni ardoqlash, vatanni sevish, uni qadrlashga teng hisoblanadi. Til – bu millat faxridir. Har qaysi inson o’z vatani bilan qanchalik faxrlansa, o’z ona tili bilan ham shunchalik faxrlanadi. Shunday ekan, ona tilini sevish, uni asrab -avaylash, so’z boyligini chuqurroq oshirish zarurdir. Men ham shu o’rinda, ona tilimizning kundan kun gurkirab, o’zining serjilo va purma’no hikmatlari bilan boyib borishi uchun qo’limdan kelguncha harakat qilaman. Zero, “Til yashasa, millat yashaydi”, deb buyuk allomalarimiz bejiz aytishmagan. Ona tilimiz bu millatimizning faxr-u iftihoridir.
✍Xayitboyeva Kumushoy
Ogahiy ijod maktabining 9-sinf òquvchisi

#eng_yaxshi_shèr
🎉Tabriklaymiz! Kòplab yutuqlarga erishish nasib qilsin!
🌺Yusupova Barno
Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

#eng_yaxshi_adabiy_maqola

🌺Ravshanbekova Gulmira
Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi

🌺Xayitboyeva Kumushoy

🌺Ahmedjonova Shahrizoda
Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi 6-sinf o'quvchisi

"Eng yaxshi she'r" nominatsiyasi
🥉Jumaniyozova Muhabbat
Ogahiy nomidagi ijod maktabining o'qituvchisi

Bizning manzil: @ryok_xorazm